XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 2-mavzu

“Yanada Buyuk Britaniya” uchun: yangi iqtisodiy va mafkuraviy tizimning paydo boʻlishi

2. “Qit’a qamali” siyosati Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlarga olib keldi?

3. Buyuk Britaniyada barqaror fuqarolik jamiyatini shakllantirgan omillarga misollar keltiring.

Napoleon urushlarining yakunlanishi Yevropada taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.

Angliya uzoq yillar jahon siyosatida yetakchi o‘rinni egallab keldi, “jahon ustaxonasi” degan nom oldi, birinchi davlatga, dunyoning moliyaviy markazi va liberal jamiyatning namunasiga aylandi.

XIX asrning o‘rtalariga kelib Angliyada barqaror fuqarolik jamiyati shakllandi. Inqilob tarafdorlari bo‘lgan radikal kuchlar siyosiy jarayonlardan chetlatildi – Angliya taraqqiyotning evolyutsion yo‘lini tanladi.

Bu davrdagi iqtisodiy yuksalish ishchilarga o‘z ahvollarini yaxshilash uchun kurashish imkonini berdi. Kasaba uyushmalarining ish vaqtini qisqartirish va o‘z faoliyatlarini legallashtirish uchun kurashi ular saflarining sezilarli kengayishiga olib keldi. O‘sha davrda ko‘pchilik ishchi tashkilotlari muammolarni hal qilish yo‘llarini inqilobiy harakatdan emas, islohotchilikdan izlash lozim deb hisoblashardi.

2. “Qit’a qamali” siyosati Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlarga olib keldi?

Xalqaro sotsialistik ishchilar va kasaba uyushmalari kongressi, London, 1896-yil

Ammo XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya sanoatning rivojlanish sur’atlari bo‘yicha Germaniya va AQSH kabi yosh sanoat mamlakatlaridan ortda qola boshladi. Sanoatning yangi sohalari bo‘lgan kimyoviy ishlab chiqarish va elektrotexnikada ham Germaniya va AQSH Angliyadan o‘zib ketgandi. Angliya sanoati nisbatan sekin rivojlanishining asosiy sababi uning texnik qoloqligi edi. Yosh kapitalistik mamlakatlar – Germaniya va AQSHda sanoat korxonalari o‘z davrining eng ilg‘or texnikasi asosida qurilayotgan, Angliyada esa sanoat ancha oldin paydo bo‘lganligi sababli ko‘plab zavod va fabrikalarning uskunalari eskirib qolgan edi.

ESGA OLING

Fuqarolik jamiyati –...

XX asr boshlariga kelib AQSH dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi. Germaniya sanoati ham bir qator muhim sohalar, masalan, metallurgiya bo‘yicha katta tezlik bilan Angliyani quvib o‘ta boshladi. Germaniya savdo sohasida ham katta raqobatni vujudga keltirdi. XIX asr oxirlaridayoq nemislarning arzon tovarlari Angliya va uning mustamlakalari bozorlariga kirib keldi.

Shu tariqa Angliya dunyoning birinchi sanoat mamlakati maqomini yo‘qotdi va birinchi jahon urushi arafasida Pax Britanica (Paks Britanika – “Britaniya dunyosi”) davri o‘z yakuniga yetdi.

Ammo XX asr boshlarida ham Angliya dunyoning eng boy mamlakati bo‘lib qolayotgan edi. Bu davrda sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar Angliya singari yirik kapitalga ega emasdi.

ESGA OLING

Birinchi jahon urushi arafasida beshta yirik bank moliya bozorida yetakchilik qilardi, ular Londonning markaziy dahasi – Sitida joylashgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab filiallariga ega edi. Bu banklar o‘z kapitallarini butun dunyo bo‘ylab foydali sohalarga joylashtirdi va bu jarayon kapital eksporti deb ataldi. Angliya sanoat ishlab chiqarishida ortda qolgan sari kapital eksporti katta ahamiyat kasb etib, foyda olishning muhim manbalaridan biriga aylanib bordi.

BILIB OLING

XIX asrning 70-yillarida...

Birinchi sanoat mamlakati maqomi –...

XX asr boshlarida...

Bu davrda ham Buyuk Britaniya iqtisodiyoti mustamlakachilik xarakteriga ega bo‘lib qolaverdi. Britaniya imperiyasining hududi 1884-yildan 1900-yilgacha 30% ga kengaydi, aholisi bir yarim marta ko‘paydi. Birinchi jahon urushi arafasida ingliz mustamlakalarida 400 mln kishi yashardi.

Mustamlakalar uchun bo‘lgan urushlarning eng yirigi 1899–1902-yillardagi ingliz-bur urushi bo‘ldi. Burlar gollandiyalik mustamlakachilarning avlodlari bo‘lib, ular Janubiy Afrikada Transvaal va Oranj nomli ikkita respublika tuzishgan edi. Burlar asosan chor-

BILIB OLING

Ip yigirish korxonasi

CHIQARING

Savollar: Qanday sabablar tufayli Buyuk Britaniya dunyoning birinchi sanoat mamlakati maqomini yo‘qotdi?

Sanoat inqilobi davrida korxona ishchilari vachilik bilan shug‘ullanishardi. Angliya uzoq davom etgan urushdan so‘ng, 1902-yili bu ikki respublikani ham o‘ziga bo‘ysundirdi. Angliyaning mustamlakachilik intilishlarini jahon jamoatchiligi qoraladi. Bu esa xalqaro maydonda uning nufuzi tushib ketishiga olib keldi.

Mustamlakalarda mahalliy aholi dahshatli ekspluatatsiya qilinar, ularning yerlari tortib olinib, o‘zlari mustamlakachilar foydasiga ishlashga majbur etilar edi. Og‘ir soliqlar, o‘ta past ish haqi aholining qashshoqlashuviga va butun boshli xalqlarning qirilib ketishiga olib keldi. Ko‘plab ingliz mustamlakalarida mahalliy aholi to‘liq qirilib ketdi. Bu yerlarning aholisini endi yevropaliklar, asosan inglizlar tashkil eta boshlagandi. Bunday mustamlakalar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida avtonomiyalarga ega bo‘ldi. Ular endi dominionlar deb atala boshlandi. Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya ana shunday dominionlar edi.

CHIQARING

Angliya rivojlanishning evolyutsion yo‘lini tanlagani uchun parlament va saylov islohotlari davom ettirildi. 1868-yili shaharlarda ishchilarning bir qismi saylov huquqiga ega bo‘ldi. Tez orada bu barcha grafliklarda joriy qilindi. XX asr boshiga kelib jamoa palatasining ustuvorligi aniq belgilab qo‘yildi, lordlar palatasining huquqlari esa cheklanib bordi.

Imperiyaga 64 yil hukmronlik qilgan qirolicha Viktoriya 1901-yili vafot etdi va taxtga uning katta o‘g‘li Eduard VII keldi. Eduard VII ingliz diplomatiyasida hukmronlik qilgan “ajoyib izolyatsiya” siyosatini tugatdi. Qirol siyosatining muvaffaqiyati deb Angliya bilan Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuvini aytish mumkin. Rossiya bilan ham kelishuv imzolandi. Eduard VII davri Angliya tarixida ajoyib davr deb ataldi.

CHIQARING

Viktoriya davrining “unutilgan mashhur” yozuvchisi Jozef Redyard Kipling “yanada Buyuk Britaniyani yaratish” tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. “Madaniyatdan orqada qolgan” xalqlarga faqat oq tanlilar yordam berishi mumkinligiga Kipling chin dildan ishonadi. Yozuvchining bu qarashlari “Oq tanlilar yuki” deb nomlangan she’rida o‘z

TARIXIY MUSHOHADA

Savollar: Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik yurishlari va uning natijalari qanday oqibatlarga olib keldi?

ifodasini topadi. Kipling o‘zining bu she’ri, hayotiy falsafasi va inglizlarning sivilizatsiyachilik missiyasiga qat’iy ishonchi bilan Charlz Dilk, Jon Sili va Sesil Rods singari imperiya maddohlari qatoridan joy oladi.

Ular imperiya haqidagi mifni yaratdilar. Bu mifning markazida britaniyaliklar boshqaruvi eng yaxshi boshqaruv usuli ekanligi haqidagi tasavvur yotadi. O‘sha davr inglizlarining fikricha, osiyolik va afrikaliklar o‘z mamlakatlarini mustaqil boshqarish va rivojlantirishga qodir emaslar. Osiyo va Afrika davlatlarining ichki ishlariga inglizlarning aralashuvi, hokimiyatlarni ag‘darishi ko‘pincha bu davlatlardagi siyosiy tizimning kamchiliklarini bartaraf qilish sifatida qaraladi.

TARIXIY MUSHOHADA

Xullas, bu davrda Angliya dunyoning yetakchi imperiyalaridan biri bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, imperiyaning avvalgi qudrati so‘nib borayotgani, yangi davrlar boshlanayotganligini ingliz jamiyati ham his qilayotgan edi.

ATAMALAR MAZMUNI

Pax Britanica (lotincha, Paks Britanika – “Britaniya dunyosi”) – Buyuk Britaniyaning 1815-yilgi Vaterloo jangidan boshlab Birinchi jahon urushiga qadar dengizdagi va xalqaro munosabatlardagi hukmronlik davri.

Dominion (qaram yer) – ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig‘i deb tan oladigan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo‘lgan davlat.

2. Kapital eksporti tushunchasining mohiyati nimalardan iborat edi?

Savollar: 3. Qirolicha Viktoriya va uning katta o‘g‘li Eduard VII hukmronligi yillarida Buyuk Britaniya tashqi siyosatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
Savollar: 4. Jozef Redyard Kipling o‘z asarlarida Buyuk Britaniya tarixining qaysi xususiyatlarini aks ettirgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

XIX asrda uzoq yillar jahon siyosatida yetakchilik qilgan Angliya qanday nom oldi?
  1. jahon ustaxonasi
  2. jahon dengizchisi
  3. jahon bozori
  4. jahon banki

To‘g‘ri javob: jahon ustaxonasi. Angliya uzoq yillar jahon siyosatida yetakchi bo‘lib, “jahon ustaxonasi” degan nom olgan.

Inqilob tarafdori radikal kuchlar chetlatilgach, Angliya taraqqiyotning qaysi yo‘lini tanladi?
  1. evolyutsion yo‘li
  2. izolyatsiya yo‘li
  3. inqilobiy yo‘li
  4. mustamlakachilik yo‘li

To‘g‘ri javob: evolyutsion yo‘li. Radikal kuchlar chetlatilib, Angliya taraqqiyotning evolyutsion yo‘lini tanlagan.

Napoleon urushlari yakunlangach, Angliya jahon siyosatida yetakchi bo‘lib, qanday nom oldi?
  1. “jahon ustaxonasi”
  2. “dengizlar malikasi”
  3. “jahon bankiri”
  4. “Yevropa dehqoni”

To‘g‘ri javob: “jahon ustaxonasi”. Angliya uzoq yillar yetakchi bo‘lib, “jahon ustaxonasi” degan nom olgan.

Inqilob tarafdori radikal kuchlar siyosiy jarayonlardan chetlatilgach, Angliya taraqqiyotning qaysi yo‘lini tanladi?
  1. inqilobiy yo‘lini
  2. evolyutsion yo‘lini
  3. mustamlakachilik yo‘lini
  4. izolyatsiya yo‘lini

To‘g‘ri javob: evolyutsion yo‘lini. Radikallar chetlatilgani sabab Angliya taraqqiyotning evolyutsion yo‘lini tanlagan.

Xalqaro sotsialistik ishchilar va kasaba uyushmalari kongressi Londonda qaysi yilda o‘tkazilgan?
  1. 1889-yil
  2. 1896-yil
  3. 1871-yil
  4. 1904-yil

To‘g‘ri javob: 1896-yil. Kongress Londonda 1896-yilda o‘tkazilgan.

XIX asrning qaysi yillariga kelib Angliya sanoat rivojlanish sur’atlari bo‘yicha Germaniya va AQSHdan ortda qola boshladi?
  1. 50-yillariga
  2. 90-yillariga
  3. 30-yillariga
  4. 70-yillariga

To‘g‘ri javob: 70-yillariga. XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya yosh sanoat mamlakatlaridan ortda qola boshlagan.

Angliya sanoatning rivojlanish sur’atlari bo‘yicha Germaniya va AQSHdan ortda qola boshlagan davr qaysi?
  1. XVIII asrning 70-yillari
  2. XIX asrning 30-yillari
  3. XIX asrning 70-yillari
  4. XX asrning 10-yillari

To‘g‘ri javob: XIX asrning 70-yillari. XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya yosh sanoat mamlakatlaridan ortda qola boshlagan.

Angliya sanoati nisbatan sekin rivojlanishining asosiy sababi nima edi?
  1. xomashyoning yetishmasligi
  2. ishchi kuchining kamligi
  3. mustamlakalarning yo‘qligi
  4. texnik qoloqlik

To‘g‘ri javob: texnik qoloqlik. Ko‘plab zavod va fabrikalar uskunalari eskirib qolgan, bu texnik qoloqlikka sabab bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIndustrial sivilizatsiyaning qaror topishiKeyingi →Fransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun kurash