XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 24-mavzu

Ilk Uyg‘onish davri madaniyati

SIZ BILIB OLASIZ:

PAYDO BO‘LISH OMILLARI

Antik davrda qadimgi Yunoniston va Rimda adabiyot, san’at va me’morchilik gullab-yashnagan. Aflotun, Arastu, Suqrot va boshqa mutafakkirlar ko‘plab asarlar bitib, insoniyat taraqqiyotiga hissa qo‘shdilar. Vaqt o‘tishi bilan ikki madaniyat o‘chog‘i tanazzulga yuz tutib, qolaversa, xristianlikning paydo bo‘lishi bilan diniy omillar tufayli ba’zi qadriyatlar o‘zgara boshladi. Oqibatda yirik madaniyatlar go‘yo “uyquga ketadi”. XIV asrga kelib Italiyaning bir qator shaharlari – Florensiya, Genuya, Milan va Venetsiya savdo markazlariga aylanib, Osiyo mamlakatlari bilan savdoda yetakchilik qildilar. Bu mintaqada hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi o‘z o‘rnida madaniyat o‘choqlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bunday sharoitda madaniy jarayonlarning yuz berishi Renessans – Uyg‘onish davri deb nomlandi.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Renessans so‘zi uyg‘onish, qayta tiklanish degan ma’noni anglatadi. Renessans davri Italiyada boshlangan va keyinchalik Yevropaning ko‘p qismiga tarqalgan madaniy harakatdir. Bu oddiy o‘zgarish emas, balki dunyo hech qachon ko‘rmagan san’atning yaratilishiga olib kelgan inqilobiy jarayon edi. Renessans davri namoyandalari qadimgi yunon va rim madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning yangilanishidan ilhomlangan.

Renessans tarixi odatda uchta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi: Ilk Uyg‘onish bosqichi (1420–1500-yillar), Rivojlangan Uyg‘onish bosqichi (1500–1527-yillar), So‘nggi Uyg‘onish bosqichi (1530–1620-yillar).

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Italiyaning madaniy hayotidagi o‘zgarishlarda qadimgi Rim madaniyatining bevosita vorisi bo‘lganligi ham muhim rol o‘ynadi. Panteon, Kolizey va Rim forumlari xarobalari, Rim zodagonlarining haykaltaroshlik namunalari hamda freskalar bilan bezatilgan hashamatli saroylari kishilarni o‘tmishdagi buyuk madaniyatni eslashga majbur qildi. Italiyaning qadimiy merosiga yangicha munosabat madaniy yuksalishga poydevor bo‘ldi. Bundan tashqari, cherkovning jamiyatning barcha sohalari ustidan nazorat qilishi va o‘z ta’sirida ushlab turishiga qarshi turish kayfiyati ham Renessans davrining shakllanishiga turtki bo‘ldi. Diniy mafkuradan farqli ravishda dunyoviy manfaatlar ustun bo‘lgan insonparvarlik mafkurasi vujudga keldi.

O‘ZIGA XOS JIHATLARI XIV

asr oxiriga kelib ilm va fanga nisbatan qiziqish ortib bordi. Bu davrda grammatika, nutq, she’riyat, tarix, filologiya (yunon va lotin tillari) kabi gumanitar fanlarga ko‘proq e’tibor berildi. Gumanitar fanlarni o‘rganish insonparvarlik deb nomlanuvchi yangicha fikrlash va o‘rganish uslubini yuzaga chiqardi. Gumanitar fanlarning mashhurligi ko‘p jihatdan qadimgi tarixga qiziqish bilan bog‘liq edi. Bu qiziqish yevropaliklar yo‘qolgan deb hisoblagan ko‘plab qadimiy yozuvlarni qayta tiklash natijasida yuzaga keldi. Italiya olimlari qadimiy matnlarni o‘qib chiqqach, Yunoniston va Rimning ulug‘vorligini qaytadan kashf etib, mumtoz madaniyatning yangilanishini orzu qilishdi. Yevropada iqtisodiy jarayonlarning tez rivojlanishi jamiyatda o‘rta sinfning tarkibi va mavqeyini kuchaytirib yubordi. Natijada, boy o‘rta sinf yuqori mavqe va hokimiyat egasiga aylanib bordi. O‘rta sinfning yuksalishi faqat Italiya bilan cheklanmagan. Bu ijtimoiy guruhning moliyaviy va siyosiy yuksalishi butun Yevropada yaqqol namoyon bo‘ldi. Boy savdogar va ishbilarmonlarning ko‘pchiligi o‘z tadbirkorligi bilan shu qadar band bo‘lishiga qaramay, adabiyot va san’atga qiziqishi baland edi. Bu qiziqish natijasida ularning bir qismi san’at ahlining homiylariga aylandilar. Uyg‘onish davri madaniy hayotida asosiy e’tibor diniy omillarga emas, balki inson shaxsiga qaratildi. Inson tabiatning eng yaxshi ijodi sifatida tushunilib, insoniylik g‘oyalari tarannum etildi. Uyg‘onish davri inson tafakkurining yuksak namunalarini, badiiy iste’dodni dunyoga keltirgan, shaxsning o‘ziga xosligini ochib bergan tarixiy davr bo‘ldi.

O‘ZIGA XOS JIHATLARI XIV

Yangi madaniyatning dastlabki kurtaklari XIII asrning ikkinchi yarmi – XIV asr boshlarida namoyon bo‘la boshladi.

Insonparvarlik dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish da Dante Aligyeri, Fran chesko Petrarka, Jovanni

Bokkachcho, Koluchcho

Salutati kabi mashhur shoir, faylasuf, olim va siyosat arboblarining alohida o‘rni bor. Bu davr vakillaridan F. Petrarka va J. Bokkachcholar ilk bor yuksak obraz va fikrlarni ochiq, umumiy tilda ifodalay boshlagan ijodkorlar bo‘ldi. Ushbu yangilik katta hayajon bilan qabul qilindi va boshqa mamlakatlarda ham tarqaldi. D. Aligyeri esa o‘z asarlarini cherkov tili bo‘lmish lotin tilida emas, balki italyan tilida yozdi. Shundan so‘ng boshqa ijodkorlar ham o‘zlarining asarlarida umumiy tillardan foydalanishda davom etganlar.

ILK UYG‘ONISH DAVRIDA SAN’ATNING RIVOJLANISHI

Bu davrda Yevropada me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik yuksaldi. Xususan, o‘rta asrlar me’morchiligi mumtoz antik davr ko‘rinishlari bilan o‘zaro uyg‘unlikda yaratildi. Keyinchalik, gumanizm g‘oyalari ta’sirida rassomlar o‘rta asrlar an’analaridan voz kechib, qadimgi san’at namunalaridan foydalana boshladi. Uyg‘onish davri arxitekturasining asoschisi florensiyalik Filippo Brunelleski (1377–1446) edi. Santa Mariya soborining ulkan gumbazi va Florensiya Bolalar uyidagi galereyalar uning eng mashhur ijod namunalari hisoblanadi. Santa Mariya sobori gumbazining yaratilishi Renessans davri me’morchiligining rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi.

ILK UYG‘ONISH DAVRIDA SAN’ATNING RIVOJLANISHI

Ilk Uyg‘onish davrida madaniyatning alohida ko‘rinishi rassomchilik hisoblanadi. Bu davrda yetuk rassomlar yetishib chiqib, ularning ijodi keyingi davr rassomlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi. Xususan, florensiyalik rassom Tommazo Mazachcho (1401–1428) Ilk Uyg‘onish davrining birinchi rassomi hisoblanadi. Mazachcho “Statir mo‘jizasi” va boshqa shu kabi o‘z davrining mashhur san’at asarlarini yaratgan. “Statir mo‘jizasi” asari noyob kompozitsion xususiyatlarni aks ettirgan holda rassomning yuksak mahorati va iste’dodini namoyon qilgan.

Ayni paytda Italiyaning bir qancha shaharlarida taniqli rassomlar ijod qilishgan. Xususan, Jovanni Santi (Rafael Santining otasi) Urbino shahrida,

O‘YLANG VA XULOSA QILING!

Agar u yerda bo‘lganingizda... Siz myunxenlik talabasiz, Italiyaning Bolonya shahridagi universitetda huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olmoqdasiz. Renessans davrida Italiyadagi hayot juda hayajonli! Siz rassomlar va yozuvchilar bilan uchrashgansiz, san’at va adabiyot haqida ko‘p narsalarni o‘rgandingiz. Siz o‘rgangan hamma narsangizni shahringizdagi odamlarga aytishni orziqib kutasiz. Bolonyadagi do‘stlaringiz sizga yuksak me’morchilik obidalarini ham ko‘rsatishdi. Siz Italiyada ko‘rganlaringiz haqida o‘z yaqinlaringiz va do‘stlaringizga qanday hikoya qilasiz?

Franchesko del Kossa Ferrara shahrida, Andrea Mantenya Mantua shahrida, Pyetro Perujino Peruja shahrida, Jovanni Bellini Venetsiya shahrida mashhur bo‘lib, rassomchilik san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shdilar. Ilk Uyg‘onish davri rassom va haykaltaroshlaridan biri Andrea del Verrokkio (1435–1488) bo‘lgan. Andrea del Verrokkioning ustaxonasida Sandro Bottichelli, Pyetro Perujino va Leonardo da Vinchi kabi Uyg‘onish davri buyuk rassomlari san’at sirlarini o‘rgangan. Andrea del Verrokkio haykaltaroshlik sohasida “David”, “Iso Masih va avliyo Foma”, “Qo‘mondon Bartolomeo Kolleoni” haykali kabi mashhur san’at asarlarini yaratdi.

SAQLANG!

Andrea del Verrokkioning “Qo‘mondon Bartolomeo Kolleoni” nomli haykali Venetsiyadagi San Jovanni maydonida o‘rnatilgan bo‘lib, bu ulug‘vor ot haykali kompozitsiyasi Yevropa mumtoz san’atida barchaga namuna bo‘ldi.

Iko‘rsatib berishgan. Ikkinchidan, rassomlar realizmni mohirona tasvirlashdi. Ular toshlardan tortib gullargacha bo‘lgan borliqni shu qadar aniq bo‘yashdiki, bu narsalar umuman chizilganga o‘xshamasdi, balki rasmga yopishtirilgandek, deyarli haqiqiy bo‘lib ko‘ringan. Uchinchidan, Injilda tasvirtaliya va unga yondosh hududlardagi universitet bitiruvchilari, san’at vakillari, sayohatchilar, qolaversa, matbaa sohasining rivojlanishi Uyg‘onish davri yangi g‘oyalarining butun Yevropa bo‘ylab tarqalishiga yordam berdi. Xususan, Yevropaning turli burchaklaridan kelgan talabalar universitetlarda o‘qish uchun Italiyaga borishgan. Ushbu universitetlardagi o‘qituvchilarning aksariyati gumanistlar edi. Gumanist o‘qituvchilardan tahsil olgan shimoliy yevropalik talabalar yangi g‘oyalarni o‘zlari bilan vatanlariga olib ketishgan. Bundan tashqari, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada yangi universitetlar ochildi. Ushbu maktablar gumanistlar tomonidan tashkil etilganligi sababli, Uyg‘onish davri odamlarining qadr-qimmati haqidagi g‘oyalari butun Yevropaga tarqaldi. Shimoliy yevropaliklar ham Uyg‘onish davrining san’at haqidagi ba’zi g‘oyalarini o‘zgartirdilar. Birinchidan, rasmlardagi odamlar yunon xudolariga o‘xshamasdi. Buning o‘rniga, ular oddiy kishilarni boricha tasvirlab, haqiqiy hayotni langan voqealar Italiya Uyg‘onish davri san’atining an’anaviy mavzusi edi. Bundan farqli o‘laroq, shimollik rassomlar kundalik hayot sahnalarini chizdilar. Yan van Eyk Shimoliy yg‘onish davri kashfiyotlar, izlanishlar va ixtirolar, boshqacha aytganda, katta o‘zgarishlar davri edi. Bu davrda ilm-fan, falsafa, rassomchilik va haykaltaroshlik bilan bir qatorda musiqaga ham qiziqish kuchaydi. O‘rta asrlarda cherkovga kelgan dindorlar Xudoni madh etib, hamd-u sanolardan iborat bo‘lgan qo‘shiqlarni lotin tilida kuylashgan. Ibodat davomida dindorlar rohibga jo‘r bo‘lib, u bilan bir xil ohangda kuylashi, go‘yoki ularning ruhiyatini tinchlantirib, Xudoga yanada yaqinlashtirgan. Ayni shu davrga kelib kishilar nafaqat cherkovda, balki o‘z uylarida ham musiqadan zavqlanishni xohlay boshlashdi. Gumanistlar ham insonning har tomonlama barkamol va bilimli bo‘lishi uchun musiqani tushunishi, qo‘shiq aytishni bilishi muhim degan fikrda edi. Bundan tashqari, matbaa ixtirosi an’anaviy va zamonaviy kompozitsiyalarni ijro etishni o‘rganmoqchi bo‘lganlarga notalarni tarqatish imkonini berdi. Bu omillarning barchasi musiqa san’ati rivojlanishini taqozo etardi. Shu tariqa musiqa tobora ko‘proq shaxsiy ifoda masalasiga aylanib bordi. Bu esa kishilarning qo‘shiq aytishning turli usullarini sinab ko‘rishi va yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochdi. Uyg‘onish davrida ko‘plab bastakorlar o‘zlarining musiqalarini yozishni boshladilar. Ularning aksariyati diniy va kundalik hayot tasvirlangan dunyoviy musiqalarni yozishgan. Uyg‘onish davrida Jovanni Ambrozio, Domeniko da Ferrara (Italiya), Xuan de Urrede (Ispaniya) va boshqa mashhur san’at namoyandalari musiqa rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar.

SAQLANG!

Yevropada Uyg‘onish davrining yirik vakillaridan biridir. Van Eyk moybo‘yoqning yangi turlarini ishlab chiqib, rasmlariga o‘tkir va yorqin ko‘rinish berdi. U o‘z rasmlarida yorug‘likni tasvirlashning yangi usullarini kashf etdi. U rasmdagi eng mayda detallarni ham real tasvirlay olgan. Van Eyk Flandriyada yashovchi italiyalik tadbirkor uchun chizgan “Jovanni Arnolfini” portretida obyektlarning kiyimlari to‘qimasini, shuningdek, ochiq derazadan tushayotgan yorug‘likni o‘ziga xos tarzda ifodalab ko‘rsata olgan.

MUSIQA SAN’ATI

Ayol musiqachilar

ATAMALAR

IZOHI Statir (ayrim manbalarda stater) – antik davrda pul birligi.

1. Uyg‘onish davrini qanday bosqichlarga bo‘lish mumkin?

Savollar: 2. Ilk Uyg‘onish davri vakillarining san’ati boshqa davrlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?
Savollar: 3. Uyg‘onish davrida Shimoliy Yevropa vakillari madaniyat va san’atning rivojlanishiga qay darajada hissa qo‘shganlar?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qaysi asrga kelib Florensiya, Genuya, Milan va Venetsiya Osiyo mamlakatlari bilan savdoda yetakchilik qildi?
  1. XIV asr
  2. XIII asr
  3. XII asr
  4. XVI asr

To‘g‘ri javob: XIV asr. XIV asrga kelib Italiyaning bir qator shaharlari savdo markazlariga aylanib, Osiyo bilan savdoda yetakchilik qilgan.

Italiyada boshlangan, hunarmandchilik va savdo rivojlangan sharoitdagi madaniy jarayonlar qanday nom oldi?
  1. Reformatsiya – Islohot davri
  2. Renessans – Uyg‘onish davri
  3. Restavratsiya – Tiklanish davri
  4. Prosveshenie – Ma’rifat davri

To‘g‘ri javob: Renessans – Uyg‘onish davri. Italiyadagi madaniy jarayonlar Renessans – Uyg‘onish davri deb nomlandi.

XIV asrga kelib Osiyo mamlakatlari bilan savdoda yetakchilik qilgan Italiya shaharlari qaysilar?
  1. Rim, Neapol, Peruja va Mantua
  2. Florensiya, Genuya, Milan va Venetsiya
  3. Parij, Tuluza, Lion va Marsel
  4. Boloniya, Ferrara, Urbino va Peruja

To‘g‘ri javob: Florensiya, Genuya, Milan va Venetsiya. Matnda aynan shu to‘rt shahar savdo markazlariga aylangani aytilgan.

XIV asrda Florensiya, Genuya, Milan va Venetsiya Osiyo mamlakatlari bilan savdoda yetakchilik qildi. Bu shaharlarda madaniyat o‘choqlarining paydo bo‘lishiga bevosita zamin yaratgan omil qaysi edi?
  1. Rim zodagonlarining saroylarini qayta qurish ishlari
  2. Cherkovning ta’lim sohasidagi nazoratining kuchayishi
  3. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi
  4. Italiyada yangi dehqonchilik usullarining joriy etilishi

To‘g‘ri javob: Hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi. Matnga ko‘ra, savdo markazlariga aylangan shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksak rivoji madaniyat o‘choqlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Renessans tarixining Ilk Uyg‘onish bosqichi qaysi yillarni qamrab olgan?
  1. 1300–1380-yillar
  2. 1450–1530-yillar
  3. 1380–1450-yillar
  4. 1420–1500-yillar

To‘g‘ri javob: 1420–1500-yillar. Ilk Uyg‘onish bosqichi 1420–1500-yillarni qamrab olgan.

“Renessans” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
  1. Sayohat, yangi yerlar ochish
  2. Inqiroz va chuqur tanazzul
  3. Islohot, cherkovni yangilash
  4. Uyg‘onish, qayta tiklanish

To‘g‘ri javob: Uyg‘onish, qayta tiklanish. So‘z uyg‘onish, qayta tiklanish degan ma’noni bildiradi.

Renessans davri qaysi mamlakatda boshlangan?
  1. Italiyada
  2. Fransiyada
  3. Germaniyada
  4. Niderlandiyada

To‘g‘ri javob: Italiyada. Renessans Italiyada boshlanib, Yevropaning ko‘p qismiga tarqalgan.

Ilk Uyg‘onish bosqichi qaysi yillarni qamrab oladi?
  1. 1500–1527-yillar
  2. 1530–1620-yillar
  3. 1420–1500-yillar
  4. 1350–1420-yillar

To‘g‘ri javob: 1420–1500-yillar. Ilk Uyg‘onish 1420–1500-yillar bosqichidir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYevropada me’morchilik va san’atKeyingi →Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari madaniyati