XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 1-mavzu

German qabilalari va Rim imperiyasi

German qabilalari jang maydonida

SIZ BILIB OLASIZ:

GERMAN QABILALARI

Rim imperiyasining shimoliy hududlarida yashagan german qabilalarining ko‘chishlari (milodiy IV–VI asrlar) Yevropa tarixida muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu qabilalar haqidagi ilk yozma ma’lumotlar Yuliy Sezarning “Galliya urushi haqida xotiralar” va Rim tarixchisi Korneliy Tatsitning “Germaniya” asarlarida keltirilgan.

German qabilalari Yevropaning shimolida hamda Reyndan Elba daryosigacha bo‘lgan hududlarda yashashgan. Ular baland bo‘ylari, ko‘k ko‘zlari, qizg‘ish sochlari, jangovarlik va uddaburonliklari bilan janubiy xalqlardan ajralib turardi. Germanlarning mustahkam hamda bir-biriga yaqin qurilgan qishloqlari bo‘lmagan. Har bir oila o‘tloq va to‘qaylar bilan o‘ralgan alohida xo‘jalikda yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Urug‘chilik jamoasi darajasida yashagan germanlarda yerga nisbatan jamoa yer egaligi mavjud bo‘lib, urug‘ jamoalari hamkorlikda o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar. Yerga avval oddiy yog‘och so‘qa yordamida

GERMAN QABILALARI

German qabilalari hayoti ishlov berishgan, yerni o‘g‘itlashmagan. Keyinchalik almashlab ekish usuli hamda omochdan temir plugga o‘tilishi mehnat unumdorligining oshishi, hosilning ortishiga olib kelgan. Ular hayvonlar terisidan kiyim tikib kiyishgan, qilich, qalqon, bolta va nayzalar bilan qurollangan, urush va ov qilishni yaxshi ko‘rishgan. Kundalik hayotlarida esa nondan ko‘ra sut, pishloq va go‘shtni ko‘proq iste’mol qilganlar. Hunarmandchilikda asosan qurol-yarog‘, asbob-uskunalar, kiyim-kechak va idishlar ishlab chiqarganlar. Shu tariqa ularda kulolchilik, to‘quvchilik, zargarlik, teri va yog‘ochga ishlov berish sohalari rivojlangan. Ular temir, oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin qazib olishni ham bilishgan. Qadimgi Rim bilan savdo-sotiq qilish german qabilalarining hayotida muhim rol o‘ynagan. Ular rimliklarga qullar, chorva mollari, teri, qahrabo yetkazib berishgan bo‘lsa, rimliklar ularni sopol, shisha, bronza idishlar, oltin va kumush taqinchoqlar, qurollar va qimmatbaho matolar bilan ta’minlaganlar.

GERMAN QABILALARI

Germanlar jamoasi davlat vujudga kelguniga qadar urug‘chilik bosqichini boshdan kechirgan. Shu bois siyosiy tuzilishining asosini qabila tashkil etib, qabilani xalq yig‘inida saylab qo‘yilgan konunglar (zodagon shaxslar) boshqarganlar. Ular o‘z qabiladoshlarini buyruqdan ko‘ra shaxsiy namuna, ishontirish orqali boshqarganlar. Qabilaning barcha qurollangan erkin vakillari ishtirok etadigan xalq majlisi oliy hokimiyat organi hisoblangan. U vaqti-vaqti bilan chaqirilib, eng muhim masalalarni: qabila boshlig‘ini saylash, qabila ichidagi nizolarni bartaraf

ITALIYA

Korsika o.

IBERI YA

Sardiniya o.

AFRIKA

SURIYA Kipr Krit o.

M I S R

etish, urush e’lon qilish va tinchlik o‘rnatish kabilarni hal qilgan. Qabilani yangi joylarga ko‘chirish masalasi ham qabila majlisida hal qilingan.

Germanlar jamiyatida bora-bora harbiy bo‘linmalar (drujina), ularning sarkardalari tobora yuksak nufuzga ega bo‘la boshlaydilar. Ushbu jarayonda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi (IV–V asrlar), o‘zaro va tashqi urushlarning ko‘payib borishi asosiy rol o‘ynaydi. Natijada siyosiy tuzumda ham o‘zgarishlar boshlanib, IV–V asrlarda alemann, got, franklarning yirik qabila ittifoqlari shakllanadi.

Qadimgi germanlar dinida alohida e’tiborga ega kohinlar, muhtasham ibodatxonalar, dabdabali marosimlar bo‘lmagan. Ular tabiat kuchlari – osmon, momaqaldiroq, shamol va yerni ilohiylashtirganlar. German qabilalarining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda Rim imperiyasi bilan doimiy aloqalari ularning diniy e’tiqodining o‘zgarib borishiga olib keladi. Qabilalar orasida targ‘ibot orqali xristianlik dini tarqalib, ijtimoiy taraqqiyot yanada tezlashadi.

M I S R

German jangchilari

BOSQINLARI

asrdan Rim imperiyasi o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota boshlaydi. Bu jarayonning qator sabablari bo‘lib, ulardan eng asosiysi qullar mehnatining past darajasi edi. Tarixdan ma’lumki, qullar ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishidan manfaatdor bo‘lmaganlar. Imperiyaning inqirozi, qullar sonining ko‘payishida asosiy o‘rin tutgan tashqi istilochilik urushlarining bo‘lmasligi muammoni yanada jiddiylashtirgan.

Boshqaruv hokimiyatini, shuningdek, qo‘shinni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, jang qurollari bilan ta’minlash zaruriyati soliqlarning yildan-yilga oshishiga olib keladi. Bu esa oddiy shaharliklar va dehqonlar orasida ham norozilik kayfiyatini kuchaytiradi. Inqiroz 395-yili Rim imperiyasining ikkiga: G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linishi

BOSQINLARI

Rimlik jangchilar bilan yakun topadi. Kuchli inqirozni boshdan kechirayotgan G‘arbiy imperiyaga german qabilalari: vandallar, vestgotlar (g‘arbiy gotlar), ostgotlar (sharqiy gotlar), angllar, sakslar, franklar va boshqa qabilalarning hujumlari kuchayadi.

Xalqlarning buyuk ko‘chishlarini sharqdan Yevropaga yurish boshlagan ko‘chmanchi xunn qabilalari tezlashtiradi. Xunnlar ta’qibidan qochib Rim imperiyasi hududiga o‘tgan vestgotlar imperiya qo‘shinlarini tor-mor etadi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng imperiya o‘zini o‘nglay olmadi. Shu sababli vestgotlar 410-yil sarkardalari Alarix boshchiligida “boqiy shahar” nomini olgan Rimni egallaydi. Vestgotlar shaharni uch kun talashadi. Aholining qarshiligi hamda oziq-ovqat zaxiralarining tugashi varvarlarni shaharni tashlab, janubiy Galliyaga chekinishga majbur etadi. Aynan vestgotlar 418-yili janubi-g‘arbiy Galliyada ilk varvar qirolligi – Vestgot qirolligini tuzadilar. Ko‘p o‘tmay vandal va alan qabilalari shimoliy Afrikada, ostgotlar – Italiyada, franklar – Galliyada, anglosakslar – Britaniya orollarida joylashib, o‘z davlatlarini barpo etadilar.

BILAG‘ONLAR UCHUN!

G‘arbiy Rim imperiyasidagi harbiy sarkardalardan biri Odoakr 476-yili o‘z qo‘shini bilan isyon ko‘tarib, so‘nggi imperator – Romul Avgustulni taxtdan ag‘darib, monastirga yuboradi. Imperatorlik nishonlarini Konstantinopolga yuborishni buyuradi. Ushbu sana tarixda Yevropada qulchilik jamiyatidan yer egaligi munosabatlariga (feodal jamiyatga) o‘tishning boshlanganligini anglatadi.

German qabilalarining Rim imperiyasiga bostirib kirishi

Ostgotlar Italiyada poytaxti Ravenna bo‘lgan kuchli qirollik tuzganlar. Ularning qiroli Teodorix antik madaniyatni saqlash va Rimni qayta tiklashni maqsad qilgan. Uning bosh vaziri rimlik zodagon, yetuk faylasuf Boetsiy edi. Boetsiy o‘zaro urushlarni to‘xtatishga harakat qilishiga qaramasdan, ostgotlar va rimliklar o‘rtasidagi ixtilofni bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi. Ziddiyatlar faqat ostgotlar eng yaxshi yerlarni egallab olganliklari uchun emas, eng avvalo, din, urf-odatlar, tildagi tafovutlar tufayli bo‘lgan. Ostgotlar va rimliklar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, Vizantiya istilolari VI asr o‘rtalariga kelib, Ostgot qirolligining qulashiga sabab bo‘ladi. Lekin tez orada Shimoliy Italiyaga yana bir german qabilasi – langobardlar bostirib kiradi. Ular Langobard qirolligini tuzadilar.

ATAMALAR IZOHI

Konung – qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. German qabilalari haqida qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz? Ular haqida kimlar ma’lumot yozib qoldirganlar?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rim imperiyasining shimoliy hududlarida yashagan german qabilalarining Yevropa tarixida muhim voqea bo‘lgan ko‘chishlari qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
  1. VII–IX asrlar
  2. II–III asrlar
  3. X–XII asrlar
  4. IV–VI asrlar

To‘g‘ri javob: IV–VI asrlar. German qabilalarining ko‘chishlari milodiy IV–VI asrlarda sodir bo‘lgan.

Rim tarixchisi Korneliy Tatsit german qabilalari haqida qaysi asarida yozgan?
  1. “Germaniya”
  2. “Galliya urushi haqida xotiralar”
  3. “Qadimgi Rim tarixi”
  4. “Imperiya inqirozi”

To‘g‘ri javob: “Germaniya”. Tatsitning “Germaniya” asarida german qabilalari haqida ilk yozma ma’lumotlar bor.

German qabilalari qaysi daryolar oralig‘idagi hududlarda yashagan?
  1. Dunaydan Dneprgacha
  2. Sena daryosidan Rona daryosigacha
  3. Reyndan Elba daryosigacha
  4. Elbadan Volgagacha

To‘g‘ri javob: Reyndan Elba daryosigacha. Germanlar Yevropaning shimolida, Reyndan Elbagacha bo‘lgan hududlarda yashagan.

Quyidagilardan qaysi biri german qabilalari tomonidan rimliklarga yetkazib berilgan?
  1. Shisha idishlar
  2. Bronza idishlar
  3. Qimmatbaho matolar
  4. Qahrabo

To‘g‘ri javob: Qahrabo. Germanlar rimliklarga qullar, chorva, teri va qahrabo yetkazgan; shisha, bronza va matolarni esa rimliklar bergan.

Qadimgi german qabilalarini xalq yig‘inida saylab qo‘yilgan zodagon shaxslar qanday nom bilan atalgan?
  1. Konsullar
  2. Senatorlar
  3. Konunglar
  4. Tribunlar

To‘g‘ri javob: Konunglar. Qabilani xalq yig‘inida saylangan zodagon shaxslar, ya’ni konunglar boshqarganlar.

Qadimgi germanlarda qabilaning barcha qurollangan erkin vakillari ishtirok etadigan oliy hokimiyat organi qaysi edi?
  1. Ruhoniylar kengashi
  2. Senat
  3. Drujina kengashi
  4. Xalq majlisi

To‘g‘ri javob: Xalq majlisi. Qabilaning qurollangan erkin vakillari qatnashadigan xalq majlisi oliy hokimiyat organi hisoblangan.

Germanlarda qabilani xalq yig‘inida saylab qo‘yilgan kimlar boshqargan?
  1. Patritsiylar
  2. Konunglar
  3. Drujinachilar
  4. Tribunlar

To‘g‘ri javob: Konunglar. Qabilani xalq yig‘inida saylangan konunglar (zodagonlar) boshqargan.

Germanlarda oliy hokimiyat organi hisoblangan organ qaysi edi?
  1. Senat
  2. Xalq majlisi
  3. Kohinlar kengashi
  4. Drujina kengashi

To‘g‘ri javob: Xalq majlisi. Barcha qurollangan erkin vakillar ishtirok etgan xalq majlisi oliy hokimiyat organi bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Franklar davlati: qirollikdan imperiya sari