XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 2-mavzu

Yuz yillik urush: sabablari, yakunlari va oqibatlari

SIZ BILIB OLASIZ:

SABABLARI VA BAHONASI

asrda Angliya va Fransiya o‘rtasida uzoq davom etgan urush boshlanib ketdi. Bu urush vaqti-vaqti bilan 1337–1453-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tdi va tarixda “Yuz yillik urush” nomi bilan qoldi.

Urushning sababi nima edi? Fransiya mamlakatni birlashtirish uchun o‘z hududida joylashgan Angliyaga qaram Akvitaniya viloyatini o‘ziga qo‘shib olishga intilar, Angliya esa ulkan daromad manbayi bo‘lgan Akvitaniyani qo‘ldan chiqarishni istamas edi. Akvitaniyadan Angliyaga vino, meva, zotdor otlar olib ketilar va bu yerda ingliz feodallarining yer-mulklari ham bor edi. Shu bilan birga, Angliya Fransiyadagi avvalgi mulklarini ham qaytarib olishga harakat qilar edi. Bundan tashqari, Flandriya viloyati masalasida ham Angliya va Fransiya o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi. Fransiya Flandriyani to‘liq bo‘ysundirishga harakat qilar, Flandriya sanoat hududi sifatida inglizlarning jun xomashyosisiz ish ko‘ra olmas edi. Shuning uchun bu viloyatni Angliya siyosiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlar edi. Bu esa Fransiya va Angliya siyosiy raqobatiga hamda muqarrar urushga sabab bo‘ldi.

ESLAB KO‘RING!

Savollar: “Sali haqiqati” qanday tuzilgan va u qaysi sulola davrida bitilgan? Ushbu hujjatda qanday huquqiy qonun-qoidalar bayon etilgan?

Urushga nima bahona bo‘ldi? Kapetinglar sulolasidan bo‘lgan Fransiya qiroli Filipp IV 1314-yilda vafot etdi. Uning o‘rniga munosib nomzod topilmaganligi uchun Valualar xonadonidan bo‘lgan Filipp VI qirollik taxtiga o‘tirdi. Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp IV ning qarindoshi, ya’ni qizining o‘g‘li – nabirasi edi. Filipp IV ning vafotidan so‘ng Eduard III Fransiya taxtiga ochiqdan ochiq da’vogarlik qila boshladi. Biroq fransuz huquqshunoslari qadimiy qonunlar to‘plami – “Sali haqiqati” asosida ayol tomonidan hisoblangan avlod taxtga da’vogarlik qila olmaydi, degan xulosani beradi. Bu esa Yevropa tarixidagi eng yirik hisoblangan Yuz yillik urushga bahona bo‘ladi.

YUZ YILLIK URUSHNING BOSHLANISHI

Urush rasman 1337-yilda Angliyaning Fransiyaga hujumi bilan boshlandi. 1340-yilda inglizlar shiddatli harbiy harakatlarni amalga oshirib, fransuzlar flotini tor-mor keltirdi va dengizda hukmron flotga aylandi. Shundan so‘ng ikki tomon quruqlikda 1346-yil Kresi yaqinida to‘qnashdilar. Urush fransuz ritsarlarining shijoati bilan boshlandi. Ritsarlar jangga o‘zlarining jangovar qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyati sifatida qaradilar. Biroq urushning asosiy janglarida ritsarlar emas, dehqonlardan iborat piyoda askarlar jasorat ko‘rsatdilar. Bu Yuz yillik urush tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Kresi jangida fransuz qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Eduard III boshchiligidagi ingliz qo‘shini esa to‘la g‘alaba qozondi. Fransuzlar mag‘lubiyatining asosiy sababi ritsarlarning umumiy safda turib jang qilish qobiliyatiga ega emasligi va qo‘shinda tartib-intizomning yo‘qligi edi. Ritsarlar va suvoriylar (otliq askarlar) harbiy tartib-intizom va qoidalarni tan olmas, jangda ularning har biri shaxsiy jasorat ko‘rsatishga intilar

Angliya va Burgundiya boshqaruvidagi

Reyms Kompen

RIM IMPERIYASI

Orlean

O‘RTA DENGIZ

Yuz yillik urush davrida Fransiya xaritasi, 1435-yil Yuz yillik urush. Puatye jangi edi. Piyoda qo‘shinlar esa yollanma ajnabiylardan iborat edi. Fransiyaning og‘ir qurollangan zodagon otliqlari va ritsarlari piyoda askarlarni ijtimoiy jihatdan past deb bilishardi.

Angliya qo‘shinlarida tartib-qoida mustahkam va puxta tashkil etilgan edi. Inglizlar qo‘shinida otliq ritsarlar va yomen deb nomlangan erkin dehqonlardan iborat piyoda askarlar ham bor edi. Piyoda jangchilar katta kamonlar bilan qurollangan edi. Kamonchilar o‘qni 600 qadam masofagacha ota olar, 200 qadamdan esa o‘q ritsarni teshib o‘tardi. Aynan shu omil, ya’ni intizomli kamonchilar ingliz qo‘shinining g‘alabasini ta’minladi. Shu bilan Yuz yillik urush Yevropada urush uslubini o‘zgartirdi. Bu vaqtda ba’zi jangchilar o‘rta asrlardagi ritsarlik ideallari ostida harakat qilishdi. Ritsarlar o‘zlari bilan birga jang qilayotgan oddiy piyoda askarlar va kamonchilarga nafrat bilan qarashdi. Lekin uzun kamon urushni o‘zgartirganda, bu tuyg‘u ham o‘zgardi. O‘z davrida uzun kamon urush uslubini yangiladi. Fransuz ritsarlari o‘zlarini yengilmas deb hisoblab, hujumga zo‘r berishdi. Ingliz kamonchilari yaqinlashib kelayotgan fransuzlarga minglab o‘qlarni yog‘dirdilar va g‘alaba qozondilar. Bu jangni ritsarlar qahramonligi emas, balki ingliz yomenining uzun kamoni yutgan edi.

O‘RTA DENGIZ

Ingliz qiroli Eduard III 1347-yilda Kale portini bosib oldi va bu port uzoq vaqtga qadar inglizlarning quruqlikdagi asosiy tayanch markaziga aylandi.

TARIX YONDAFTAR- CHANGIZGA KIRITING!

Yuz yillik urushdagi yana bir yirik jang 1356-yilda Luara daryosi janubidagi Puatye shahri yonida bo‘lib o‘tdi. Bu jangda fransuzlar son jihatidan ko‘p bo‘lsa-da, tarqoq holda harakat qildilar. Otliq ritsarlardan iborat qo‘shin asosiy kuchlarning yetib kelishini kutmay jangga kirdi. Ular jangda birikmay, o‘zboshimchalik bilan harakat qildilar, jangchilar oldinga o‘tib ketar, safni buzar va bir-biriga xalaqit berardi. Ingliz kamonchilarining otgan o‘qi fransuz otliqlarining safini buzib yuborar edi. Jang maydoni- ga yetib kelgan fransuz qo‘shinining asosiy kuchlari ham bu jangda tor-mor keltirildi. Ko‘pchilik ritsarlar, feodallar va jangchilar bilan birga fransuz qiroli Ioann Saxiy va uning o‘g‘li shahzoda Filipp ham inglizlarga asir tushib qoldi.

TARIX YONDAFTAR- CHANGIZGA KIRITING!

Flot – muayyan bir davlat yoki tashkilotning okean, dengiz, umuman, yirik suv maydonlarida harbiy, savdo va boshqa maqsadlarda harakatlar olib borish uchun mo‘ljallangan tuzilmasi.

Bu g‘alaba natijasida Fransiyaning g‘arbiy va shimoliy qismi inglizlar qo‘liga o‘tib ketdi. Ingliz qo‘shinlari Fransiyaning shimoliy hududlarini talab, poytaxt Parijgacha yetib bordilar. Urushdagi bu mag‘lubiyat Fransiyada toifalar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni yanada keskinlashtirib, siyosiy tanglikni yuzaga keltirdi. Asir olingan qirolning o‘rniga vaqtincha dofin Karl mamlakatni idora qila boshladi. Mamlakat xazinasi bo‘shab qolgan, harbiylar o‘rtasida tartib-intizom yo‘q, tinimsiz urushlar xalqqa jabr yetkazar edi.

JAKERIYA QO‘ZG‘OLONI

1358 -yil Fransiyaning Bove viloyatida dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlandi. Bu qo‘zg‘olon tarixga Jakeriya nomi bilan kirdi va qisqa vaqt ichida Sena, Marna, Il de Frans, Shampan viloyatlariga ham tarqaldi. Qo‘zg‘olonda 100 mingdan ortiq dehqonlar ishtirok etdi. Qo‘zg‘olonchilar qirol dehqonlarning azob-uqubatlaridan bexabar, u oddiy xalqqa xayrixoh deb ishonar edilar. Shuning uchun ham o‘z bayroqlariga qirolning gerbi – oq nilufar tasvirini tushirishgan edi.

TARIXIY MUSHOHADA

Nima uchun Jakeriya? Yuz yillik urush davrida oddiy xalq yanada ko‘p jabr-sitam ko‘rdi. Ular yangidan yangi soliqlar to‘lashga majbur qilindi. O‘sha vaqtda keng tarqalgan Jak ismini zodagonlar oddiy dehqonga nisbatan kamsitish ma’nosida ishlatar edi. Zodagonlar “Sodda Jakning yelkasi keng, har qanday og‘irlikni ko‘tara oladi”, deb masxara qilishardi. Qo‘zg‘olonda asosan oddiy aholi va dehqonlar ishtirok etganligi uchun ham bu harakat tarixga Jakeriya nomi bilan kirdi.

Qo‘zg‘olonchilarning zodagonlarga nafrati shu qadar kuchli ediki, ularni bitta ham qoldirmay qirib tashlashga tayyor edilar. Qo‘zg‘olonga Gilyom Kal ismli dehqon boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tartibsiz, uyushmagan va tayyorgarliksiz boshlanib, uning aniq dasturi va harakat rejasi ham yo‘q edi.

TARIXIY MUSHOHADA

Qirol va zodagonlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi ulkan qo‘shin to‘pladi. Harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan va yaxshi qurollanmagan dehqonlar kuchli qo‘shinga qarshi tura olmas edi. Oxirgi jang oldidan ularning yetakchisi Gilyom Kal sulh tuzish bahonasida aldov yo‘li bilan asir olindi. Zodagonlar uning boshiga qizdirilgan temir halqa kiydirishdi va “biz jaklar qiroliga shunday tarzda toj kiydiramiz”, deb mazax qilishdi. Yo‘lboshchisiz qolgan dehqonlar qo‘shini ritsarlar tomonidan tor-mor etildi, 20 ming dehqon qirib tashlandi. Shu tariqa qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchradi.

ANGLIYA BILAN SULH SHARTNOMASINING IMZOLANISHI

ransuz qiroli Karl V 1360-yilda inglizlar bilan sulh imzoladi. Sulh shartnomasi og‘ir shartlarni o‘z ichiga olib, unga ko‘ra Fransiyaning shimoli va g‘arbidagi ko‘pgina hududlar Angliya tasarrufiga o‘tdi. Fransiya urushni davom ettirishga qodir emasligidan bu shartlarni qabul qilishga majbur edi. Biroq vaqt nuqtayi nazaridan bu sulh Fransiyaga o‘zini o‘nglab olishga imkon yaratdi. Bu davr oralig‘ida qirol Karl V o‘zboshimcha mahalliy zodagonlarni bo‘ysundirdi, puxta harbiy ta’lim ko‘rgan qo‘shin to‘pladi, kuchli flot tashkil etdi. Bu islohotlar o‘z samarasini berib, 1369-yilda bo‘lib o‘tgan jangda Angliya mag‘lubiyatga uchradi. Biroq qirol Karl V vafotidan so‘ng Fransiyada vaziyat yana og‘irlashdi. Urush qayta boshlandi. 1415-yilda Azenkur yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda fransuzlar qo‘shini qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Inglizlar Fransiyaning shimolini egallab, Parijga bostirib kirdilar. 1420-yilda Fransiya uchun haqoratomuz Trua shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Fransiya va Angliya birlashtirilib, ingliz shahzodasi qirol bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Mamlakat og‘ir ahvolda qoldi. Shunday vaziyatda 1428-yilda inglizlar Fransiyaning muhim strategik shahri Orleanni qamal qilishga kirishdilar. Fransiyaning ahvoli Orleandagi g‘alaba yoki mag‘lubiyatga bog‘liq bo‘lib, mamlakat taqdiri ushbu shahar ostonalarida hal bo‘lmoqda edi.

ANGLIYA BILAN SULH SHARTNOMASINING IMZOLANISHI

Sulh imzolanishi

JANNA D’ARK

Fransuz qo‘shinlari g‘alabaga ishonchini yo‘qotgan, zodagonlar tahlikaga tushib qolgan, oddiy xalq hayoti esa ayanchli ahvolda edi. Orlean shahri qamali ikki yuz kun davom etib, shahar o‘zini o‘zi mudofaa qilib turdi.

Shunday sharoitda dushmanlarga qarshi kurashda xalq qahramoni sifatida oddiy dehqon qizi Janna d’Ark maydonga chiqdi. Janna d’Ark Fransiyaning Domremi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Bolaligida uni Jannet deb chaqirishardi. Keyinchalik unga Janna d’Ark nomini berishgan. Tarixchilarning ta’rifiga ko‘ra, Janna d’Ark baland bo‘yli, baquvvat va bardoshli bo‘lgan. Uning qishlog‘iga bir necha marotaba hujumlar uyushtirilgan va u bolaligidan boshlab oddiy xalqning azob-uqubatini ko‘rib o‘sgan. Keyinchalik u vatanini ozod qilishni niyat qildi, hatto bu istakni “uning ko‘ngliga Xudo solganligini” ta’kidladi. Fransiyaning vaqtinchalik yosh qiroli Karl VII ga maktub yozib taxtga chiqishga va o‘ziga qo‘shin berishga da’vat qildi. Shuning uchun ham 16 yoshida qishlog‘ini tark etib Luarada bo‘lajak qirol Karl VII bilan uchrashdi. Qirol va saroy zodagonlari Janna d’Arkning askarlar va xalq ko‘nglida g‘alabaga ishonch uyg‘otishiga umid qilib, unga ritsarlar harbiy bo‘linmasini berishdi. Qo‘shin, zodagonlar va oddiy xalqda g‘alabaga umid va ishonch qayta uyg‘ondi. Hunarmandlar Janna d’Arkka qurol-aslaha hamda sovut yasab berdilar va u erkakcha kiyinib jangga otlandi.

BURILISH

Janna d’Ark Orleanga yetib kelib inglizlarga qarshi shiddatli janglarni boshlab yubordi. Uning o‘zi janglarda mardlik va shaxsiy namuna ko‘rsatar, askarlarni ruhlantirar edi. 1429-yilda Orlean shahri qamaldan ozod qilindi va bu Yuz yillik urushda tub burilish yasadi. Xalq Janna d’Arkka “Orlean qizi” deb nom berdi.

Janna Orlean shahridagi g‘alabasi bilan Yuz yillik urush oqimini Fransiya foydasiga keskin o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ishtirokida Fransiyaning qator viloyatlari ozod qilindi. Janna d’Arkning taklif bilan qirol Karl VII (1422–1461) Reyms shahriga borib, tantanali ravishda taxtga o‘tirdi. Biroq jasur qizning ortib borayotgan obro‘si hukmron toifa vakillarini tashvishga solib qo‘ydi. Ular Janna d’Arkdan qutulish yo‘lini izlay boshlashdi, unga hayotini xavf ostiga qo‘yadigan vazifalar topshira boshladilar. 1430-yilda jasur Orlean qizi Kompen qal’asi uchun bo‘lgan janglarda burgundlarga asir tushib qoldi. Burgundlar Janna d’Arkni inglizlarga katta pul evaziga sotdilar. Fransuz qiroli Karl VII uni qutqarishga harakat ham qilmadi. Inglizlar uni inkvizitsiya sudiga topshirdi. Cherkov sudi Janna d’Arkni o‘limga hukm etdi. Janna d’Ark 1431-yil 30-may kuni Ruan shahrida gulxanda yoqildi. Oradan vaqt o‘tib, 1456-yilda ushbu sud qarori noqonuniy deb topildi va Janna d’Ark oqlandi.

BURILISH

Janna d’Ark. Orleanning ozod qilinishi

URUSH YAKUNLARI

Janna d’Ark halok bo‘lganidan keyin xalqning ozodlik urushi yanada kuchayib ketdi. Normandiyada o‘n minglab ko‘ngillilar qahramonona jang qildilar. Parijda dushmanlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Fransiya poytaxti ozod qilindi, 1436-yilda qirol Karl VII Parijga kirib keldi. Fransuz qo‘shinlari inglizlarni mamlakatdan haydab, Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod qilindi. Shundan so‘ng Yuz yillik urush 1453-yilda inglizlarning Bordoda so‘zsiz taslim bo‘lishlari va sulh imzolanishi bilan yakunlandi. Fransiya o‘ziga qarashli barcha hududlarini qaytarib oldi. Angliya Fransiya hududida faqat Kale port shahrinigina 1558-yilgacha qo‘lda tutib qoldi. Yuz yillik urush markazlashgan fransuz davlatining qaror topishida muhim bosqich bo‘ldi.

QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN

Yuz yillik urushning eng qizg‘in davrida Fransiyada qirol Karl VI (1380–1422), Movarounnahrda esa Sohibqiron Amir Temur hukmronlik qilar edi. Ular o‘rtasida oliy darajada diplomatik yozishmalar olib borilgan.

bilan kutib olaylik va bizlarning savdogarlarimiz Sizlar tomonga borib, o‘z izzat-ikromlarini topsinlar. Axir dunyoni savdogarlar farovon qiladilar”, degan so‘zlar bitilgan.

O‘z navbatida, Fransiya qiroli Karl VI ham Amir Temurga 1403-yilning o‘zida javob maktubini yo‘llaydi. Ushbu maktubda “olampanoh, muzaffar hukmdor

Amir Temur Sultoniya shahrini zabt etganidan so‘ng arxiyepiskop Ioann Amir Temurning Yevropadagi ishonchli elchisi sifatida diplomatik munosabatlarda katta rol o‘ynagan.

QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN

Temurbekka salom va tinchlik tilaymiz. Siz zoti oliylariga ko‘p xristianlarga ko‘rsatgan marhamat va do‘stligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kezi kelganda biz ham o‘z navbatida Sizning odamlaringizga bundan ortiq marhamat ko‘rsatishga tayyormiz”, degan so‘zlar yozilgan.

Amir Temurning Fransiya qiroli Karl VI

1403-yilda Parijda bo‘lgan Ioann Amir Temurning muhri bosilgan va zarhal harflar bilan bitilgan maktubini Fransiya qiroli Karl VI ga topshiradi. Maktubda “Biz Sizning davlatingiz doimo gullabyashnashini do‘stona tilab qolamiz...

ga yozgan maktubi

(Lyusyen Keren va Akmal Saidovning “Amir Temur va Fransiya” kitobidan).

QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN

Sizning savdogarlaringiz biz tomonga kelsinlar va biz ularni izzat-ikrom

IZOHI

Dofin – XIV asrdan boshlab qirolning avlodidan bo‘lgan taxt vorisi, rasman taxtga chiqish uchun toj kiyish marosimi o‘tkazilgunga qadar vaqtinchalik qirol.

Yomen – Angliyada ingliz dehqonlarining asosiy qismini tashkil qilgan erkin hisoblangan kichik yer egalari. Ular zodagonlardan farqli ravishda yerga ishlov berish bilan mustaqil shug‘ullanishgan. XV asrga kelib mustaqil xo‘jalik yurituvchi barcha dehqonlar, egasining huquqiy maqomidan qat’i nazar yomenlar deb atala boshlagan.

2. Yuz yillik urush davrida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat qanday edi?

Savollar: 3. Yevropada Yuz yillik urush sodir bo‘layotgan vaqtda Movarounnahrda qanday jarayonlar kechayotgan edi? Misollar keltiring.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Angliya va Fransiya o‘rtasidagi “Yuz yillik urush” vaqti-vaqti bilan qaysi yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan?
  1. 1214–1314-yillar
  2. 1315–1415-yillar
  3. 1337–1453-yillar
  4. 1380–1480-yillar

To‘g‘ri javob: 1337–1453-yillar. Urush 1337–1453-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan.

Fransiya mamlakatni birlashtirish uchun o‘z hududidagi Angliyaga qaram qaysi viloyatni qo‘shib olishga intilgan?
  1. Akvitaniya
  2. Flandriya
  3. Normandiya
  4. Burgundiya

To‘g‘ri javob: Akvitaniya. Fransiya Angliyaga qaram Akvitaniya viloyatini qo‘shib olmoqchi edi.

Sanoat hududi bo‘lgan Flandriya ish ko‘rishi uchun Angliyadan qaysi xomashyo zarur edi?
  1. Vino
  2. Zotdor otlar
  3. Temir rudasi
  4. Jun

To‘g‘ri javob: Jun. Flandriya inglizlarning jun xomashyosisiz ish ko‘ra olmas edi.

Angliya Fransiyaga qaram Akvitaniya viloyatini qo‘ldan chiqarishni nima uchun istamas edi?
  1. Akvitaniya Angliya poytaxtini himoya qiladigan yagona tog‘ to‘siq bo‘lib, uni yo‘qotsa Londonga yo‘l ochilib qolardi
  2. Akvitaniya ulkan daromad manbayi bo‘lib, vino, meva va zotdor otlar olib ketilar, ingliz feodallarining yer-mulklari ham bu yerda edi
  3. Akvitaniya aholisi butunlay inglizlardan iborat bo‘lib, ular Fransiyaga bo‘ysunishni rad etgan va qo‘zg‘olon ko‘targan edi
  4. Akvitaniyada Fransiya taxtiga da’vo qiluvchi ingliz qirolining qarorgohi joylashgan edi va u yerdan butun urush boshqarilardi

To‘g‘ri javob: Akvitaniya ulkan daromad manbayi bo‘lib, vino, meva va zotdor otlar olib ketilar, ingliz feodallarining yer-mulklari ham bu yerda edi. Akvitaniya Angliya uchun ulkan daromad manbayi bo‘lgan: u yerdan vino, meva, zotdor otlar keltirilgan va ingliz feodallarining yerlari bo‘lgan.

Flandriya masalasida Angliya nima uchun Fransiyaga qarshi chiqib, bu viloyatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan?
  1. Flandriya Angliyaning eng yirik vino yetkazib beruvchisi edi
  2. Flandriyada ingliz qirolining qarindoshlari hukmronlik qilar edi
  3. Flandriya ingliz feodallari mulki bo‘lgan Akvitaniya bilan chegaradosh edi
  4. Sanoat hududi bo‘lgan Flandriya inglizlarning jun xomashyosisiz ish ko‘ra olmas edi

To‘g‘ri javob: Sanoat hududi bo‘lgan Flandriya inglizlarning jun xomashyosisiz ish ko‘ra olmas edi. Flandriya sanoat hududi sifatida ingliz junisiz ishlay olmasdi, shuning uchun Angliya uni qo‘llab-quvvatlagan va bu Fransiya bilan raqobatni keskinlashtirgan.

Kapetinglar sulolasidan bo‘lgan Fransiya qiroli Filipp IV qaysi yilda vafot etgan?
  1. 1314-yilda
  2. 1294-yilda
  3. 1337-yilda
  4. 1328-yilda

To‘g‘ri javob: 1314-yilda. Filipp IV 1314-yilda vafot etgan; uning o‘rniga Valualar xonadonidan Filipp VI taxtga o‘tirgan.

Filipp IV vafotidan keyin Fransiya taxtiga o‘tirgan Filipp VI qaysi xonadondan bo‘lgan?
  1. Kapetinglar
  2. Valualar
  3. Burbonlar
  4. Plantagenetlar

To‘g‘ri javob: Valualar. Munosib nomzod topilmagani uchun Valualar xonadonidan bo‘lgan Filipp VI taxtga o‘tirgan.

Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp IV ga kim bo‘lgan?
  1. Ukasining o‘g‘li — jiyani
  2. Singlisining o‘g‘li — jiyani
  3. Qizining o‘g‘li — nabirasi
  4. O‘g‘lining o‘g‘li — nabirasi

To‘g‘ri javob: Qizining o‘g‘li — nabirasi. Eduard III Filipp IV ning qizining o‘g‘li, ya’ni nabirasi edi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. General shtatlarKeyingi →Fransiyani birlashtirishning tugallanishi va uning natijalari