Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati
SIZ BILIB OLASIZ:
- • buyuk allomalarimiz: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning hayoti va faoliyati;
- • Arab xalifaligi me’morchiligi, adabiyoti, she’riyati, aholining turmush sharoitlari va udumlari haqida.
ILM-FAN
Arablar zabt etilgan mamlakatlardagi ilm-fan yutuqlari va an’analarni o‘zlashtiribgina qolmasdan, ularni yaxlit holatga keltirib, islom dini va arab tili asosida yangi cho‘qqilarga olib chiqqanlar. Sekin-asta arab tili zabt etilgan mamlakatlar tillarini chetga surib, maorif, fan va madaniyat tiliga aylanadi. Arab tilida hujjatlar rasmiylashtirilgan, muzokaralar olib borilgan, namoz o‘qilgan. Yana bir muhim jihati: antik davr mutafakkirlari – Aristotel, Gippokrat va Yevklid asarlari arab tiliga tarjima qilingan. Qadim yunon mualliflarining ko‘plab asarlari bizgacha faqat arab tiliga tarjima qilingan holda yetib kelgan. Shu davrda yetishib chiqqan matematik, astronom va yana ko‘plab olimlar ilm-fan yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar.
ILM-FAN
Ushbu davrda aniq va tabiiy fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning rivojlanishi kuzatilib, iqtisod, hunarmandchilik va savdoning yuksak taraqqiyoti natijasi o‘laroq namoyon bo‘ldi, bu fanlar o‘z navbatida jamiyatning keyingi taraqqiyotiga zamin tayyorladi. Vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy (783–850) matema- tika tarixidagi yangi soha – algebraga asos solgan; hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilida bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo‘shgan. Yana bir vatandoshimiz Ahmad al-Farg‘oniy (797–865) avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib boradi, so‘ngra Ma’mun topshirig‘iga binoan, Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. Al-Farg‘oniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning “Yulduzlar jadvali“ asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning geografik koordinatalarini yangidan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etadi. Bulardan tashqari, u ayrim astronomik asboblarni ixtiro qilish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shadi. Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Yerning dumaloqligini aniqlaydi, koinot markazi Yer emas, Quyosh ekanligi, Yer esa uning atrofida aylanishi haqidagi farazni ilgari suradi. Yerning kattaligini o‘lchashda yangi usul qo‘llab, bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblab, shu asosda Yerning meridian aylanasining uzunligini hisoblab chiqargan. Beruniy trigonometrik usullardan foydalanib, tog‘ balandligini o‘lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan. Tibbiyot sohasida mashhur hamyurtimiz Abu Ali ibn Sino (980–1037) ayniqsa shuhrat qozongan. Uni Yevropada Avitsenna deb atashgan. U antik dunyo hind va o‘rta osiyolik tabiblar tajribalarini umumlashtirib, o‘zining “Al-qonun fit-tib” shoh asarini yaratadi.
Ma’mun (813-833)
Suriyaning shimolidagi Sinjor va ar raqqa oralig’ida yer meridianining bir radiusini o’chashda 861-yili Miqiyos an-Nil
Al-Farg‘oniy tomonidan Misrda qurilgan Nilometr
Geografiya fanini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan sayyohlar: Al-Ma’sudiy, ibn Dast, ibn Fadlan va ibn Batutalar dunyoni Atlantikadan Tinch okeanigacha, Afrikadan Rusga qadar kezib, u joylarning aholisi, tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ko‘plab ma’lumotlar qoldirganlar. Ularning kemalari ishonchli va mustahkamligi, xaritalari hamda dengiz asbob-uskunalari aniqligi bilan ajralib turgan.
G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar dastlab yunonlar, yahudiylar, suriyaliklar, forslar, sug‘diylarga nisbatan qoloq edilar. Ammo ushbu xalqlar madaniyatini o‘zlariga singdirib, yanada yuksakroq madaniyatning vujudga kelishiga sharoit yaratdilar.
Ma’mun (813-833)
Ilm-fanning yuksalishi
Al-Kashshof
Arab xalifaligi davrida VIII asrda Tunisda “Zaytuna”, IX asrda Bag‘dodda “Bayt ul-hikma”, Fesda (Marokash) “Qaroviyun”, X asrda Qohirada “Al-Azhar” kabi ilm dargohlari tashkil etiladi. Sivilizatsiya cho‘qqisi xalifa Horun ar-Rashid va uning vorisi Ma’munlar davrida mamlakat poytaxti Bag‘dodda “Bayt ul-hikma” – “Donishmandlik uyi”ning tashkil etilishi bo‘ldi. Musulmon olamidagi bu ilm dargohlarining aksariyati ming yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
BUNI YODDA SAQLANG!
“Bayt ul-hikma” olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa bo‘lib, uning tarkibida juda katta va boy kutubxona mavjud bo‘lgan. Kutubxonada hind, yunon, arab, fors tillarida 400 ming jild qo‘lyozma asarlar saqlangan. Muassasani qadimgi yunonlarning Aflotun (Platon) akademiyasi bilan qiyoslash mumkin.
Mil.avv IV asr Afina Akademiyasi platon tomonidan asos solingan
Olimlarning ilmiy izlanishlari
Arablarda yozma tarix islom dini bilan bir paytda vujudga kelgan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning hayoti, faoliyati, islom dinining qanday vujudga kelganligi haqidagi rivoyatlar, ma’lumotlar unga asos bo‘lgan. Tarixchilar arablar egallagan hududlar nomini olamga yoyganlar, shu bilan bir qatorda, Rim, Vizantiya, Eron hukmdorlari tarixini ham qisqacha bayon etganlar.
Talas jangi 751--yili
Arablar Xitoydan choy yetishtirishni, qimmat pergament o‘rniga arzon qog‘oz tayyorlashni, porox va kompasdan foydalanishni o‘rganganlar. Dengiz orqali arab savdogarlari Hindistonga boradigan “ziravorlar yo‘lini” o‘zlashtirib, hindlar bilan savdo-sotiq olib borganlar. Hindlardan arablar raqamlarni (tarixga arab raqamlari sifatida kirgan), shakarqamishdan shakar olishni, apelsin va limon yetishtirishni o‘rganganlar.
ADABIYOT
Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi. Keyinchalik X asrga kelib, u fors tiliga tarjima qilingan hamda fors tilida yozila boshlangan. Musulmon she’riyati yuksak darajaga erishib, uning ko‘plab turlari shakllanadi. Arab savdogarlari va sayyohlari uzoq o‘lkalardan faqat g‘aroyib buyumlarnigina emas, ajoyib sarguzasht hikoyalar, o‘zga xalqlar afsonalari, ertaklarini ham olib kelganlar. Ularni xalifa va zodagonlar saroylarida, bazmlarda, bozor va ko‘chalarda, bag‘dodliklar uylarida so‘zlab yurganlar. Ana shu xildagi ertak, rivoyat, afsonalar asosida keyinchalik butun dunyoga mashhur arab adabiyotining ajoyib durdonasi – “Ming bir kecha” yaratildi, u o‘zida ko‘plab xalqlarning og‘zaki ijodini qamrab olgan.
ADABIYOT
Arablarda islom dini vujudga kelishidan oldin ham boy she’riyat bo‘lib, u o‘zida ko‘chmanchi aholining hayoti va urf-odatlarini namoyon etgan edi. Har bir qabilaning taniqli shoirlari bo‘lib, ular barcha bayramlarda chiqishlar qilishgan. Bu shoirlar jasur jangchilarni, o‘z so‘ziga sodiq va sahiy insonlarni madh etgan. Istilo qilingan xalqlar madaniyati bilan tanishuv arablarning qiziqishlarini o‘zgartiradi. Endilikda shoirlarni abadiy mavzular: ezgulik va yovuzlik, hayot va o‘lim, boylik va yo‘qsillik, muhabbat va xoinlik, dunyoning go‘zalligi-yu uning g‘am-tashvishlari ilhomlantira boshlaydi.
ME’MORCHILIK
Xalifalikda san’atning barcha sohalariga qaraganda me’morchilik yuksak taraqqiy etgan. Xalifalik tarkibidagi mamlakatlarda muhtasham saroylar, masjid-u madrasalar, qal’alar bunyod etilgan. Ispaniyaning Granada shahridagi Al-Hamro saroyi, Sevilyadagi masjid va Al-Qasar qasri, Kordovadagi masjid, Misrning Qohira shahridagi Hasan masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi arab xalifaligi davri me’morchiligi durdonalari hisoblanadi.
Har bir musulmon shahrida maxsus oliy maktablar – madrasalar qurilgan. Ularda, avvalo, Qur’on o‘rganilgan. Musulmonlar nazdida, bu bilim Allohning insonlarga in’omi sifatida tasavvur etiladi. Uni anglash juda murakkab, chunki arabcha so‘zlar mazmun-ma’nosi ko‘plab ohanglarga ega, qolaversa, inson o‘zida butun koinot buyukligini jamlashi mumkin emas. Ayni paytda insonlarga merosni taqsimlash, shartnomalar tuzish, yer maydonlarini hisoblash, kanallar qurish, namoz va ro‘za vaqtlarini aniqlash uchun zarur edi. Masjid va madrasalardagi ikki minora – Allohga e’tiqodda ko‘tarilgan inson qo‘llari ramzi. Masjid hovlisidagi hovuzdagi suvdan
ME’MORCHILIK
Al-Hamro saroyi arxitekturasi tahorat qilgan musulmon masjid ostonasidan o‘tar ekan, Alloh belgilagan makonga kiradi. Sig‘inayotgan kishi yuzini Makka tomonga (uni devordagi tokcha belgilaydi) burib, tiz cho‘kib namoz o‘qiydi. Makka go‘yoki yorqin marvarid – Alloh yaratgan ilk manzilgoh. Islom inson va jonivorlar suratini chizishni taqiqlaydi, chunki inson rassom tasvirlagan jonzotlarga jon ato eta olmaydi. Shuning uchun masjid-madrasalar devorlari Qur’on oyatlarini jamlagan chiroyli arab alifbosidagi harflar bilan bezatiladi.
TURMUSH TARZI
Olimlar munozarasi
751-yilgi talas jangi
Xalifalikning boyliklari, uning iqtisodiy yuksalishi kishilarning, ayniqsa, boylarning kundalik hayotlari uchun yangi qulayliklar yaratadi. Vizantiya va forslar turmushining ko‘pgina an’analarini o‘zlashtirgan arablar o‘zlarining turmushlari va vaqtichog‘liklarini chiroyli tashkil qila oldilar. Hashamatli buyumlar: nafis matolar, shisha vazalar ishlab chiqarish yuksalgan. Saroylarni bezash, bog‘lar yaratishda arablarga teng keladiganlar bo‘lmagan. Ular kitobni sevganlar. VIII asrda qog‘oz yasashning o‘zlashtirilishi kitoblarning arzon va hammabop bo‘lib borishini ta’minlay boshlaydi. Yirik kutubxonalar faqat Damashq va Bag‘doddagina bo‘lmagan, xususan, X asrda Qurdoba xalifasi kutubxonasida 400 ming qo‘lyozma saqlangan.
751-yilgi talas jangi
Arablar ziyofati nafisligi bilan ajralib turgan. Dasturxon atrofida o‘zini tutishning nozik odob-me’yorlari, taomlarni tortish, qo‘llarni ovqatlanishdan oldin va keyin yuvish, tishlarni tozalash tartiblari joriy qilinadi.
2. Xalifalikda ilm-fan va madaniyat yuksalishida qaysi omillar ta’sir ko‘rsatgan?
3. O‘rta osiyolik allomalardan xalifalik davrida faoliyat ko‘rsatganlari haqida so‘zlab bering.
Muhim sanalar
- 861-yili — Suriyaning shimolidagi Sinjor va ar raqqa oralig’ida yer meridianining bir radiusini o’chashda 861-yili Miqiyos an-Nil
- VIII asrda — Arab xalifaligi davrida VIII asrda Tunisda “Zaytuna”, IX asrda Bag‘dodda “Bayt ul-hikma”, Fesda (Marokash) “Qaroviyun”, X asrda Qohirada “Al-Azhar” kabi ilm dargohlari tashkil etiladi.
- IX asrda — Arab xalifaligi davrida VIII asrda Tunisda “Zaytuna”, IX asrda Bag‘dodda “Bayt ul-hikma”, Fesda (Marokash) “Qaroviyun”, X asrda Qohirada “Al-Azhar” kabi ilm dargohlari tashkil etiladi.
- X asrda — Arab xalifaligi davrida VIII asrda Tunisda “Zaytuna”, IX asrda Bag‘dodda “Bayt ul-hikma”, Fesda (Marokash) “Qaroviyun”, X asrda Qohirada “Al-Azhar” kabi ilm dargohlari tashkil etiladi.
- X asrga — Keyinchalik X asrga kelib, u fors tiliga tarjima qilingan hamda fors tilida yozila boshlangan.
- VIII asrda — VIII asrda qog‘oz yasashning o‘zlashtirilishi kitoblarning arzon va hammabop bo‘lib borishini ta’minlay boshlaydi.
- X asrda — Yirik kutubxonalar faqat Damashq va Bag‘doddagina bo‘lmagan, xususan, X asrda Qurdoba xalifasi kutubxonasida 400 ming qo‘lyozma saqlangan.
Bilimingizni sinang
Quyidagi mutafakkirlardan qaysi birining asari arab tiliga tarjima qilingan?
- Aristotel
- Konfutsiy
- Zardusht
- Budda
To‘g‘ri javob: Aristotel. Antik davr mutafakkirlari Aristotel, Gippokrat va Yevklid asarlari arab tiliga tarjima qilingan.
Xalifalik madaniyatiga oid hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Qadim yunon mualliflarining ko‘plab asarlari bizgacha faqat arab tiliga tarjima qilingan holda yetib kelgan. II. X asrga kelib musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilingan va fors tilida yozila boshlagan. III. Arablar Hindistonga boradigan ziravorlar yo‘lini xitoyliklardan o‘rganganlar. Qaysilari to‘g‘ri?
- faqat I
- I va II
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. I va II hukmlar to‘g‘ri; arab savdogarlari ziravorlar yo‘lini dengiz orqali o‘zlari o‘zlashtirib, hindlar bilan savdo qilganlar, shuning uchun III noto‘g‘ri.
Arab tili zabt etilgan mamlakatlar tillarini asta-sekin chetga surib qo‘yishiga qaysi holat zamin yaratdi?
- Arab savdogarlarining Hindiston va Xitoy bilan faol savdo qilishi natijasida boshqa tillarga ehtiyoj kamayganligi
- Zabt etilgan xalqlarning o‘z yozuvlarini majburan arab alifbosiga almashtirishga rozi bo‘lganligi
- Hujjat rasmiylashtirish, muzokaralar va namoz arab tilida olib borilib, u maorif hamda fan tiliga aylanganligi
- Qadim yunon va hind asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi tufayli ularning asl tillari unutilganligi
To‘g‘ri javob: Hujjat rasmiylashtirish, muzokaralar va namoz arab tilida olib borilib, u maorif hamda fan tiliga aylanganligi. Arab tilida hujjatlar rasmiylashtirilgan, muzokaralar olib borilgan, namoz o‘qilgan; u maorif, fan va madaniyat tiliga aylangani uchun boshqa tillarni chetga surgan.
Arab xalifaligi davrida matematika tarixidagi yangi soha – algebraga asos solgan vatandoshimiz kim?
- Abu Rayhon Beruniy
- Muhammad al-Xorazmiy
- Ahmad al-Farg‘oniy
- Abu Ali ibn Sino
To‘g‘ri javob: Muhammad al-Xorazmiy. Muhammad al-Xorazmiy (783–850) algebraga asos solgan va hind raqamlari asosida arab raqamlarini soddalashtirgan.
Bag‘doddagi rasadxonada ishlagan, so‘ngra Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada yangicha zij yaratishga rahbarlik qilgan vatandoshimiz kim?
- Ahmad al-Farg‘oniy
- Mirzo Ulug‘bek
- Abu Rayhon Beruniy
- Abu Nasr Forobiy
To‘g‘ri javob: Ahmad al-Farg‘oniy. Ahmad al-Farg‘oniy (797–865) Bag‘dod va Damashq rasadxonalarida ishlab, zij yaratish ishlariga rahbarlik qilgan.
Yerning dumaloqligini aniqlagan va koinot markazi Quyosh ekanligi haqida faraz ilgari surgan vatandosh olim kim?
- Muhammad al-Xorazmiy
- Abu Rayhon Beruniy
- Ahmad al-Farg‘oniy
- Abu Ali ibn Sino
To‘g‘ri javob: Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Yerning dumaloqligini aniqlagan va Yer Quyosh atrofida aylanishi haqidagi farazni ilgari surgan.
Arab xalifaligi davrida tibbiyot sohasida ayniqsa shuhrat qozongan, 980–1037-yillarda yashagan hamyurtimiz kim?
- Mahmud Qoshg‘ariy
- Abu Nasr Forobiy
- Abu Ali ibn Sino
- Muhammad al-Xorazmiy
To‘g‘ri javob: Abu Ali ibn Sino. Abu Ali ibn Sino (980–1037) tibbiyot sohasida ayniqsa shuhrat qozongan.
Muhammad al-Xorazmiy matematikaning qaysi yangi sohasiga asos solgan?
- Geometriyaga
- Algebraga
- Trigonometriyaga
- Statistikaga
To‘g‘ri javob: Algebraga. Al-Xorazmiy matematika tarixidagi yangi soha — algebraga asos solgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash