Afrikada mustaqillik, qashshoqlik va taraqqiyot muammolari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Afrika qit’asi geografik jihatdan qaysi qismlarga bo‘linishini xarita yordamida aniqlang.
SHIMOLIY AFRIKA MAMLAKATLARI
imoliy Afrikadagi arab mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya hamda Mag‘rib davlatlari – Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kiradi. Bu mamlakatlarda aholi asosan islom diniga e’tiqod qiladi. Shu sababli mintaqa arab-islom sivilizatsiyasi mamlakatlari hisoblanadi.
MISR
Urushdan keyingi yillarda Misrda siyosiy va iqtisodiy muhit o‘ta beqaror edi. 1952-yili mamlakatda inqilob amalga oshirilib, hokimiyatga Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” keldi. Dastlab bu odatdagi harbiy to‘ntarishga o‘xshab ko‘rindi. Ammo voqealarning keyingi rivoji bu antiimperialistik va antifeodal inqilob ekanligini ko‘rsatdi. Inqilob uzoq davom etgan milliy-ozodlik harakatiga yakun yasadi va Misrning chinakam mustaqillik davrini boshlab berdi.
Yangi hukumat Misrda bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Yagona rasmiy siyosiy uyushma – “Ozodlik tashkiloti” tuzildi va u yangi rejimning tayanchiga aylandi. Yer islohoti natijasida ko‘plab dehqonlar yerga ega bo‘ldi. Ammo hukumat faoliyatiga “Musulmon birodarlar” diniy-mutaassiblik tashkiloti qarshi chiqdi. Aholining katta qismi savodsiz bo‘lgan mamlakatda ular kuchli ta’sirga ega edi. 1954-yili “Musulmon birodarlar” tarafdorlari bilan “ Ozodlik tashkiloti” tarafdorlari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvda “Musulmon birodarlar” tashkiloti tor-mor qilindi. J. A. Nosir hukumati Misrni rivojlantirishda SSSR yordamiga tayandi. 1970-yili J. A. Nosir vafot etgandan so‘ng Misr prezidenti etib saylangan Anvar Sadat SSSR bilan barcha aloqalarni uzib, AQSH bilan yaqinlashdi va uning yordamida iqtisodiy rivojlanishni boshladi. 1981-yil 6-oktyabrda Anvar Sadatning o‘ldirilishi ham yangi iqtisodiy kursni o‘zgartira olmadi. Husni Muborak prezident etib saylangandan so‘ng butun 80-yillar va 90-yillar boshlarida Misr jadal rivojlanishda davom etdi.
XULOSA CHIQARING
1956 -yili mustaqil bo‘lgan Sudan unitar demokratik respublika deb e’lon qilindi. Shundan keyin taraqqiyotning dunyoviy va diniy yo‘li tarafdorlari o‘rtasida qator to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Oxir-oqibat Sudan rivojlanishning islomiy yo‘lini tanladi. Islom – davlat dini, arab tili – davlat tili, shariat – barcha qonunlarning asosi deb e’lon qilindi. 1969-yili
“Ozod ofitserlar” tashkiloti bu rejimni ag‘darib tashladi. Hokimiyat polkovnik Ja’far Nimeyri boshchiligidagi Inqilobiy kengashga o‘tdi.
Mamlakat Sudan Demokratik Respublikasi deb e’lon qilindi. J. Nimeyrining shaxsiy rejimi o‘rnatildi. Mamlakatda inson huquqlari poymol qilindi.
XULOSA CHIQARING
Uzoq harakatlardan so‘ng 1985-yili J. Nimeyri rejimi ham ag‘darib tashlandi. Shundan keyin mamlakat janubidagi islomiy davlat tarafdorlari bilan hukumat o‘rtasida urush boshlandi. Oqibatda Sudan XX asr oxirida ham mintaqaning eng qoloq mamlakati bo‘lib qoldi.
LIVIYA
XX asr boshida Turkiya mustamlakasi edi, Turkiya- Italiya urushidan keyin Italiyaga qaramlik boshlandi.
II jahon urushi davrida ingliz va fransuzlar egalladi. 1952-yilda BMT Liviyaga mustaqillik berdi.
Liviya Qo‘shma Podshohligi ag‘darilib, Liviya Arab Respublikasi tuzildi (1969).
1977-yil LAR o‘rniga Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi e’lon qilindi.
Qazzofiy
Liviyaning XX asr solnomasi: mustaqillikdan diktaturaga
1949 -yil Italiyaning sobiq mustamlakalari – Fessan, Kirenaika va Tripolitaniya birlashtirilib, Liviya podshohligi tuzildi. Liviya 1951-yili mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1950-yili Liviya hududida neft va gazning katta zaxiralari aniqlandi. Bu boyliklar chet el, birinchi o‘rinda AQSH kompaniyalari tomonidan o‘zlashtirildi. Keyingi yillarda neft qazib olish sanoati juda jadal rivojlandi. Neft sanoatining jadal o‘sishi bilan Liviya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham tub o‘zgarishlar boshlandi. Bu jarayon faqat qishloq aholisining keskin kamayishiga olib kelmasdan, ayni paytda mamlakatdagi monarxiya tizimining tayanchi bo‘lgan an’anaviy-diniy hayot tarzi ham buzildi, asta-sekin armiyaning roli ortib bordi. Natijada 1969-yili 29 yoshli Muammar Qazzofiy boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” tashkiloti monarxiyani ag‘darib tashladi va mamlakatni Liviya Arab Respublikasi deb e’lon qildi. M. Qazzofiy hukmronligi davrida mamlakat iqtisodiy rivojlanish va aholini ijtimoiy himoya qilishda katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, fuqarolar huquqlari ta’minlanmadi, bir qism aholining noroziligi ortib bordi.
TROPIK VA JANUBIY AFRIKA MAMLAKATLARI
1945 -yil oktyabrda Angliyaning Manchester shahrida V Panafrika kongressi bo‘lib o‘tidi. Unda antimustamlaka, antiimperialistik ruh ustuvor bo‘ldi. Kongress butun qit’aga va barcha yirik mintaqalarga qaratilgan yangi inqilobiy talablarni ilgari surdi. Ko‘plab Afrika mamlakatlari uchun urushdan keyingi yillar siyosiy partiyalarni tuzish davri bo‘ldi. Ular endi bevosita ommaga murojaat qiladigan bo‘ldi. Mitinglar, bo‘ysunmaslik kampaniyalari o‘tkazdi, chet el tovarlarini boykot qildi. 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshlarida ommaviy namoyishlar va politsiya bilan qonli to‘qnashuvlar davrning xarakterli jihati bo‘lib qoldi. Qurolli chiqishlar, Madagaskar, Fil Suyagi Qirg‘og‘i, Keniya va Kamerun xalqlarining mustamlakachilikka qarshi qurolli qo‘zg‘olonlari avj oldi. 1950-yillarning ikkinchi yarmi mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurashlar davri bo‘ldi. Buyuk Britaniya mustamlakasi Oltin Qirg‘oq o‘z mustaqilligini e’lon qildi va o‘zini Gana davlati deb atadi. Fransiya mustamlakasi Gvineya ham o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Bu dastlabki qadamlar butun Afrika tomonidan qit’aning mustamlakachilikdan ozod bo‘lishi ramzi sifatida qabul qilindi.
TROPIK VA JANUBIY AFRIKA MAMLAKATLARI
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish jarayonlarining eng yuqori nuqtasi 1960-yilga to‘g‘ri keldi. U tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi. Jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika davlati paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda Buyuk Britaniyaga qarashli deyarli barcha davlatlar o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
Panafrika kongressi
Mustaqillikdan so‘ng deyarli birdaniga hayot tubdan yaxshilanadi, degan ishonch keng tarqalgan edi. Ammo ko‘p hollarda nokapitalistik rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatlarda qiyin vaziyatlar vujudga keldi, mustaqillik uchun kurashgan kechagi liderlar va hukmron partiyalar hokimiyatga kelgach, zolimlar va diktatorlarga aylandilar, fuqarolar urushlari esa ko‘plab qon to‘kilishlariga olib keldi. Kapitalistik yo‘lni tanlagan boshqa bir qator davlatlarda ham shunday, deyarli bir xil muammolar paydo bo‘ldi.
Panafrika kongressi
Bir qator Afrika davlatlarida ko‘p sonli, tajribasiz va samarasiz, qulog‘igacha korrupsiyaga botgan, davlat boyliklarini talon-toroj qiluvchi va shu asosda bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi byurokratik apparatlar vujudga keldi. Bunday sharoitda armiya yagona tartib va kuchga ega bo‘lgan tashkilot bo‘lib qoldi. Natijada to‘xtovsiz harbiy to‘ntarishlar yuz berdi. Qashshoqlikdan, urush va genotsiddan, sanoatning yo‘qligi tufayli ishsizlik va ilojsizlikdan qutulish uchun millionlab afrikaliklar o‘z qit’asini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar.
APARTEID REJIMIGA QARSHI KURASH
Afrikaning janubida irqchilik rejimiga asoslangan Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) mavjud edi. Bu rejim turli irqdagi kishilar qo‘shilmasdan alohida yashashi, aralashmasligi, turmushda va mehnat jarayonida bir-biri bilan eng kam aloqada bo‘lishini taqozo qilardi. Bu qarash oq tanli kishilarning ustunligi haqidagi g‘oyaga asoslangan edi. Qora tanlilar saylovlarda qatnashish huquqiga ega emasdilar. Hatto boshlang‘ich ta’lim tizimi ham ular uchun alohida, kamroq bilim berishga mo‘ljallangan edi. Bunday tartiblarga qarshi chiquvchi siyosiy tashkilotlar ta’qib qilinardi.
Aparteid rejimiga faqat huquqsiz qora tanli aholi va bu rejimdan norozi bir guruh oq tanlilar emas, balki xalqaro jamoatchilik va BMT ham qarshi kurashdi. BMT aparteid rejimini boykot qilishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Natijada JAR hukumati demokratik chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘ldi, barcha siyosiy partiyalardan taqiq olib tashlandi, siyosiy mahbuslar ozod qilindi. 1994-yili bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng JAR tarixidagi birinchi qora tanli yo‘lboshchi – Nelson Mandela mamlakat prezidenti bo‘ldi.
APARTEID REJIMIGA QARSHI KURASH
Aparteid rejimining ag‘darilishi bilan Afrikada mustamlakachilik to‘liq yakunlandi.
ATAMALAR MAZMUNI
Genotsid – xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga ko‘ra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan harakat. Aparteid – irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko‘rinishi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1940-yillar — 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshlarida ommaviy namoyishlar va politsiya bilan qonli to‘qnashuvlar davrning xarakterli jihati bo‘lib qoldi.
- 1950-yili — 1950-yili Liviya hududida neft va gazning katta zaxiralari aniqlandi.
- 1950-yillar — 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshlarida ommaviy namoyishlar va politsiya bilan qonli to‘qnashuvlar davrning xarakterli jihati bo‘lib qoldi.
- 1950-yillarning — 1950-yillarning ikkinchi yarmi mustamlaka rejimlarini qulatish uchun kurashlar davri bo‘ldi.
- 1951-yili — Liviya 1951-yili mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
- 1952-yili — Urushdan keyingi yillarda Misrda siyosiy va iqtisodiy muhit o‘ta beqaror edi. 1952-yili mamlakatda inqilob amalga oshirilib, hokimiyatga Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” keldi.
- 1952-yilda — 1952-yilda BMT Liviyaga mustaqillik berdi.
- 1954-yili — 1954-yili “Musulmon birodarlar” tarafdorlari bilan “ Ozodlik tashkiloti” tarafdorlari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvda “Musulmon birodarlar” tashkiloti tor-mor qilindi.
- 1960-yilga — Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish jarayonlarining eng yuqori nuqtasi 1960-yilga to‘g‘ri keldi.
- 1969-yili — Natijada 1969-yili 29 yoshli Muammar Qazzofiy boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” tashkiloti monarxiyani ag‘darib tashladi va mamlakatni Liviya Arab Respublikasi deb e’lon qildi.
Bilimingizni sinang
Shimoliy Afrikadagi Mag‘rib davlatlariga qaysi mamlakatlar kiradi?
- Misr, Sudan, Liviya va Tunis
- Jazoir, Gana, Marokash va Keniya
- Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya
- Liviya, Tunis, Gvineya va Mavritaniya
To‘g‘ri javob: Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya. Matnga ko‘ra Mag‘rib davlatlari — Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya.
Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” hokimiyatga kelgan Misrdagi inqilob qaysi yili amalga oshirildi?
- 1952-yili
- 1950-yili
- 1956-yili
- 1948-yili
To‘g‘ri javob: 1952-yili. Misrda inqilob 1952-yili amalga oshib, hokimiyatga J. A. Nosir boshchiligidagi “Yosh ofitserlar” keldi.
Nosir hukumati davrida Misrda tarqatib yuborilgan partiyalar o‘rniga tuzilgan yagona rasmiy siyosiy uyushma qanday nomlandi?
- “Ozodlik tashkiloti”
- “Xalq birligi”
- “Erkinlik partiyasi”
- “Milliy front”
To‘g‘ri javob: “Ozodlik tashkiloti”. Partiyalar tarqatilgach, yagona rasmiy siyosiy uyushma sifatida “Ozodlik tashkiloti” tuzildi va rejimning tayanchiga aylandi.
Nosir hukumati faoliyatiga qarshi chiqqan Misrdagi diniy-mutaassiblik tashkiloti qanday nomlangan?
- “Ozod ofitserlar”
- “Musulmon birodarlar”
- “Islom fronti”
- “Yosh ofitserlar”
To‘g‘ri javob: “Musulmon birodarlar”. Hukumat siyosatiga Misrda “Musulmon birodarlar” diniy-mutaassiblik tashkiloti qarshi chiqdi.
Misrda “Musulmon birodarlar” tarafdorlari bilan “Ozodlik tashkiloti” tarafdorlari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuv qaysi yili bo‘ldi?
- 1952-yili
- 1956-yili
- 1954-yili
- 1958-yili
To‘g‘ri javob: 1954-yili. 1954-yili qonli to‘qnashuvda “Musulmon birodarlar” tashkiloti tor-mor qilindi.
Misr prezidenti J. A. Nosir qaysi yili vafot etdi va uning o‘rniga Anvar Sadat saylandi?
- 1967-yili
- 1964-yili
- 1973-yili
- 1970-yili
To‘g‘ri javob: 1970-yili. 1970-yili J. A. Nosir vafot etgach, Misr prezidenti etib Anvar Sadat saylandi.
J. A. Nosir vafotidan keyin Misr prezidenti etib saylanib, SSSR bilan aloqalarni uzgan va AQSH bilan yaqinlashgan shaxs kim?
- Anvar Sadat
- Husni Muborak
- Jamol Abdul Nosir
- Ja’far Nimeyri
To‘g‘ri javob: Anvar Sadat. Nosirdan keyin prezident bo‘lgan Anvar Sadat SSSR bilan aloqalarni uzib, AQSH bilan yaqinlashdi.
Misr prezidenti Anvar Sadat qaysi yili o‘ldirilgan?
- 1981-yili
- 1977-yili
- 1985-yili
- 1979-yili
To‘g‘ri javob: 1981-yili. Anvar Sadat 1981-yil 6-oktyabrda o‘ldirildi, undan so‘ng Husni Muborak prezident bo‘ldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash