Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. General shtatlar
SIZ BILIB OLASIZ:
- • General shtatlarning chaqirilishi. General shtatlardagi ixtilof.
FEODAL TARQOQLIK
Franklar imperiyasining qudratli hukmdori Buyuk Karl vafotidan so‘ng uning vorislari tomonidan 843-yilda tuzilgan Verden shartnomasi ulkan imperiyaning bo‘linishini boshlab berdi. 987-yilda Karolinglar sulolasining so‘nggi vakili Lyudovik V vafotidan so‘ng Kapetinglar sulolasining dastlabki vakili Gugo Kapet hokimiyat tepasiga keldi. Bu vaqtda qirol hokimiyatining siyosiy nufuzi juda past bo‘lib, mamlakatda tarqoqlik kuzatilardi. Fransiya 14 ta mustaqil mulklarga bo‘linib ketgan edi. Ularni gersog va graflardan iborat feodallar boshqarardi. Ayrim feodallar, jumladan, Burgundiya, Normandiya, Akvitaniya grafliklari hatto qiroldan ko‘proq yer-mulklar, aholi va siyosiy qudratga ega edi. Shuning uchun yirik gersog va graflar qirolni “tenglarning birinchisi” deb hisoblashardi. Fransiya o‘rta asrlar Yevropa siyosatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarqoq mamlakatni birlashtirish zaruriyati vujudga kelgan edi.
ESLAB KO‘RING!
SAQLANG!
Mehnat va ishlab chiqarishning hududiy taqsimoti – bu mamlakatning turli hududlarida (viloyat va tumanlar, shahar va shaharchalar) ishlab chiqarishning ma’lum sohasiga ixtisoslashuvini bildiradi.
asrlarda mamlakatda dehqonchilik, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, hunarmandchilik jadal o‘sib bordi. Mehnat va ishlab chiqarishning hududiy taqsimoti shakllana boshladi.
Mehnatning hududiy taqsimoti asosida Tuluza va Flandriya to‘qimachilikka, Normandiya temirchilik, tuz ishlab chiqarishga, qoramol va yilqi yetishtirishga, Burgundiya va Shampan movut ishlab chiqarishga hamda vinochilikka ixtisoslashgan edi. Savdo va iqtisodiy markazlarning eng yirigi, shubhasiz, Parij shahri edi. Shuningdek, Parijning Sena, Marna kabi ulkan daryolar havzasida joylashganligi uning nafaqat iqtisodiy, balki madaniy rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
SAQLANG!
Mehnat taqsimotining rivojlanib borishi tarqoq viloyatlarning o‘z bilganicha ish yuritishlariga barham berdi, savdo-sotiqda o‘zaro bir-biriga bog‘lab qo‘ydi. Bu esa mamlakatning keyingi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Ishlab chiqaruvchi toifaning hamda savdo-sotiqning rivojlanishi feodal tarqoqlikka barham berdi.
MAMLAKATNI BIRLASHTIRISH ZARURATI
Fransiyani birlashtirish jarayoni qirol Lyudovik VI davrida boshlandi. U butun hukmronlik davrini mahalliy feodallarga qarshi kurash bilan o‘tkazib, Burj va Sans shaharlarini qirollik hokimiyatiga bo‘ysundirdi. Mamlakatni birlashtirish yo‘lidagi eng katta to‘siq Angliyaning Fransiyadagi mulklari edi. Shuning uchun qirol o‘g‘li Lyudovik VII ni Akvitaniya malikasi Eleonoraga uylantirish orqali ma’lum muddat ushbu muhim hududni ham o‘ziga qaram qildi.
BILAG‘ONLAR UCHUN
Qirol Lyudovik VII ning o‘g‘li Filipp II Avgust davrida mamlakatni birlashtirish siyosati izchil olib borildi. Uning hukmronlik yillari Fransiya monarxiyasida burilish davri bo‘lib, mamlakat daromadi yanada oshdi va hokimiyat mustahkamlandi. Filipp II inglizlarga qarshi urushlar olib borib, Normandiya, Men, Anju, Tyuren va Puatyening bir qismini Fransiyaga qo‘shib oldi. Ushbu hududlarning qo‘shib olinishi mamlakatning Atlantika okeani va La Mansh bo‘g‘oziga chiqishini ta’minladi. O‘lkaning eng muhim ikki daryosi Sena va Luara havzasi hududlari batamom fransuz qiroli ixtiyoriga o‘tdi. Filipp II Avgust Fransiya mulklarining kengayishi munosabati bilan mamlakatda ma’muriy islohot o‘tkazdi. Ushbu ma’muriy islohotga ko‘ra barcha qirol mulklari 20 viloyatga bo‘lindi. Ushbu viloyatlarga mahalliy hokimlar rahbarlik qilib, ular o‘z hududida sud qilish, soliq yig‘ish, qo‘shin to‘plash, qirolga hisobot berib turish vakolatlariga ega edi.
BILAG‘ONLAR UCHUN
Parij shahriga miloddan avvalgi III asrda keltlarning parizi qabilasi tomonidan Lyutetsiya hududida asos solingan. Qirol Gugo Kapet davridan boshlab siyosiy markaz – poytaxt maqomini oldi.
AHOLINING TOIFALARGA BO‘LINISHI
Mamlakatni birlashtirish davomida butun aholi qirol fuqarolariga aylandi. Bu davrga qadar fuqarolarning aksariyat qismi yirik amaldorlar, gersog va graflar, shuningdek, boshqa zodagonlarga qaram bo‘lgan. Shu davrda butun Fransiya aholisi huquq va majburiyatlari otadan bolaga meros bo‘lib o‘tadigan uch toifaga bo‘lindi. Bulardan birinchi toifa – ruhoniylar, ikkinchi toifa – mulkdor zodagonlar bo‘lib, ularning o‘ziga xos imtiyozlari va huquqlari bor edi. Xususan, ular qirolga soliq to‘lashdan ozod etilgandi. Uchinchi toifa boy shaharliklar, dehqonlar, hunarmandlar va shahar kambag‘allarini tashkil etar edi. Bu toifa orasida boy shaharliklar yetakchilik qilib, ularning vakillari ko‘pincha qirol majlislariga chaqirib turilgan.
III tabaqa
Boy Boy shaharliklar shaharliklar • Dehqonlar • Dehqonlar • Hunarmandlar • Hunarmandlar • Shahar • Shahar kambag‘allari kambag‘allari amlakatni birlashtirish va markazlashtirish siyosatiga qirol Filipp IV (1285–1314) katta hissa qo‘shdi. Uning davrida Fransiyaga o‘ta boy mulk hisoblangan Shampan va Ispaniya bilan chegaradosh Navarra, mamlakatning janubi-sharqidagi Lion viloyatlari qo‘shib olinib, o‘lkaning 3/4 qismi birlashtirildi. Biroq Flandriya, Bretan, Akvitaniya, Burgundiya hali Fransiyaga qo‘shib olinmagan va mustaqil edi. Qirol asosiy e’tiborini Flandriyani bosib olishga qaratdi. Butun Yevropada qudratli kuchga ega bo‘lgan Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294–1303) qirol Filipp IV dan Flandriyaga harbiy yurishini to‘xtatishni talab qildi. Shu sabab papa va qirol munosabatlari buzildi.
VA CHERKOVGA QARSHI SIYOSATI
Filipp IV hukmronligi davrida Yevropada fransuzlar ta’siri sezilarli darajada kuchaydi. Uning Flandriya bilan urushi ham, cherkovdan soliq talab qilishi ham mamlakat xazinasini to‘ldirish va armiyani mustahkamlashga qaratilgan edi. Bu vaqtda qirolning muntazam yurishlari sababli xazina bo‘shab qolgandi. Amaldorlarga pul to‘lash va urushlar olib borish uchun qirolga ko‘p mablag‘ zarur edi. Shuning uchun qirol Filipp IV barcha aholi toifalari bilan birga cherkovdan ham soliq to‘lashni talab qildi. Bunga javoban papa Bonifatsiy VIII qirol Filipp IV ga nisbatan anafema (cherkovdan haydash va ibodat qilishni taqiqlash) e’lon qilishga kirishdi. Qirol papaga qarshi mulkdor feodallarni gijgijlab, Rimga o‘z vakilini jo‘natdi. Yollanma askarlar bilan papa huzuriga bostirib kirgan qirol vakilining haqorat va tahqirlarini ko‘tara olmagan Bonifatsiy VIII tez orada vafot etdi. Qirol fransiyalik arxiyepiskopni Kliment V nomi bilan yangi papa etib saylanishiga erishdi. Yangi papa Rimda o‘ziga nisbatan noroziliklar bo‘lishidan xavfsirab Fransiya janubidagi Avinyon shahriga ko‘chib o‘tdi. Shu tariqa papalarning yana Rimga qaytishi uchun qariyb 70 yil kerak bo‘ldi va bu davr, ya’ni 1309–1377-yillar tarixga “papalarning Avinyon tutqunligi” nomi bilan kirdi.
TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!
General shtatlar – (yalpi toifalar) Fransiyadagi 1302– 1789-yillarda tabaqaviy vakillik muassasasi bo‘lgan. Uning paydo bo‘lishi shaharlarning o‘sishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar va sinfiy kurashning keskinlashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, qirol hokimiyatini mustahkamlashga, shuningdek, mamlakatda markazlashgan davlatning vujudga kelishiga xizmat qilgan.
GENERAL SHTATLARNING CHAQIRILISHI
Qirol Filipp IV papaga qarshi kurash olib borish jarayonida mamlakatdagi toifa vakillarining qo‘llab-quvvatlashiga erishishga harakat qildi. Shuning uchun 1302-yili Parijning bosh ibodatxonasida uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va mulkdor shaharliklardan iborat General shtatlarni chaqirdi. Shu vaqtdan boshlab qirollar mamlakatda har safar yangi soliqlar joriy qilish zaruriyati yuzaga kelganda General shtatlarni chaqira boshladi. Soliqlarning butun og‘irligi dehqonlar va hunarmandlar bo‘yniga tushar edi.
General shtatlar uch toifa vakillaridan iborat uch palataga bo‘lingan edi. Ularning har biri alohida-alohida majlis qurar, qat’iy qaror qabul qilish uchungina birga yig‘ilishar edi. General shtatlar muntazam chaqirilmas, shuningdek, qonunlarni qabul qilish huquqiga ham ega emas edi. General shtatlarning vazifasi soliqlarni joriy etishga ruxsat berish bilangina cheklanib qolgandi. Soliqlarni tasdiqlash jarayonida uch toifa vakillari orasida tez-tez janjallar yuzaga kelar edi. General shtatlarda qarorlar qabul qilish va ovoz berish jarayonida tenglik yo‘q edi, ya’ni ruhoniylar va dvoryanlar bir ovozga qarshi ikki ovoz berish huquqiga ega edi. Shuning uchun ham uchinchi toifa vakillari hisoblangan mulkdor shaharliklar turli qarorlar qabul qilishda yon berishga majbur bo‘lishardi.
GENERAL SHTATLARNING CHAQIRILISHI
General shtatlarda toifa vakillari o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli uning siyosiy kuchi va ta’sir doirasi mustahkam emas edi. Ya’ni ular qirolga kuchli ta’sir o‘tkaza olmasdi. Biroq 1357-yilda General shtatlar o‘z vakolatlarini oshirish, xususan, soliq yig‘ish, soliqdan tushgan mablag‘larni nazorat qilish va boshqa huquqlarni talab qildi. Qirol ushbu talablarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ammo o‘rta va quyi palata vakillari hisoblangan dvoryanlar hamda mulkdor shaharliklar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlikning yo‘qligi sababli bu to‘la amalga oshmadi. Bundan unumli foydalangan qirol o‘z mavqeyini qayta tiklab oldi.
GENERAL SHTATLARNING CHAQIRILISHI
Shunday qilib, XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya – markazlashgan davlat vujudga keldi. Bunda qirol hokimiyati toifa vakillarining yig‘ini va madadiga suyanar edi. Bu Fransiyada markazlashgan davlat rivojlanishining birinchi bosqichi edi. Yuz yillik urushning boshlanishi butun mamlakatda markazlashgan hokimiyatni mustahkamlash tabiiy va zaruriy jarayon ekanligini ko‘rsatdi.
General shtatlar yig‘ilishi.
Parij. 1302-yil 10-aprel
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Feodal tarqoqlik davrida Fransiya qanday o‘zgarganligini tushuntiring.
2. Mehnat va ishlab chiqarishning hududiy taqsimoti hamda uning ahamiyatiga oid misollar keltiring.
4. Mamlakatning markazlashuvida aholining turli toifalari qanday rol o‘ynadi?
Muhim sanalar
- 843-yilda — Franklar imperiyasining qudratli hukmdori Buyuk Karl vafotidan so‘ng uning vorislari tomonidan 843-yilda tuzilgan Verden shartnomasi ulkan imperiyaning bo‘linishini boshlab berdi.
- 987-yilda — 987-yilda Karolinglar sulolasining so‘nggi vakili Lyudovik V vafotidan so‘ng Kapetinglar sulolasining dastlabki vakili Gugo Kapet hokimiyat tepasiga keldi.
- 1302– 1789-yillarda — General shtatlar – (yalpi toifalar) Fransiyadagi 1302– 1789-yillarda tabaqaviy vakillik muassasasi bo‘lgan.
- 1302-yili — Shuning uchun 1302-yili Parijning bosh ibodatxonasida uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va mulkdor shaharliklardan iborat General shtatlarni chaqirdi.
- 1309–1377-yillar — Shu tariqa papalarning yana Rimga qaytishi uchun qariyb 70 yil kerak bo‘ldi va bu davr, ya’ni 1309–1377-yillar tarixga “papalarning Avinyon tutqunligi” nomi bilan kirdi.
- 1357-yilda — Biroq 1357-yilda General shtatlar o‘z vakolatlarini oshirish, xususan, soliq yig‘ish, soliqdan tushgan mablag‘larni nazorat qilish va boshqa huquqlarni talab qildi.
- III asrda — Parij shahriga miloddan avvalgi III asrda keltlarning parizi qabilasi tomonidan Lyutetsiya hududida asos solingan.
- XIV asrda — Shunday qilib, XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya – markazlashgan davlat vujudga keldi.
Bilimingizni sinang
Buyuk Karl vafotidan so‘ng Franklar imperiyasining bo‘linishini boshlab bergan Verden shartnomasi qaysi yilda tuzilgan?
- 870-yilda
- 800-yilda
- 814-yilda
- 843-yilda
To‘g‘ri javob: 843-yilda. Verden shartnomasi 843-yilda tuzilib, Franklar imperiyasining bo‘linishini boshlab bergan.
Kapetinglar sulolasining dastlabki vakili Gugo Kapet qaysi yilda Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan?
- 1031-yilda
- 843-yilda
- 911-yilda
- 987-yilda
To‘g‘ri javob: 987-yilda. Karolinglarning so‘nggi vakili Lyudovik V vafotidan so‘ng 987-yilda Gugo Kapet hokimiyatga kelgan.
Gugo Kapet hokimiyatga kelgan davrda Fransiya nechta mustaqil mulkka bo‘linib ketgan edi?
- 22 ta
- 14 ta
- 7 ta
- 30 ta
To‘g‘ri javob: 14 ta. Qirol hokimiyati zaif bo‘lgan bu davrda Fransiya 14 ta mustaqil mulkka bo‘lingan edi.
O‘rta asrlar Fransiyasida yirik gersog va graflar qirolni qanday deb hisoblashgan?
- “feodallarning hukmdori”
- “tenglarning birinchisi”
- “xalqning otasi”
- “tenglarning eng kuchlisi”
To‘g‘ri javob: “tenglarning birinchisi”. Qirol hokimiyati zaif bo‘lgani uchun yirik feodallar qirolni “tenglarning birinchisi” deb bilgan.
Franklar imperiyasining bo‘linishini boshlab bergan shartnoma qaysi yilda tuzilgan?
- 800-yilda
- 843-yilda
- 911-yilda
- 987-yilda
To‘g‘ri javob: 843-yilda. Verden shartnomasi 843-yilda tuzilgan va imperiyaning bo‘linishini boshlagan.
Kapetinglar sulolasining dastlabki vakili sifatida kim hokimiyat tepasiga kelgan?
- Lyudovik VI
- Filipp II Avgust
- Buyuk Karl
- Gugo Kapet
To‘g‘ri javob: Gugo Kapet. Kapetinglarning dastlabki vakili Gugo Kapet bo‘lgan.
Feodal tarqoqlik davrida Fransiya nechta mustaqil mulkka bo‘linib ketgan edi?
- 14 ta
- 7 ta
- 20 ta
- 30 ta
To‘g‘ri javob: 14 ta. Fransiya 14 ta mustaqil mulkka bo‘linib ketgan edi.
Yirik gersog va graflar tarqoqlik davrida qirolni qanday deb hisoblashgan?
- “Cherkovning vassali”
- “Gersoglarning xizmatkori”
- “Tenglarning birinchisi”
- “Barcha yerlarning egasi”
To‘g‘ri javob: “Tenglarning birinchisi”. Ular qirolni “tenglarning birinchisi” deb hisoblagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash