XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 25-mavzu

Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari madaniyati

SIZ BILIB OLASIZ:

OSIYODA ILM-FAN VA SAN’AT

Rivojlangan o‘rta asrlarda Osiyo mamlakatlari astronomiya, geografiya, matematika, falsafa va boshqa fanlarda katta yutuqlarga erishdilar. Xususan, islom olamida xalqlarning umumiy tillarga ega bo‘lishi olimlarning bir-birini o‘zaro tushunishi va birgalikda fanlarni rivojlantirishiga katta hissa qo‘shgan. Bu davrda eng taraqqiy etgan fanlardan biri astronomiya bo‘ldi. Osiyoning ba’zi shaharlarida quyosh, oy, yulduzlar joylashuvini mukammal o‘rganadigan

“Kitob al-Burxon” qo‘lyozmasida oy fazalari

Sayohatnoma

Matematik va astronom Nosiriddin at-Tusiy rasadxonalar barpo etildi. Xususan, XIII–XV asrlarda Marog‘a, Samarqand, Istanbul rasadxonalari faoliyat yuritgan. XIII asrda Nosiriddin at-Tusiy boshchiligidagi astronomiya maktabi vakillari Qutb Sheroziy, Muayyad al-Urdiy, Muhammad ash-Shotirlar Ptolemey nazariyasini inkor etdi. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib kuzatgan holda N. Kopernikdan 300 yil oldin bu jarayonni isbotlab berdi. Bu kashfiyot fanda “Marog‘a inqilobi” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Islom mamlakatlarida astronomiyaning rivojlanishi o‘z o‘rnida geografiya fanining taraqqiy etishiga, kishilarning dunyoni o‘rganishiga yordam berdi. Xususan, arab sayyohi Ibn Battuta XIV asrning birinchi yarmida Afrika, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy va Ispaniyaga qadar sayohat qilgan. Bu va boshqa sayohatlar davomida musulmon geograflari mamlakatlarning aniq xaritalarini tuzib, masofalarni hisoblashning yangi usullarini ishlab chiqdilar. Rivojlangan o‘rta asrlarda Sharqning turli min-

Sayohatnoma

Aslida XV asrda bo’lgan.

taqalarida, xususan, O‘rta Osiyo, Koreyada ilm-fanning ravnaq topishi turli akademiyalarning tashkil etilishiga olib keldi. XIV asrda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Samarqandda akademiya tashkil etilib, uning tarkibida rasadxona, madrasa va boy kutubxona faoliyat yuritgan. XV asrda Sejong hukmronligi davrida Koreya qirollik akademiyasi tashkil etilib, unga iqtidorli yoshlar jalb etilgan. Akademiyada yosh olimlar tahsil olishi bilan birga qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar ham olib borilgan. Akademiyada aholining savodxonligini oshirish uchun yigirma sakkiz harfdan iborat koreys fonetik alifbosi yaratildi.

XIII–XV

asrlarda Osiyo mamlakatlarida me’morchilik yuqori darajada rivojlandi. Osiyolik me’morlarning ijodi jahon me’morchiligi tarixida Yevropa, Afrika, Amerikadagi inshootlardan ko‘plab xususiyatlari bilan ancha yuqori turgan. Bu davr me’morlari turli inshootlarni qurishda matematik hisob-kitoblardan kelib chiqib mukammal uslublardan foydalanishgan. Me’morlar loy, tosh, gips va boshqa qorishmalardan foydalanib, inshootlarni geometrik figuralar (kvadrat, uchburchak, doira) bilan murakkab me’moriy tuzilmalar va naqshinkor bezaklarga boy qilib qurishgan. Bu davrda Qutb minor (Dehli, XIII asr), Sulton Xon karvonsaroyi (Ko‘nyo, XIII asr), Al-Firdavs madrasasi (Halab, XIII asr), Yunlegun monastiri (Shansi, XIII asr), Oq pagoda (Pekin, XIII asr), Oltin pavilyon (Kioto, XIV asr oxiri), Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand, XV asr), Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi (Turkiston, XV asr), To‘pqopi saroyi (Istanbul, XV asr), Kumush pavilyon (Kioto, XV asr oxiri) va boshqa inshootlar juda mashhur bo‘lgan.

XIII–XV

Mudofaa inshootlari ichida, shubhasiz, Buyuk Xitoy devori tengsiz hisoblanadi. Mazkur inshootning bugungi kungacha saqlanib qolgan qismlari asosan Min sulolasi davrida (1368–1644) qurilgan. Bu davr qurilishida asosan g‘isht va tosh bo‘laklari kabi mustahkam materiallardan foydalanilgan. Buyuk Xitoy devori transport yo‘lagi, chegara nazorati, kuzatuv minoralari, qo‘shin uchun kazarma (harbiy qism joylashtiriladigan maxsus bino) kabi mudofaaga xos vazifalarni bajargan.

Qutb minor

BILAG‘ONLAR UCHUN

Yaponiyadagi Oltin pavilyon 1397-yili syogun Asikaga Yoshimitsu tomonidan qurilgan. Bu inshoot uch qavatdan iborat yog‘och konstruksiyali saroy bo‘lib, uning barcha uch qavati to‘rt tomondan ochiq ayvonlar bilan o‘ralgan. Ushbu saroyning birinchi qavati yashash joyi bo‘lgan, ikkinchi qavati musiqa va she’riyat bilan shug‘ullanish, uchinchisi esa ibodat qilish uchun mo‘ljallangan edi.

To‘pqopi saroyi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi

AFRIKA MAMLAKATLARIDA MADANIY HAYOT

Rbo‘lib, ular Malining asosiy shaharlarida muhim lavozimlarda faoliyat yuritganlar. Songay hukmdori Buyuk Askiya islom dinini mustahkamlash yo‘lidan borib mamlakat ivojlangan o‘rta asrlarda Afrika qit’asida madaniy jarayonlar Mali va Songayda nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Madaniy jihatdan yuksalgan Malida islom dini muhim ahamiyat kasb etgan. Chunonchi, XIII asrda Mansa Muso ta’limni rivojlantirish va islom dinini keng yoyish orqali madaniy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqqan. O‘rta asrlarda ko‘plab madrasa va masjidlari bo‘lgan Tombuktu, Jenne, Gao kabi shaharlar Afrikadagi islom dini va ilm markazlari sifatida shuhrat qozondi. Bu madrasalarda diniy ta’lim bilan birgalikda grammatika, matematika, geografiya, tarix, fizika, astronomiya, kimyo kabi fanlar ham chuqur o‘rgatilgan. Madrasani muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar hadis, fiqh, savdo sohalarining bilimdoni va a’lo xulq-atvor ramzi sifatida ko‘rilgan salla bilan taqdirlangan. Madrasa bitiruvchisi qozi yoki mudarris darajasida da arab tili va uning o‘qiti lishini qo‘llab-quvvatladi. Tombuktu shahrida maktab, kutubxona, madrasa va masjidlar soni har qachongidan ham ko‘paydi. Bu vaqtda Tombuktudagi Sankore madrasasi ayniqsa mashhur edi. Bu ilm dargohiga G‘arbiy Afrikaning turli burchaklaridan talabalar matematika, tibbiyot, grammatika va huquqni o‘rganish uchun kelishgan. Jenne shahridagi madrasa tibbiyot ilmining sifatida bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Xususan, bu ilm dargohida chivinlar orqali tarqaladigan bezgak kasalligiga qarshi muolajalar ishlab chiqilgan, insonning ko‘z sohasidagi qator kasalliklariga doir murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan.

Aslida XIV asr

Tombuktu qo‘lyozmasi

VA NIQOB YASASH SAN’ATI

arbiy Afrikada san’atning barcha turlari ichida haykaltaroshlik eng rivojlangan sohalardan biri bo‘ldi. Afrikalik haykaltaroshlar yog‘och, mis, loy, fil suyagi, tosh va boshqa materiallardan bezakli haykallar hamda o‘ymakorlik buyumlarini mohirlik bilan yasaganlar. Aksariyat hollarda bu haykallar diniy marosimlarda ajdodlar ruhiga sig‘inish uchun yasalgan. Shuning uchun ham haykallarning aksariyati xudolar va qabila ajdodlari siymosini aks ettirgan. Diniy marosimlarda haykallar vositasida ilohlar hamda ajdodlar ruhidan madad so‘rab duo va iltijolar qilingan. Duolari ijobat bo‘lganida minnatdorchilik sifatida xudolar uchun turli haykallar yasashgan. Bu haykallar muqaddas joylarda saqlanib, oddiy kishilarning ko‘rishi man etilgan. Afrikada haykallardan tashqari har xil niqoblarni ham yasashgan.

VA NIQOB YASASH SAN’ATI

Yog‘ochdan yasalib, turfa ranglarda bo‘yalgan bu niqoblarda sirtlon, sher, maymun, ohu va boshqa hayvonlarning qiyofalari tasvirlangan. Odamlar bu niqoblarni marosimlar paytida, olov atrofida raqsga tushishganida taqib olishgan. Kishilarning hayvonlarga taqlid qilib niqob taqqan holda turli marosimlarni bajarishi inson hamda tabiatning o‘zaro jipslikda va hamkorlikda yashayotganligini namoyish etish bo‘lgan.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Inklar Quyosh xudosiga sig‘inganlar. Inklar qo‘l ostiga o‘tgan hududlar majburiy tarzda bu dinni rasmiy qabul qilishi shart bo‘lgan. Ammo, shu bilan birgalikda, bosib olingan hududlardagi odamlarga o‘zlarining mahalliy xudolariga ham sig‘inishini taqiqlamagan. Inklar uchun din hayotning muhim qismi sifatida qaralgan. Ular doimiy ravishda Quyosh xudosi uchun diniy marosimlarni o‘tkazganlar.

Atsteklar xudolar insonlar hayotini nazorat qiladi, tabiat hodisalari orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi deb hisoblashgan. Bu xalqlar hayotning birlamchi manbayi sifatida quyosh nuri va yomg‘irni tushunishgan. Urush va yomg‘ir ma’budlariga alohida ehtirom ko‘rsatishgan. Bu xudolarga bag‘ishlab poytaxt markazida ulkan zinapoyali ibodatxona barpo etilgan, ularga atab qurbonlik marosimlarini o‘tkazganlar. Astronomiyani chuqur o‘rganib, Mayya taqvimiga o‘xshash o‘zlarining taqvimini yaratganlar. Taqvim ularga jang boshlash, marosimlarni o‘tkazish hamda ekinlarni ekish va yig‘ishtirib olish uchun yordam bergan. Ular tabobatda 100 dan ortiq o‘simliklarni dori sifatida ishlatishgan.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Atsteklar arxitektura, haykaltaroshlik va zargarlik sohalarida bilimlarga ega bo‘lishgan. Xususan, mamlakat noqulay geografik hududda joylashganligi tufayli, ular yirik suv havzasidagi orolni qirg‘oq bilan bog‘lash uchun toshdan yo‘l va ko‘priklar, aholini chuchuk suv bilan ta’minlash maqsadida esa kanallar tarmog‘ini barpo etganlar. Mohir tosh yo‘nuvchi ustalar piramida shaklidagi ulkan tosh ibodatxonalarini qurganlar. Tenochtitlanda xuddi shunday ko‘plab tosh ibodatxonalar bor edi. Bu ibodatxonalar xudolar va xalq qahramonlarining toshdan yasalgan haykallari bilan bezatilgan.

Atsteklarda davlat lavozimlarida ishlovchi kishilar asosan zodagonlardan yetishib chiqqan. Zodagonlar farzandlarini davlat boshqaruvi, moliya, qishloq xo‘jaligi, harbiy boshliqlar yoki ruhoniylar tayyorlaydigan maxsus maktablarda o‘qitishgan.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Inklar mamlakatida rasmiy ishlar kechua tilida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning rasmiy yozuvi bo‘lmagan. Ular yozuv o‘rnida kipu deb nomlangan tugunli xatlardan foydalanishgan. Kipuni ayrim kishilargina tushunishgan. Ink davlatida maxsus kishilar bo‘lib, ular mamlakat tarixi, xalq afsonalari va urf-odatlari, umuman, buyuk janglardan tortib kundalik hayotgacha bo‘lgan barcha voqealarni qo‘shiq yoki she’riy tarzda yozib, keyingi avlodga o‘tishi uchun javobgar bo‘lishgan. Inklarda zodagonlarning o‘g‘il farzandlari Kuskodagi maktablarga borishgan. Bo‘lajak amaldor va ruhoniylar tayyorlaydigan bu maktablarda din, tarix, huquq va kechua tili mukammal o‘rgatilgan. Quyi tabaqa vakillarining farzandlari esa ota-onalarining kasb-korini o‘rganishgan. Shuning uchun ham ko‘pchilik bolalar maktabga bormagan. Ba’zan iqtidorli yoshlar tanlab olinib, to‘quvchilik, pazandachilik va dinni o‘rgatish uchun maktablarda o‘qitilgan. Maktabni bitirganidan so‘ng ular hukmdor saroyiga yoki ibodatxonalar xizmatiga yuborilgan.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Tenochtitlan ibodatxonasi (qayta tiklangan)

Inklarda me’morchilik san’ati yuqori darajada rivojlangan. Ular o‘zlarining toshdan bunyod etilgan qal’a va binolari bilan mashhur bo‘lgan. Bu inshootlarning tosh bo‘laklari shu qadar aniq kesib olinganki, ularni bir-biriga mustahkamlash uchun boshqa qorishma ishlatish shart bo‘lmagan. Tosh devorlar yuqori darajadagi mohirona arxitektura uslubi bilan terilgani bois toshlar orasiga hatto pichoq tig‘i ham sig‘magan.

MUNDARIJA

Kirish....................................................................................................................... 3

YEVROPA DAVLATLARI

1-mavzu. Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. General shtatlar..... 8 2--mavzu. Yuz yillik urush: sabablari, yakunlari va oqibatlari................................... 14 3-mavzu. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi va uning natijalari...................... 21 4-mavzu. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi................................ 25

5-mavzu. XIV–XV asrlarda Angliya........................................................................ 30 6-mavzu. Germaniyada ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot...................................... 35 7-mavzu. Italiya: shahar-respublikalar va Rim papalari davlati............................... 40 8-mavzu. Pireney yarimoroli mamlakatlari: Ispaniya va Portugaliya........................ 45

YEVROPA DAVLATLARI

9-mavzu. Rus knyazliklarida ijtimoiy-siyosiy hayot.................................................. 52 10-mavzu. Bolqon mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa................................ 58

II BOB. OSIYO, AFRIKA VA AMERIKA XALQLARI

11-mavzu. Uch qit’ani birlashtirgan sultonlik (Usmoniy turklar davlati)....................... 66

12--mavzu. O‘rta asrlarda Eron.................................................................................. 72 13-mavzu. Oltin O‘rda xonligi.................................................................................... 77 14-mavzu. O‘rta asrlarda Hindiston........................................................................... 84 15-mavzu. O‘rta asrlarda Xitoy.................................................................................. 89 16-mavzu. O‘rta asrlarda Yaponiya va Koreya........................................................... 96

II BOB. OSIYO, AFRIKA VA AMERIKA XALQLARI

17-mavzu. O‘rta asrlarda Afrika............................................................................... 102 18-mavzu. O‘rta asrlarda Amerika xalqlari.............................................................. 108

XALQLARINING IJTIMOIY- IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI

19-mavzu. O‘rta asrlar Yevropa aholisining kundalik hayoti..................................... 116

20-mavzu. XIII–XV asrlarda Yevropa iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari.... 122 21-mavzu. Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari iqtisodiy hayoti................................... 128 22--mavzu. Yevropada ilm-fan.................................................................................. 134 23-mavzu. Yevropada me’morchilik va san’at.......................................................... 140

24-mavzu. Ilk Uyg‘onish davri madaniyati................................................................ 146 25-mavzu. Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari madaniyati......................................... 152

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rivojlangan o‘rta asrlarda islom olamida turli fanlarning birgalikda rivojlanishiga qaysi omil katta hissa qo‘shgan?
  1. Barcha mamlakatlarda rasadxonalarning bir vaqtda ochilishi va olimlarga bir xil maosh to‘lanishi
  2. Xalqlarning umumiy tillarga ega bo‘lishi tufayli olimlarning bir-birini o‘zaro tushunishi
  3. Yevropa olimlarining Osiyo shaharlariga ko‘chib kelishi va bu yerda maktablar ochishi
  4. Davlat chegaralarining yo‘q qilinishi va yagona hukmdor hokimiyati o‘rnatilishi

To‘g‘ri javob: Xalqlarning umumiy tillarga ega bo‘lishi tufayli olimlarning bir-birini o‘zaro tushunishi. Islom olamida xalqlarning umumiy tillarga ega bo‘lishi olimlarning bir-birini tushunishiga va fanlarni birgalikda rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

Marog‘a, Samarqand va Istanbul rasadxonalari qaysi asrlarda faoliyat yuritgan?
  1. XV–XVII asrlarda
  2. X–XII asrlarda
  3. XIII–XV asrlarda
  4. XI–XIII asrlarda

To‘g‘ri javob: XIII–XV asrlarda. Marog‘a, Samarqand, Istanbul rasadxonalari XIII–XV asrlarda faoliyat yuritgan.

Nosiriddin at-Tusiy boshchiligidagi astronomiya maktabi vakillari Ptolemey nazariyasini qaysi asrda inkor etgan?
  1. XIII asrda
  2. XVI asrda
  3. XI asrda
  4. XV asrda

To‘g‘ri javob: XIII asrda. At-Tusiy maktabi vakillari XIII asrda Ptolemey nazariyasini inkor etgan.

Nosiriddin at-Tusiy maktabi olimlari Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini N. Kopernikdan necha yil oldin isbotlab bergan?
  1. 500 yil
  2. 200 yil
  3. 300 yil
  4. 100 yil

To‘g‘ri javob: 300 yil. Bu olimlar Yer aylanishini N. Kopernikdan 300 yil oldin isbotlagan.

At-Tusiy maktabi olimlarining Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlagan kashfiyoti fanda qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
  1. “Samarqand inqilobi”
  2. “Qohira inqilobi”
  3. “Bag‘dod inqilobi”
  4. “Marog‘a inqilobi”

To‘g‘ri javob: “Marog‘a inqilobi”. Bu kashfiyot fanda “Marog‘a inqilobi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.

Arab sayyohi Ibn Battuta qaysi asrning birinchi yarmida Afrika, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy va Ispaniyaga sayohat qilgan?
  1. XIV asrning
  2. XIII asrning
  3. XV asrning
  4. XII asrning

To‘g‘ri javob: XIV asrning. Ibn Battuta XIV asrning birinchi yarmida bir qancha mintaqalarga sayohat qilgan.

Quyidagi shaharlardan qaysi birida XIII–XV asrlarda rasadxona faoliyat yuritgan?
  1. Marog‘a
  2. Qohira
  3. Bag‘dod
  4. Isfahon

To‘g‘ri javob: Marog‘a. XIII–XV asrlarda Marog‘a, Samarqand va Istanbul rasadxonalari faoliyat yuritgan.

Ptolemey nazariyasini inkor etgan astronomiya maktabiga kim boshchilik qilgan?
  1. Rashiduddin Fazlulloh
  2. Nosiriddin at-Tusiy
  3. Ibn Sino Buxoroiy
  4. Ibn Xaldun Tunisiy

To‘g‘ri javob: Nosiriddin at-Tusiy. Maktabga XIII asrda Nosiriddin at-Tusiy boshchilik qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIlk Uyg‘onish davri madaniyati