Yakuniy takrorlash
ASOSIY QONUNI
Savollar: 1. Konstitutsiya – bu... (5-b.) 2. Davlatimizning nomlanishi Konstitutsiyamizga muvofiq... (17-b.) 3. «Konstitutsiya» so‘zi lotincha bo‘lib,... (5-b.) 4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bosh maqsadi nima? (6-b.) 5. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (12-b.) 6. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi qanday prinsipga asoslanadi? (23, 107-b.) 7. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nechta bo‘lim, bob va moddadan iborat? (16-b.) 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini sanab bering. (13, 23-b.) 9. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asos soluvchi tamal g‘oyalarini aytib bering. (6-b.) 10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra davlat, uning organlari va mansabdor shaxslar nimaga muvofiq ish ko‘radi? (6-b.) 11. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etishda demokratik davlat qanday yo‘l tutadi? (9-b.) 12. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati qanday prinsiplarga asoslanadi? (2-b.) 13. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining yagona manbayi kim? (21-b.) 14. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kim O‘zbekiston xalqi nomidan ish ko‘rish huquqiga ega? (2-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 15. Qaysi qonun yoki me’yoriy akt konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi sanaladi? (8-b.) 16. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (20-b.) 17. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar davlatimiz qaysi qonun asosida mustaqil demokratik davlat maqomini olgan? (19-b.) 18. Konstitutsiya Preambulasi nima? (13-b.) 19. Suverenitet – bu... (18-b.) 20. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (20-b.) 21. Nima uchun huquqiy davlatda hokimiyatning taqsimlanish tamoyiliga rioya etish majburiy sanaladi? (23-b.) 22. Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning... huquqi. (44-b.) 23. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar uchun mehnat qilish burchi belgilanganmi? (50-b.) 24. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini kim ta’minlaydi? (33-b.) 25. Kim O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari kafolati bo‘lish huquqiga ega? (120-b.) 26. Konstitutsiyaga muvofiq respublikamizda o‘z fikrini bildirish erkinligi cheklanganmi? (44-b.) 27. Bola necha yoshdan boshlab fuqaroligini o‘zgartirish to‘g‘risida yozma rozilik bildirishga haqli? (67-b.) 28. Apatrid – bu... (62-b.) 29. Fuqarolik mavjudligini qanday hujjat tasdiqlaydi? (63-b.) 30. Ombudsman – bu... (69-b.) 31. «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? (60-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 32. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining asosiy qirralarini ko‘rsating. (60-b.) 33. Fuqarolik – bu... (61-b.) 34. Chet el fuqaroligi bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkinmi? (64-b.) 35. Qanday hollarda fuqarolik bekor qilinadi? (65-b.) 36. Konstitutsiyaga muvofiq quyidagilar shaxsiy huquq va erkinliklarga kiradi:... (45-b.) 37. Insonning siyosiy huquqlariga qanday huquqlar kiradi? (56-b.) 38. Hokimiyat organlari miting, yig‘in va namoyishlar o‘tkazishni taqiqlashga haqqi bormi? (60-b.) 39. Vazirlar Mahkamasi faoliyatini kim boshqaradi? (126-b.) 40. Oliy Majlis Kengashi qanday maqsadda tashkil etiladi? (123-b.) 41. Xalq deputatlari Kengashi faoliyatini kim boshqaradi? (130-b.) 42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etilgan? (119-b.) 43. Fuqarolar yig‘ini shoxobcha, qishloq va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarimi? (134-b.) 44. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakillarini tayinlaydi va ozod qiladimi? (114-b.) 45. Qaysi organlar va mansabdor shaxslarga Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqi berilgan? (116-b.) 46. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq kimga va qaysi organga xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish huquqi berilgan? (112-b.) 47 O‘zbekiston Respublikasida qaysi organ roziligi bilan viloyatlar chegaralarini o‘zgartirish, tashkil etish yoki qayta tashkil etish mumkin? (112-b.) 48. Kim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylanishi mumkin? (123-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 49. Konstitutsiyaga muvofiq Prezident o‘z vakolatini yakunlagandan so‘ng qanday lavozimni egallashga haqli? (124-b.) 50. Prezident qanday muddatga saylanadi? (123-b.) 51. O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini qaysi organ o‘zgartirishga haqli? (112-b.) 52. Ommaviy axborot vositalari ustidan senzura o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladimi? (85-b.) 53. Oliy Majlis qonunlari qabul qilingandan so‘ng ular qancha muddatda e’lon qilinadi? (117-b.) 54. Oliy Majlis necha palatadan iborat? (110-b.) 55. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi necha yoshdan Prezident etib saylanishi mumkin? (123-b.) 56. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari necha nafardan iborat bo‘ladi? (110-b.) 57. Respublika budjetini kim qabul qiladi va uning bajarilishini nazorat qiladi? (111-b.) 58. Respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini kim belgilaydi? (111-b.) 59. Kim yangi viloyatni tashkil qilishga haqli? (112-b.) 60. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizo qanday hal etilishi kerak? (103-b.) 61. Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlariga nimalar kiradi? (113-b.) 62. Kim jamoat tashkilotlarini tarqatib yuborish, taqiqlash yoki faoliyatini cheklashga oid qaror chiqarishga haqli? (85-b.) 63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir vaqtning o‘zida Konstitutsiyaviy sud raisi vazifasini bajaradi degan ta’kid to‘g‘rimi? (119–122-b.) 64. O‘zbekiston Respublikasida shaharchalar, qishloqlar va ovullarni tuzish yoki tugatish kim tomonidan amalga oshiriladi? (112-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 65. Fuqarolar yig‘ini vakolatlariga nimalar kiradi? (135-b.) 66. Konstitutsiyaviy sud sudyalari vakolatlari qanday hollarda to‘xtatilishi mumkin? (147-b.) 67. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlarini sanab bering. (113-b.) 68. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Jo‘qorg‘i Kengesi) kim tomonidan tuziladi? (104-b.) 69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga saylanadigan fuqaro saylov oldidan shu respublika hududida kamida necha yil istiqomat qilgan bo‘lishi kerak? (123-b.) 70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi asosiy majburiyatlarini sanang. (123-b.) 71. Prezident o‘z vakolatlarini davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga berishga haqli emasligi to‘g‘risidagi qoida nima sababdan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan? (122-b.) 72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib kim saylanishi mumkin? (123-b.) 73. Prezidentlik respublikasining parlament respublikasidan farqini ko‘rsating. (123-b.) 74. O‘zbekiston Respublikasidagi qaysi ijroiya hokimiyati organlarini bilasiz? (125, 127, 130-b.) 75. Vazirlar Mahkamasi tarkibi qay tariqa shakllantiriladi? (125-b.) 76. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy vakolatlarini sanab bering. (125-b.) 77. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqalari qanday amalga oshiriladi? (125-b.) 78. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh funksiyasini ayting. (125-b.) 79. Xalq deputatlari Kengashlari qaysi muammolarni hal qiladi? (130-b.) 80. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi qaysi tashkilotlardan iborat? (134-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 81. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kim boshchilik qiladi va u necha yilga saylab qo‘yiladi? (134-b.) 82. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimi qaysi sudlardan tashkil topgan? (140-b.) 83. Davlat hokimiyati organlari tizimida sud qanday rolni bajaradi? (139-b.) 84. O‘zbekiston Respublikasi sud organlarining asosiy maqsadini ayting. (139-b.) 85. Odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga qonunlarga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablarni sanab bering. (145-b.) 86. Sudlar mustaqilligi va ularning faqatgina qonunga bo‘ysunishi tamoyili amaliyotda qaysi yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi? (147-b.) 87. Konstitutsiyaviy sudning bosh vazifasini ayting. (141-b.) 88. Shahar yoki tuman sudi, harbiy sud, Konstitutsiyaviy sud sudyasi kim bo‘la olishi mumkin? (147-b.) 89. O‘zbekiston Respublikasida kim saylovchilik huquqiga ega bo‘ladi? (155-b.) 90. Saylov komissiyasi faoliyatida oshkoralik qanday rol o‘ynaydi? (157-b.) 91. O‘zbekistonda qaysi saylov modeli qabul qilingan? (156-b.) 92. O‘zbekiston Respublikasi qonunchligi saylovga saylovchilarga qanday huquqlar bergan? (156-b.) 93. Prokuratura organlari qaysi maqsadda tashkil qilingan? (163-b.) 94. Sudda prokuror qanday rolni bajaradi? (164-b.) 95. Prokuraturaga kim rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini kim nazorat qilib turadi? (164-b.) 96. Qonun buzilishi aniqlanganda prokuror tomonidan qanday chora- tadbirlar ko‘riladi? (165–166-b.) 97. Prokuratura organlarini moliyalashtirish qay tarzda kechadi? (167-b.)
ASOSIY QONUNI
Savollar: 98. Jamiyatda iqtisodiy munosabatlar yanada rivojlanishiga huquq qay tariqa ta’sir o‘tkazadi? (167-b.) 99. Davlat moliya va kredit tizimining asosiy manbalarini ayting. (172-b.) 100. Davlat moliya va bank tizimini tarkib toptiruvchi muassasalarni sanang. (173-b.) 101. Konstitutsiyadagi o‘zgartishlar zarurati nimadan kelib chiqadi? (173-b.) 102. Barqaror amal qiluvchi Konstitutsiyaning afzalliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? (8-b.) 103. Qaysi sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati bor? (9-b.)
Bilimingizni sinang
«Konstitutsiya» so‘zi qaysi tilga oid?
- Lotin tiliga
- Yunon tiliga
- Arab tiliga
- Fransuz tiliga
To‘g‘ri javob: Lotin tiliga. «Konstitutsiya» so‘zi lotincha.
Fuqarolar yig‘ini qaysi hududlarda o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida faoliyat yuritadi?
- Faqat viloyat markazi shaharlarida
- Shoxobcha, qishloq va mahallalarda
- Tuman hamda shahar markazlarida
- Faqat Toshkent shahri hududida
To‘g‘ri javob: Shoxobcha, qishloq va mahallalarda. Fuqarolar yig‘ini shoxobcha, qishloq va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarish organidir.
Faqat o‘qish yetarli emas
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash