XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 23-mavzu

Xitoy, Koreya, Yaponiya va Hindiston xalqlari madaniyati

SIZ BILIB OLASIZ:

XITOYLIKLARNING URF-ODAT VA AN’ANALARI

Xitoyliklar shifti bo‘lmagan uylarda yashaganlar. Uyda bo‘yralar ustida o‘tirganlar, ovqatlanganlar va uxlaganlar. Hovli kichik qal’ani eslatgan. Ruxsatsiz o‘zgalar hovlisiga kirish taqiqlangan. Xitoyliklar oddiy, bir xil ko‘rinishdagi kiyim kiyishgan. Oziq-ovqatlarni tanlamasdan, deyarli barcha narsalarni yeganlar. Xitoyliklarda ovqatdan so‘ng suv ichish odat bo‘lgan. III–IV asrlarda xitoyliklar choy o‘simligini bilganlaridan so‘ng, bu dorivor o‘simlikka ishqiboz bo‘lib qolganlar. Choyni shoirlar madh etishgan, u haqida kitoblar yozishgan. XIV asrga qadar choyni suyuq taom singari pishirishgan.

Xitoyda bayramlarni juda xush ko‘rishgan. Ularning eng katta bayrami Yangi yil hisoblangan. Eski yilni kuzatish va yangi yilni kutib olish kunlarida quloqlarni qomatga keltiruvchi do‘mbira va bonglarning ovozlari ostida turli afsonaviy mavjudotlar shaklida kiyingan kishilar to‘planganlardan sovg‘alar so‘raganlar. Undan tashqari, xalq karnavali – “fonuslar bayrami”ni o‘tkaz-

Chunuze

Xitoy dehqonchiligi ganlar. Butun shaharni chiroyli fonuslar bilan bezashgan. O‘sha tunda barcha olovlar o‘chirilib, sovugan taomlar iste’mol qilingan va yangidan olov yondirilgan. Hosil bayrami ham tantanali nishonlangan.

Xitoydagi eng ommaviy o‘yin o‘n kishidan iborat bo‘lgan jamoalarning koptok bilan o‘ynaladigan o‘yini bo‘lgan. Bu o‘yinni zamonaviy futbolning uzoq ajdodi deyish mumkin. Xitoyliklar chovgon o‘yinini ham sevib o‘ynaganlar.

Xitoyda choy yetishtirish

DIN VA MADANIYAT

Milodiy I ming yillik o‘rtalaridan Xitoyning yuqori tabaqa vakillari orasida buddaviylik dini tarqala boshlaydi. Lekin oddiy xalq abadiylikni va’da qiluvchi, hokimiyat, boylik va shon-shuhratga ruju qo‘yishni qoralaydigan, tenglikka chaqiruvchi daosizmni yoqlagan. Ayni paytda mamlakatda konfutsiylikning nufuzi ortadi. Konfutsiylikka ko‘ra, xitoylik rahmdil, boshqalarga yomonlik qilmaydigan, kattalarni, ayniqsa, ota-onalarini hurmat qilishi kerak. Ushbu axloq qoidalarini qat’iy qonunlarga aylantirgan xitoyliklar o‘z hayotlarini u yoki bu darajada tartibga solganlar.

Davlat ta’lim haqida g‘amxo‘rlik qilgan. Chunki unga ta’lim olgan amaldorlar zarur edi. Ma’lumotli sanalish uchun o‘qish, yozish, hisoblashdan tashqari, kamondan o‘q otish, jang aravasini boshqara olish mahoratini va musiqani bilish talab etilgan. Ayrim monastirlarda jang san’ati – “u-shu” ham o‘rgatilgan. Xitoyliklar matematika, astronomiya, tibbiyotda yuksak yutuqlarga erishganlar. Ular porox (undan avval mushakbozlikda foydalanishgan), kompas va seysmografni ixtiro qilganlar. Xitoyda IX asrdayoq ilk bo‘rtma iyeroglifli kitob bosmadan chiqarilgan. Ilk gazeta chop etilgan. Ulkan kutubxonalar ochilgan. Tarix va geografiya fanlari yuksalgan. 11000 tomlik, 900 ming varaqdan iborat ulkan ensiklopediyalar tuzilgan.

KOREYS MADANIYATI

Qog‘oz tayyorlash jarayoni

Uzoq o‘tmishda koreyslar ham boshqa xalqlar singari tabiat kuchlarini ilohiylashtirib, ular qatoriga turli ruhlar va g‘ayritabiiy kuchlarni qo‘shishgan. Xitoyda keng yoyilgan konfutsiylik ta’limotining qo‘shni mamlakatlarga, xususan, Koreyaga ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu yerda konfutsiylikka e’tiqod qilish qadimdan boshlangan bo‘lsa-da, aniq vaqti uch qirollik davrida: III asrda Koguryo, undan so‘ng IV asrda Pekche va nihoyat VI asrda Sillada kuzatiladi.

Koreyada buddizmning tarqalishi IV asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, buddaviylikning Koreyadan oldin qadami yetgan makonlari ichida Surxondaryo ham bo‘lgan. Vohadagi buddaviylik ibodatxonalarining qurilish uslubi Xitoyda ham qo‘llanilgan. Demak, buddaviylik O‘rta Osiyo hududidan Xitoyga va undan to Koreyaga o‘tguncha turli diniy e’tiqodlar muhitiga moslashib borgan. Shuning uchun ham Budda ta’limoti Xitoydagi singari, Koreyada ham nisbatan tez tarqalgan. Yangi e’tiqodning mahalliy hukmdorlar nazariga tushganligi rohiblarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy va jadal faoliyat ko‘rsatishlariga sharoit yaratgan. Silla qirolligida qirol maslahatchisi lavozimiga bosh buddaviy rohib tayinlangan. Bu esa buddaviylik yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarini saroy orqali tarqatishga imkon bergan. Unga misol qilib quyidagi besh va yetti farmoyishlar matnini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

YETTI FARMOYISH:

1) do‘stlik sadoqatini o‘rganish; 2) jang maydonidan chekinmaslik; 3) sababsiz qon to‘kishdan saqlanish; 4) qirolga sadoqat bilan bo‘ysunish; 5) ota-onaga sadoqat bilan xizmat qilish.

1) har qanday tirik jonzotga ziyon-zahmat yetkazmaslik; 2) dangasa bo‘lmaslik, fahshga berilmaslik; 3) so‘zlashda mulohazasiz va beparvo bo‘lmaslik; 4) sarmast qiluvchi ichimliklarga ruju qo‘ymaslik; 5) o‘zini boshqalardan hech qachon yuqori qo‘ymaslik; 6) xushbo‘y tarqatuvchi giyohlardan foydalanmaslik; 7) gullar va huzur-halovatdan doimo uzoqroq yurish.

Koreya bozori

Buddaviylik davlat maqomiga erishgan paytda mo‘g‘ul xonlari istilolari boshlanadi. Mo‘g‘ullardan mag‘lub bo‘lish sabablarini saroydagilar buddaviylikdan ko‘rganlar. Kechagina soliqlardan ozod buddaviylik ibodatxonalari davlat tomonidan inkor etilgan. Rohiblarning shaharda yashashlari hukmron toifaga malol kelgach, ular tog‘lar bag‘ridan makon izlab, o‘sha yerlarda o‘z ibodatxonalarini qura boshlaydilar. Natijada Koreyada XIII asrdan so‘ng qurilgan ibodatxonalar aynan borish mushkul bo‘lgan joylarda bunyod etilgan.

YETTI FARMOYISH:

Islom dinining Koreya zaminiga kirib kelishi VII–X asrlarda arab savdogarlarining dengiz yo‘llari orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish davriga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, bu yangi o‘lka va uning aholisi arablarga ma’qul kelib, keyinchalik yarimorolda musulmon savdo rastalari paydo bo‘lgan. Jumladan, IX asrga tegishli arab dengizchilariga oid hujjatda: “Xitoy ortidagi dengizning narigi tarafidagi tog‘li yerlarda oltinga boy Silla mamlakati bor”, deb yozilgan. Arab savdo kemalarida Koreyaga asosan dorivor o‘simliklar, dori-darmonlar, mis, uzum va uzum sharbati keltirilgan. Savdogarlar bu yerda o‘z mollarini oltin, kumush hamda kiyim-kechaklarga ayirboshlaganlar. Arablarning Koreyaga tashriflari davrida o‘zlari bilan olib kelgan musulmon madaniyati, ilm-fan yutuqlari ichida koreyslar uchun eng qimmatli va noyobi – bu quyosh va oyning tutilishi vaqtlarini aniqlaydigan musulmon taqvimi edi. Koreya haqidagi dastlabki arab yozma ma’lumotlari yevropaliklarnikiga nisbatan to‘rt-besh asr avval bitilganligi bilan qimmatli. Arab va koreys savdo-madaniy aloqalari to Koryo sulolasining tanazzuligacha davom etgan.

YETTI FARMOYISH:

Koreys budda ibodatxonasi

O‘RTA ASRLAR YAPONIYA MADANIYATI

O‘rta asrlar Yaponiya shahar aholisi

Xitoydan kirib kelgan buddaviylik Yaponiyaning ma’naviy madaniyatiga, urf-odatlari va aholining odob-axloq me’yorlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Mamlakatda ilm ahllari deb buddaviylik rohiblari aytilgan. Lekin VIII asrdanoq Yaponiyada zodagonlarning bolalari uchun maktablar tashkil etila boshlanadi. Shunga qaramasdan, yoshlarning bir qismi qonunlarni va adabiyotni o‘rganish uchun Xitoyga borishgan. O‘qimishli yaponlar qadimdan Xitoy iyerogliflari bilan yozganlar. IX asrning o‘rtalarida yapon alifbosi kashf qilingan. U xitoy yozuviga asoslansa-da, yozish uchun birmuncha qulay bo‘lgan. Yaponiyada ham she’r yozish va musiqa asboblarini chalish o‘qimishli kishilar uchun zaruriyat sanalgan. Shaharliklar orasida shoirlar talaygina bo‘lgan, hatto ularning musobaqalari ham o‘tkazilgan.

O‘RTA ASRLAR YAPONIYA MADANIYATI

Yapon musiqachilari

HIND MADANIYATI

rta asrlar Hindistonda tabiiy fanlar ancha yuksalgan. Hindlar hozirgi arab raqamlari deb ataluvchi hisobning o‘nlik tizimini yaratganlar. Bizning maktab arifmetikasi ham hindlar ixtirosi hisoblanadi. Hindlarning qadimgi shifobaxsh o‘simliklar bilan davolash usullarini hozirgi kunda ham zamonaviy shifokor-olimlar o‘rganishadi. Bu davrda sanskrit tilidagi adabiyot rivojlanadi. Buyuk dramaturg Kalidasaning pyesa va asarlari ko‘plab zamonaviy tillarga o‘girilgan. Musulmonlar davrida mamlakatda fors tilidagi adabiyotlar ham vujudga keladi.

Sofokl

Hindistonning Ajanta shahridagi g‘or-ibodatxonalari

BILAG‘ONLAR UCHUN!

Sanskrit – Hindistonning qadimgi va o‘rta asrlar adabiy tili. Hind usta-quruvchilari qoyalarni o‘yib yoki toshdan buyuk ibodatxonalar barpo etganlar. Bu ibodatxonalar relyef, haykal va naqshlar bilan bezatilgan. Dehli sultonligida ajoyib musulmon masjidlari qurilgan. Hindlar musiqa va raqsni sevishgan. Ular raqsga faqat raqs sifatida qaramasdan, u orqali muhabbat, ilohlar va afsonaviy qahramonlarni hikoya qilganlar. Ularning raqsida har bir tana harakati, har bir imo-ishora (ayniqsa qo‘l barmoqlari orqali) chuqur ma’no-mazmun ifoda etiladi. Raqqos yoki raqqosa kasbi yillar davomida egallangan.

Choch

Hindlar ham o‘ziga xos qurilish va me’morchilik an’analariga ega bo‘lib, bu sohada katta yutuqlarga erishganlar. Ular barpo etgan inshootlar orasida eng mashhuri Ajanta buddaviylik ibodatxonasi bo‘lib, u to‘qqiz asr (mil. avv. II – milodiy VII asr) davomida qurilgan. Me’morlar tomonidan ushbu ibodatxona qoyalarga o‘yib ishlangan 29 ta xonadan iborat bo‘lib, xonalarning devorlari relyeflar bilan qoplangan, haykallar va o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan.

Hokimiyatga musulmonlarning kelishi bilan shimoliy Hindistonda yangi masjid, madrasa, maqbara, minoralarning geometrik naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan gumbazlari qad ko‘taradi. Xususan, poytaxtda balandligi 70 metrlik Qutb Minor minorasiga ega masjid qurilgan. Musulmonlar hokimiyati payti- da hind qishloq jamoalari eski kasta qonunlari bo‘yicha yashashda davom etgan. Hukmdorlar saroylarini hind quruvchilari bunyod etishgan, soliqlarni hind mirzolari hisoblab, tangalarni ham hindlar zarb qilganlar. Dehli sultonligi saroyida braxman-astrologlar yashab, xayrli kunlarni bashorat qilganlar, braxman-tabiblar kasallarni davolaganlar.

TARIXIY MUSHOHADA!

O‘rta asrlarda Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda hinduiylik, buddaviylik va islom dinlari o‘rtasidagi kurashda hind sivilizatsiyasi shakllangan.

KUNDALIK HAYOT, URF-ODATLAR, AN’ANALAR

Badavlat hindlar yirik hovli-manzillarda yashagan. Uy jihozlaridan suyanchiqli yumshoq kursilar, karavotlar bo‘lgan. Polga bo‘yra, gilamlar yoki hayvon terilari yopishgan. Kambag‘allari qamish kulbalarda hayot kechirganlar. Erkaklar va ayollar kiyimlari juda oddiy edi. Erkaklar ko‘chaga chiqqanda uzun ko‘ylak va yopinchiq tashlab olishsa, ayollar tanalarini yopib turuvchi bir necha metr uzunlikdagi matodan o‘rama kiyim (sari) kiyganlar. Musulmonlar ta’sirida keyinchalik ko‘ylak kiyganlar. Hindlar zeb-ziynatlar va atir-upalarni juda xush ko‘rganlar. Xotin-qizlar bayramlarda o‘zlarini gulchambarlar bilan bezatishni yoqtirganlar. Hindlarning aksari sutli va o‘simliklardan tayyorlangan taomlar bilan oziqlanganlar. Mol go‘shti va spirtli ichimliklarni deyarli iste’mol qilmaganlar. Sababi – ular din tomonidan taqiqlangan. Ular shaxmatni kashf etganlar, oshiq o‘yinidan maroq olishgan. Sport o‘yinlariga keraklicha ahamiyat berishgan.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Xitoyliklarning kundalik hayoti, uy-joyi, kiyimlari, taomlari haqida gapirib bering.

2. Xitoy madaniyatining o‘rta asrlardagi asosiy yutuqlarini aytib bering.

3. Koreyada tarqalgan konfutsiylik, buddaviylik va islom dinlariga qiyosiy baho bering.

4. Yaponiya madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

5. Hind sivilizatsiyasi taraqqiyoti darajasiga baho bering.

MUNDARIJA

Kirish...............................................................................................................3

I BOB. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA XALQLARI (V-XIII asrlar)

1-mavzu: German qabilalari va Rim imperiyasi...............................................6 2-3-mavzu: Franklar davlati: qirollikdan imperiya sari.......................................12 4-mavzu: Britaniyadan – Angliyaga...............................................................22 5-mavzu: Muqaddas Rim imperiyasi.............................................................30 6-mavzu: Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida..................................................36 7-mavzu: Slavyan davlatlarining tashkil topishi..............................................42

II BOB. V-XIII ASRLARDA OSIYO VA AMERIKA

8-mavzu: Yangi din beshigi............................................................................50 9-mavzu: Arab xalifaligi: islom dunyosining barpo etilishi...............................56 10-mavzu: Saljuqiylar davlati...........................................................................62 11-mavzu: Mo‘g‘ullar davlati.............................................................................66 12-mavzu: Hindiston – “ming ajoyibotlar mamlakati”........................................72 13-mavzu: Xitoy – “Osmonosti imperiyasi”: yuksalish va tushkunliklar.............78 14-mavzu: Koreya o‘rta asrlarda......................................................................84 15-mavzu: O‘rta asrlarda kunchiqar mamlakat – Yaponiya...............................88 16-mavzu: Amerika o‘rta asrlarda....................................................................92

III BOB. O‘RTA ASR XALQLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR

17-mavzu: O‘rta asrlarda xristian olamida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar...............100 18-mavzu: Salib yurishlari...............................................................................106 19-mavzu: Yevropada o‘rta asr shaharlarining o‘ziga xosligi...........................116 20-mavzu: Osiyoning o‘rta asr shaharlari........................................................124 21-mavzu: Yevropaning o‘rta asrlar madaniyati...............................................130 22-mavzu: Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati..........................................136 23-mavzu: Xitoy, Koreya, Yaponiya va Hindiston xalqlari madaniyati...............142

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xitoyliklar choy o‘simligini bilib, unga ishqiboz bo‘lib qolgan davr qaysi?
  1. III–IV asrlarda
  2. VII–VIII asrlarda
  3. V–VI asrlarda
  4. I–II asrlarda

To‘g‘ri javob: III–IV asrlarda. Xitoyliklar choy o‘simligini III–IV asrlarda bilib, unga ishqiboz bo‘lib qolgan.

Xitoyda qaysi asrga qadar choyni suyuq taom singari pishirishgan?
  1. X asrga
  2. XVI asrga
  3. XII asrga
  4. XIV asrga

To‘g‘ri javob: XIV asrga. XIV asrga qadar xitoyliklar choyni suyuq taom singari pishirishgan.

Xitoyliklar choy o‘simligini qaysi asrlarda bilib olgan va unga ishqiboz bo‘lib qolgan?
  1. III–IV asrlarda
  2. I–II asrlarda
  3. VII–VIII asrlarda
  4. XIV–XV asrlarda

To‘g‘ri javob: III–IV asrlarda. Xitoyliklar III–IV asrlarda choy o‘simligini bilib, unga ishqiboz bo‘lib qolgan.

XIV asrga qadar xitoyliklar choyni qanday tayyorlashgan?
  1. Quritib, un qilib yeyishgan
  2. Suyuq taom singari pishirishgan
  3. Sutga qo‘shib ichishgan
  4. Sovuq sharbat qilishgan

To‘g‘ri javob: Suyuq taom singari pishirishgan. XIV asrga qadar choy suyuq taom singari pishirilgan.

Xitoyliklarning eng katta bayrami qaysi?
  1. Hosil bayrami
  2. Fonuslar bayrami
  3. Yangi yil
  4. Choy bayrami

To‘g‘ri javob: Yangi yil. Eng katta bayram Yangi yil hisoblangan.

Xitoyliklarda ovqatdan so‘ng qanday odat bo‘lgan?
  1. Ovqatdan so‘ng sut ichish
  2. Ovqatdan oldin choy ichish
  3. Ovqatdan so‘ng uxlash
  4. Ovqatdan so‘ng suv ichish

To‘g‘ri javob: Ovqatdan so‘ng suv ichish. Xitoyliklarda ovqatdan so‘ng suv ichish odat bo‘lgan.

Xitoyliklar III–IV asrlarda choy o‘simligini bilganlaridan so‘ng, unga munosabati qanday bo‘ldi?
  1. Choydan faqat soliq to‘lash vositasi sifatida foydalanishgan va uni xalq orasida tarqatmaganlar
  2. Choyni zararli o‘simlik deb hisoblab, uni yetishtirishni taqiqlashgan va shoirlar uni qoralagan
  3. Bu dorivor o‘simlikka ishqiboz bo‘lib qolishgan, shoirlar uni madh etib, u haqida kitoblar yozishgan
  4. Choy faqat saroy ahli uchun ajratilib, oddiy xalq iste’mol qilmagan va uni xorijga sotmagan

To‘g‘ri javob: Bu dorivor o‘simlikka ishqiboz bo‘lib qolishgan, shoirlar uni madh etib, u haqida kitoblar yozishgan. Xitoyliklar choyga ishqiboz bo‘lib qolgan, shoirlar uni madh etgan va u haqida kitoblar yozilgan.

Xitoyda “fonuslar bayrami” xalq karnavalida butun shahar nima bilan bezatilgan?
  1. Chiroyli fonuslar bilan
  2. Gulchambarlar bilan
  3. Ipak matolar bilan
  4. Rangli bayroqlar bilan

To‘g‘ri javob: Chiroyli fonuslar bilan. Butun shahar chiroyli fonuslar bilan bezatilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiArab xalifaligi mamlakatlari madaniyati