Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi
1. Yangi davrning eng asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
1895-yilda muhandis V. I. Lopushinskiy ishlab chiqqan yuk lokomotivi XVIII
asrning oxirlarida boshlangan sanoat to‘ntarishi faqat sanoatning emas, qishloq xo‘jaligining ham rivojini belgilab berib, butun XIX asr davomida ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylanib qoldi. Dastlab Angliya, uning ortidan Fransiya, biroz keyinroq AQSH, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya, Rossiya har xil tezlik bilan bo‘lsa-da, shu yo‘ldan bordilar. Shunday qilib, olimlar industrial sivilizatsiya deb atagan, bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiya XIX asrda Yevropa va AQSHda uzil-kesil qaror topdi hamda qariyb ikki asr mobaynida jahon xalqlari taraqqiyotining mazmuniga aylanib qoldi.
1895-yilda muhandis V. I. Lopushinskiy ishlab chiqqan yuk lokomotivi XVIII
Fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar xo‘jalik hayotining rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Asrlar davomida dengiz va okeanlarda suzib yurgan yelkanli kemalar bilan bir qatorda paroxodlar paydo bo‘ldi. Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarining shaharlari temiryo‘l tizimi bilan bog‘landi va bu sanoat hamda savdoning rivojlanishiga katta turtki berdi. 1870-yillari elektrdvigatel, elektrlampa, telefon, sal keyinroq radio kashf etildi. 1880-yillar – 1890-yillar boshlarida elektr energiyasini simlar orqali uzoq masofaga yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ldi; benzinda ishlaydigan dastlabki ichki yonuv dvigatellari yaratilib, shundan so‘ng dastlabki avtomobillar, keyinroq samolyotlar paydo bo‘ldi.
ESGA OLING
Kapitalizm bu –...
O‘sha davr iqtisodiyotining yetakchi sohalari – metallurgiya, mashinasozlik, transport shiddat bilan rivojlandi. Elektrotexnika, kimyo sanoati kabi yangi sohalar paydo bo‘ldi hamda kishilarning kundalik turmushini o‘zgartira boshladi.
Sanoat ishlab chiqarishi sur’atlarining o‘sishida ayniqsa tez rivojlanayotgan metallurgiyaning salmog‘i katta bo‘ldi. Fransuz metallurgi Pyer Marten va ingliz ixtirochisi Henri Bessemerlar joriy etgan po‘lat eritishning yangi usullari uni ishlab chiqarishni keskin oshirib, tannarxini arzonlashtirdi. Ingliz metallurgi Sidney Tomas kashf etgan suyuq cho‘yanni tozalash usuli esa fosfatlarga boy temir rudalaridan foydalanish imkonini yaratdi va mahsulotning sifatini keskin oshirdi. Natijada 1870-yildan 1900-yilgacha jahonda po‘lat ishlab chiqarish 56 barobar o‘sdi. Sanoatda temir davri o‘rniga po‘lat davri boshlandi.
ESGA OLING
XIX asrning so‘nggi o‘ttiz yili yirik sanoat ishlab chiqarishining jadal taraqqiyot
Birinchi telefon apparati davri bo‘ldi. Taraqqiyotning yangi bosqichi sanoatni tashkil qilishning yangi shakllarini talab qildi. Bu yirik ishlab chiqarishning keskin rivojlangan davri ulkan moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilardi. Bunday katta mablag‘larni bir joyga to‘plash uchun aksionerlik kompaniyalari tashkil qilindi. Bu kompaniyalar yirik banklar va sanoatchilarga o‘z mablag‘larini bir joyga jamlash imkonini berdi. Ammo shu tariqa paydo bo‘lgan moliya oligarxiyasi tezda jamiyatning tor elita qatlamiga aylanib, industrial sivilizatsiya qaror topgan ilg‘or mamlakatlarda XX asr boshiga kelib iqtisodiy va siyosiy yetakchilikni qo‘lga oldi. Bunday jarayonlar keyinchalik kapitalistik rivojlanish yo‘liga o‘tgan bir qator sobiq sotsialistik mamlakatlarda XX asr oxiri – XXI asr boshlarida ham kuzatildi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
Avvalo, yangi davr kishisi shakllandi. XVIII asrda paydo bo‘lgan insonning tabiiy va uzviy huquqlari to‘g‘risidagi ta’limot jamiyat hayotida yanada kengroq namoyon bo‘la boshladi. Siyosiy tuzumlar o‘zgardi, absolyut monarxiyalar o‘tmishda qolib ketdi va o‘rnini cheklangan (konstitutsion) monarxiyalar va respublikalarga bo‘shatib berdi.
Birinchi paroxod
YODDA TUTING
XIX asrning 70-yillarida elektrdvigatel, elektrlampa, telefon, sal keyinroq radio kashf etildi.
P. Marten va H. Bessemerlar po‘lat eritishning yangi usulini kashf qildi.
Parlament faoliyati qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari bir-biridan ajratilgan huquqiy davlatning shakllanishiga ko‘maklashdi. Bunday davlatlarda shaxs huquqi kafolatlandi, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi o‘rnatildi.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ta’minladi. U odamlar hayotiga quyidagi o‘zgarishlarni olib keldi: a) shaxsiy erkinliklar kengaydi; b) feodal qaramlikdan ozod bo‘lish jarayoni davom etdi; d) mahalliy boshqaruv organlari shakllandi; e) ittifoqlar va siyosiy partiyalar tashkil qilindi; f) ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlash uchun kurash olib borildi; g) vijdon erkinligi e’lon qilindi va kafolatlandi.
YODDA TUTING
Ilm-fanda juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Uni ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirishning uzoq davom etgan jarayoni XX asrda ilmiy-texnik inqilobga olib keldi. Shu tariqa ilm-fan jamiyatni olg‘a harakatlantiruvchi qudratli kuchga aylandi.
Fandagi ixtirolar sanoat va qishloq xo‘jaligiga joriy qilindi. Temiryo‘llar, paroxodlar, avtomobillar, samolyotlar, elektr yoritkichlar, telefon, telegraf va boshqa ko‘plab ixtirolar insonlar hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Ilm-fan yutuqlaridan ilhomlangan bu davr kishilari tabiatni bo‘ysundirishga, insonning cheksiz imkoniyatlarini ishga solishga, inson tabiatining o‘zini mukammallashtirishga intilib yashadilar. Natijada dinning inson ongiga ta’siri susaydi, ko‘plab mamlakatlarda dunyoviy ta’lim yo‘lga qo‘yilib, diniy muassasalar davlatdan, ta’lim jarayoni dindan ajratildi. Dunyoviy davlat, maktab, fan va madaniyat shakllandi. Dunyoviy yondashuv, sekulyarlik, vijdon erkinligi inson dunyoqarashining, ozod shaxs sifatida o‘zini anglashining asosini tashkil qildi.
YODDA TUTING
Industrial davlatlar mustamlaka imperiyalarini yaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasini ta’sir hududlariga bo‘lib olish uchun intildilar. Bu davr G‘arb sivilizatsiyasining ekspansiyasi davri, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqlarining faqat siyosiy va iqtisodiy emas, sivilizatsiyaviy qaramligining ham boshlanish davri bo‘ldi. Bu davrda G‘arb jamiyatining tarkibi o‘zgardi, aholining yangi qatlamlari paydo bo‘ldi. Insonning o‘zi, ichki dunyosi va turmush tarzi ham o‘zgardi. Uning asosiy qadriyatlari ozodlik va shaxsiy erkinlik bo‘lib qoldi.
Korxonadagi ish jarayoni
ATAMALAR MAZMUNI
Industrial sivilizatsiya – ijtimoiy hayot uchun muhim rol o‘ynaydigan jamiyat. Yangi davrda shakllangan bozor munosabatlari, siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlari, umuminsoniy qadriyatlar kabi tushunchalar industrial sivilizatsiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.
Sekulyarlik – hukumat va boshqa huquq manbalari dinning har qanday turidan alohida bo‘lishi kerakligi haqidagi tushuncha.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2. XIX asr oxiri va XX asr davomida ilmiy-texnik inqilobga olib kelgan kashfiyotlarni tartib raqami, davlat, yili, kashfiyot turi tarzida jadval holatiga keltiring.
Muhim sanalar
- 1870-yillari — 1870-yillari elektrdvigatel, elektrlampa, telefon, sal keyinroq radio kashf etildi.
- 1870-yilda — Natijada 1870-yildan 1900-yilgacha jahonda po‘lat ishlab chiqarish 56 barobar o‘sdi.
- 1880-yillar — 1880-yillar – 1890-yillar boshlarida elektr energiyasini simlar orqali uzoq masofaga yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ldi; benzinda ishlaydigan dastlabki ichki yonuv dvigatellari yaratilib, shundan so‘ng dastlabki…
- 1890-yillar — 1880-yillar – 1890-yillar boshlarida elektr energiyasini simlar orqali uzoq masofaga yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ldi; benzinda ishlaydigan dastlabki ichki yonuv dvigatellari yaratilib, shundan so‘ng dastlabki…
- 1900-yilgacha — Natijada 1870-yildan 1900-yilgacha jahonda po‘lat ishlab chiqarish 56 barobar o‘sdi.
- XIX asr — asrning oxirlarida boshlangan sanoat to‘ntarishi faqat sanoatning emas, qishloq xo‘jaligining ham rivojini belgilab berib, butun XIX asr davomida ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylanib qoldi.
- XIX asrda — Shunday qilib, olimlar industrial sivilizatsiya deb atagan, bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiya XIX asrda Yevropa va AQSHda uzil-kesil qaror topdi hamda qariyb ikki asr…
- XIX asrning — XIX asrning so‘nggi o‘ttiz yili yirik sanoat ishlab chiqarishining jadal taraqqiyot
- XX asr — Ammo shu tariqa paydo bo‘lgan moliya oligarxiyasi tezda jamiyatning tor elita qatlamiga aylanib, industrial sivilizatsiya qaror topgan ilg‘or mamlakatlarda XX asr boshiga kelib iqtisodiy va siyosiy yetakchilikni qo‘lga…
- XX asr — Bunday jarayonlar keyinchalik kapitalistik rivojlanish yo‘liga o‘tgan bir qator sobiq sotsialistik mamlakatlarda XX asr oxiri – XXI asr boshlarida ham kuzatildi.
Bilimingizni sinang
Sanoat to‘ntarishi butun qaysi asr davomida ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylanib qoldi?
- XVII asr
- XIX asr
- XX asr
- XVIII asr
To‘g‘ri javob: XIX asr. Asr oxirlarida boshlangan sanoat to‘ntarishi butun XIX asr davomida ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylandi.
Bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiya Yevropa va AQSHda qaysi asrda uzil-kesil qaror topdi?
- XX asrda
- XVIII asrda
- XVII asrda
- XIX asrda
To‘g‘ri javob: XIX asrda. Industrial sivilizatsiya XIX asrda Yevropa va AQSHda uzil-kesil qaror topdi.
Bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiyani olimlar qanday nomlagan?
- agrar sivilizatsiya
- G‘arb sivilizatsiyasi
- postindustrial sivilizatsiya
- industrial sivilizatsiya
To‘g‘ri javob: industrial sivilizatsiya. Bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiyani olimlar industrial sivilizatsiya deb atagan.
Qaysi asrning oxirlarida boshlangan sanoat to‘ntarishi sanoatning ham, qishloq xo‘jaligining ham rivojini belgilab berdi?
- XVII asr
- XIX asr
- XVIII asr
- XX asr
To‘g‘ri javob: XVIII asr. Matnga ko‘ra sanoat to‘ntarishi XVIII asr oxirlarida boshlangan.
Sanoat to‘ntarishi yo‘lidan avvalo qaysi mamlakat bordi?
- Angliya
- Fransiya
- AQSH
- Germaniya
To‘g‘ri javob: Angliya. Dastlab Angliya, so‘ng Fransiya va boshqalar shu yo‘ldan borgan.
Olimlar industrial sivilizatsiya deb atagan sivilizatsiyaning bosh qadriyatlari nimalar edi?
- Dehqonchilik va diniy bag‘rikenglik
- Mustamlakachilik va monarxiya hokimiyati
- Feodal qaramlik va sex tuzumi
- Texnik taraqqiyot va inson erkinligi
To‘g‘ri javob: Texnik taraqqiyot va inson erkinligi. Matnda bosh qadriyatlar texnik taraqqiyot va inson erkinligi deb ko‘rsatilgan.
Industrial sivilizatsiya Yevropa va AQSHda uzil-kesil qaror topishida qaysi jarayon asosiy rol o‘ynadi va uning bosh qadriyatlari nima edi?
- XVIII asr oxirida boshlangan sanoat to‘ntarishi; bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi
- XIX asr oxiridagi mustamlakachilik urushlari; bosh qadriyatlari harbiy qudrat va tartib
- Sanoat to‘ntarishi faqat qishloq xo‘jaligini qamragan; bosh qadriyati diniy bag‘rikenglik
- XX asrdagi ilmiy-texnik inqilob; bosh qadriyatlari iqtisodiy tenglik va davlat monopoliyasi
To‘g‘ri javob: XVIII asr oxirida boshlangan sanoat to‘ntarishi; bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi. XVIII asr oxirlarida boshlangan sanoat to‘ntarishi natijasida bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi bo‘lgan sivilizatsiya qaror topgan.
Fan va texnika yutuqlari tufayli dengiz va okeanlarda yelkanli kemalar bilan bir qatorda qaysi kemalar paydo bo‘ldi?
- suvosti kemalari
- ledokollar
- harbiy kreyserlar
- paroxodlar
To‘g‘ri javob: paroxodlar. Yelkanli kemalar bilan bir qatorda paroxodlar paydo bo‘ldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash