XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 31-mavzu

XX asrning ikkinchi yarmida ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA

ILMIY-TEXNIK INQILOB VA UNING NATIJALARI

So‘nggi yuz yil davomida fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sintetik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashinalardan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi.

Ayni paytda ilmiy-texnik inqilob bir qator salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Xususan, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish natijasida ish o‘rinlari kamayib ketdi va ishsizlik avj oldi. Energiyaning yangi turlaridan, sun’iy materiallardan foydalanish tabiiy resurslarni o‘zlashtirish imkoniyatini kengaytirdi, ammo buning tabiatga zarari ham ortib bordi.

Ilm-fan yutuqlari

asr oxiri – XX asr boshlariga kelib ilmiy tafakkurda yirik o‘zgarishlar yuz berdi. Isaak Nyutondan boshlangan va mexanikaga asoslangan dunyoqarash o‘z imkoniyatlarini yakunladi va bu yangi davr fanining inqiroziga olib keldi. Bunga elektron va radioaktivlikning kashf etilishi katta turtki bo‘ldi. Fandagi inqirozni bartaraf etish jarayonida fizikadan boshlangan va fanning barcha sohalarini qamrab olgan ilmiy-texnik inqilob yuz berdi. Bu, avvalo, Maks Plank va Albert Eynshteyn kabi olimlarning nomi bilan bog‘liq. Elektron va radiyning kashf etilishi, kimyoviy elementlarning transformatsiyasi, nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasining yaratilishi mikroolam va katta tezlik sohasida ulkan yangilik bo‘ldi. Kvant nazariyasi kimyoviy bog‘lanishlarning tabiatini tushuntirib, fan va ishlab chiqarish oldida moddalarning kimyoviy transformatsiyasi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Irsiyat qonunlari sohasiga kirib borish boshlandi, genetika fani rivojlandi, xromosoma nazariyasi shakllandi.

ESGA OLING

Savollar: Dunyoda birinchi temiryo‘l qachon qurilgan va u nimaga xizmat qilgan?

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

Savollar: Sizningcha, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilm-fanning yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan omillar qaysilar?

Yana qaysi kashfiyot va ixtirolarni mazkur

Savollar: ro‘yxatga kiritgan bo‘lardingiz? Fikringizni dalillar bilan izohlashga harakat qiling.

Stenli Kohen, Herbert Boyer (1973)

Bu davrda aniq fanlar erishgan eng katta yutuqlardan biri lazerning kashf etilishi bo‘ldi. Bu kashfiyot XX asr fizika fanidagi eng yorqin kashfiyotlardan biri sifatida tan olingan. 1960-yili sovet fiziklari – N. G. Basov, A. M. Proxorov va amerikalik olim Ch. Tauns lazer (bu inglizcha lighit amplification by stimulated emission of radiation – “majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchaytirilishi” iborasining bosh harflaridan olingan) – nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar. Bu uchala olimga fizika bo‘yicha Nobel mukofoti berildi.

Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq yana bir yangilik kompyuterning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Kompyuter (inglizcha computer – “hisoblagich”) dastlab axborotni qayta ishlash va hisoblash uchun yaratildi, u elektron hisoblash mashinasi – EHM deb yuritilar va juda katta hajmga ega edi. 1959-yili amerikalik muhandislar – D. Kilbi va R. Noys tomonidan yarimo‘tkazgichli integral mikrosxemalarning yaratilishi kompyuter va boshqa asboblar hajmining keskin qisqarishiga, faoliyat sohasining keskin kengayishiga olib keldi. Integral mikrosxemalarning yaratilishini olimlar XX asrning so‘nggi 50 yili ichida qilingan eng mashhur ixtiro hisobladilar. Hozir deyarli barchamiz foydalanadigan uyali telefonlar ham XX asr ixtirosi. Shvetsiyaning “Televerket” kompaniyasi 1940-yillar oxiridayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi. Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon aloqasi MTA – mobile telephone system (mobil telefon tizimi) deb ataldi. 1970–1980-yillari Ericsson, Philips va boshqa ko‘plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi. Shu yillari zamonaviy ko‘rinishga yaqin apparatlar paydo bo‘ldi. Massachusets texnologiya instituti xodimlari uzoq masofadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosladi va Internetning yaratilishini yaqinlashtirdi. 1969-yili Internetning o‘tmishdoshi – ARPANET yaratildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan sovuq urush, AQSH va SSSR o‘rtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ham ko‘chdi. 1957-yil 4-oktyabr kuni Sovet Ittifoqida Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Akademik S. P. Korolyov boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish borasida tadqiqotlar olib borildi. Natijada 1961-yil 12-aprel kuni Y. A. Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi bo‘lib koinotga parvoz qildi. Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytirdi.

Stenli Kohen, Herbert Boyer (1973)

Iqtisodiy nazariya sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy nazariyadagi eng muhim o‘zgarishni XX asrning birinchi yarmida ingliz iqtisodchisi Jon Keyns amalga oshirdi. U amalda iqtisodiy nazariyada yangi yo‘nalish – makroiqtisodiyotni yaratdi. J. Keyns nazariyasi fanda keynschilik nomini oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin keynschilik asosida yaratilgan iqtisodiy nazariya neokeynschilik nomini oldi. Bu nazariya iqtisodni yangi davr talabiga moslashtirishga qaratilgan edi.

Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar

asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik inqilob va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar inson hayotining hamma jabhalariga ta’sir ko‘rsatdi. Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar avvalo san’at va adabiyotda o‘z aksini topdi.

San’atda abstraksionizm (mavhumlik) yo‘nalishi keng ommalashdi. Abstraksionizm fotografiya san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi. Abstraksionizm vakillari endi tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning fikricha, aynan shu jihatlarni fotografiyada aks ettirishning iloji yo‘q edi. Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda pop art (ommaviy san’at) paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi. Pop art ixlosmandlarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy-estetik sifat kasb etishi mumkin.

Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar

San’atning bu yo‘nalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlikning yo‘qligi san’atdagi modernizm bosqichi o‘z imkoniyatlarini tugatganidan dalolat edi. Endi G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan postmodernizm uslubi paydo bo‘ldi.

Adabiyot

Urushdan keyin bir qator yozuvchilarning romanlari urushni badiiy usullar bilan anglashga bag‘ishlandi. Bu davrda ko‘pchilik asarlar antifashistik, patsifistik ruhda yozilgan bo‘lsa, 1960-yillardan keyin realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolarni aks ettirish quroliga aylandi. Ularda inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, tabiatdagi halokatlar inson va jamiyatning ham tubanlashuviga olib kelishi o‘ta ta’sirli badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda qilindi.

Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yo‘nalishi – ommaviy adabiyotda o‘ziga yo‘l topdi. Bunday adabiyot keng ommaga mo‘ljallangan bo‘lib, aniq andazalar asosida yoziladi va mafkuraviy jihatdan mavjud tartiblarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Adabiyot

Bu yo‘nalishda yozilgan asar bozorning barcha qonunlariga rioya qiladigan, xaridorlarning turli qatlamiga mo‘ljallangan adabiy tovar hisoblanadi. Bu o‘zining ochiq tijoriy xarakteri, ko‘ngilochar funksiyasi va voqealar rivojining oldindan ma’lumligi bilan XX asr birinchi yarmidagi adabiyotdan farq qiladi.

BADIIY ASAR BILAN ISHLASHGA DOIR TOPSHIRIQ

“Jahon adabiyoti” jurnalida nashr etilgan badiiy-tarixiy asarlarni topib, ta’til davrida ularni o‘qib chiqing hamda “Ta’til va mutolaa” mavzusida o‘quv portfoliosini tayyorlang.

ATAMALAR MAZMUNI

Konveyer – yuk tashish, mashinani butlab yig‘ish yoki ishlanayotgan narsalarni bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga ketma-ket uzluksiz yetkazib berish uchun to‘xtovsiz yoki davriy ravishda aylanib ishlab turadigan lentasimon maxsus transport qurilmasi. Postmodernizm – XX asr o‘rtalari va oxirlarida rivojlangan yo‘nalish bo‘lib, u asosan falsafa, san’at, arxitektura va adabiy tanqidchilikda modernizm an’analaridan chekinishni o‘zida ifodalaydi. Atama asosan modernizmdan keyin kelgan tarixiy davrni ifodalash uchun qo‘llanadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Kapitalizmning postindustrial davrida ilmiy-texnik taraqqiyot qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Savollar: 2. Zamonaviy EHMlar, kompyuterlar va uyali aloqa tarmog‘ining yaratilishida integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi qanday rol o‘ynadi?

3. Internet tarmog‘ining paydo bo‘lishiga qanday nazariya asos bo‘ldi?

Savollar: 4. XX asr adabiyot va san’atidagi qanday yo‘nalishlarni ta’riflay olasiz? Adabiyot va san’atning ijtimoiy hayotga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?

MUNDARIJA

Kirish....................................................................................................................3

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI

1-mavzu. Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi.....................................................6

2-mavzu. “Yanada Buyuk Britaniya” uchun: yangi iqtisodiy va mafkuraviy tizimning paydo bo‘lishi.................................................... 11

3-mavzu. Fransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun kurash................16

4-mavzu. Sharqiy Yevropa va Rossiya: jamiyatni isloh qilish muammolari.............22

5-mavzu. Ikki xil Amerika: Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yo‘nalishlari...............................................................................27

6-mavzu. Yaponiya, Xitoy va Hindiston: islohotlarning osiyocha yo‘li......................32

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI

7-mavzu. Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida an’anaviylik va islohotchilik o‘rtasidagi kurash............................................................38

8-mavzu. Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari.......43

II BOB

JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YO‘NALISHI: LIBERAL DEMOKRATIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA

9-mavzu. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari................50

10-mavzu. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari.................................................................................56

11-mavzu. Totalitar va avtoritar diktatura mamlakatlari: yangi urush o‘chog‘ining paydo bo‘lishi..................................................61

12-mavzu. Osiyo mamlakatlarida mustaqillik va taraqqiyot muammolari.................67

II BOB

13-mavzu. Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi.......73

14-mavzu. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari................77

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Fanning rivojlanishi qaysi davrda ilmiy-texnik inqilobga olib keldi?
  1. XX asrning ikkinchi yarmida
  2. XIX asrning birinchi yarmida
  3. XX asr boshlarida
  4. XVIII asr oxirida

To‘g‘ri javob: XX asrning ikkinchi yarmida. Fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib kelgan.

Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning qaysi davriga olib chiqdi?
  1. Industrial sanoat davriga
  2. Postindustrial davriga
  3. Agrar-feodal davriga
  4. Manufaktura-sex davriga

To‘g‘ri javob: Postindustrial davriga. Ilmiy-texnik inqilob iqtisodiyotni kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish qanday salbiy oqibatga olib keldi?
  1. Narxlar keskin tushib, iqtisodiyot qulab ketdi
  2. Aholi soni kamayib, ishchi kuchi qolmadi
  3. Ish o‘rinlari kamayib, ishsizlik avj oldi
  4. Ish haqi sohalarda keskin oshib ketdi

To‘g‘ri javob: Ish o‘rinlari kamayib, ishsizlik avj oldi. Avtomatlashtirish natijasida ish o‘rinlari kamayib, ishsizlik kuchaydi.

Ilmiy-texnik inqilob jarayonida ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va kompyuterlashtirilishi ijtimoiy sohada qanday salbiy oqibatga olib keldi?
  1. Aholining shaharlardan qishloqlarga ommaviy ko‘chishiga
  2. Ish o‘rinlarining kamayishi va ishsizlikning avj olishiga
  3. Ish haqining keskin pasayib, ish vaqtining uzayishiga
  4. Fanga bo‘lgan qiziqishning so‘nishiga

To‘g‘ri javob: Ish o‘rinlarining kamayishi va ishsizlikning avj olishiga. Avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish natijasida ish o‘rinlari kamayib, ishsizlik avj olgan.

Radioaktivlik bilan birga qaysi zarraning kashf etilishi Nyutondan boshlangan mexanik dunyoqarash inqiroziga katta turtki bo‘ldi?
  1. Neytron
  2. Elektron
  3. Atom yadrosi
  4. Proton

To‘g‘ri javob: Elektron. Elektron va radioaktivlikning kashf etilishi fan inqiroziga katta turtki bo‘ldi.

Ilmiy-texnik inqilob Albert Eynshteyn bilan birga qaysi olimning nomi bilan bog‘liq?
  1. Gregor Mendel
  2. Isaak Nyuton
  3. Maks Plank
  4. Charlz Darvin

To‘g‘ri javob: Maks Plank. Ilmiy-texnik inqilob avvalo Maks Plank va Albert Eynshteyn nomlari bilan bog‘liq.

Irsiyat qonunlari sohasiga kirib borilgan davrda rivojlangan fan qaysi?
  1. Ekologiya
  2. Astronomiya
  3. Genetika
  4. Geologiya

To‘g‘ri javob: Genetika. Irsiyat qonunlari sohasiga kirib borish boshlandi va genetika fani rivojlandi.

Fandagi inqirozni bartaraf etish jarayonidagi ilmiy-texnik inqilob avvalo qaysi olimlarning nomi bilan bog‘liq?
  1. Maks Plank va Albert Eynshteyn
  2. Isaak Nyuton va Jon Maynard Keyns
  3. Basov va Aleksandr Proxorov
  4. Stenli Kohen va Gerbert Boyer

To‘g‘ri javob: Maks Plank va Albert Eynshteyn. Bu inqilob avvalo Maks Plank va Albert Eynshteyn nomi bilan bog‘liq.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAfrikada mustaqillik, qashshoqlik va taraqqiyot muammolari