Buyuk geografik kashfiyotlar. Mustamlaka tizimining shakllanishi
YEVROPADA YANGI DAVRNING BOSHLANISHI
1-MAVZU. BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR. MUSTAMLAKA TIZIMINING SHAKLLANISHI
Siz bilib olasiz: – geografik kashfiyotlarning boshlanishiga sabab bo‘lgan omillarni; – yevropaliklar tomonidan amalga oshirilgan geografik kashfiyotlarni.
Xarita bilan ishlashga doir
topshiriq: Levant – O‘rtayer dengizi sharqiy hududlarining umumiy nomlanishi. Bu hududda qaysi mamlakatlar joylashganini aniqlang.
XV asrga kelib, dunyo sezilarli darajada o‘zgardi. Tadqiqotchilar e’tibori, an’anaviy ravishda, taraqqiyotda oldinga chiqib olgan G‘arb mamlakatlariga qaratildi, ammo, qayd etish lozimki, Yer yuzining hamma joyida — quruqlik va dengizda mislsiz o‘zgarishlar yuz berdi.
Eski dunyoning alohida chekka qismlari Hind okeani bilan bog‘langan edi. Yamanning bir necha asrdan beri ziravorlar savdosini nazorat qilib kelgan Adan shahri savdogarlarining karimiylar uyushmasi XV asrda inqirozga yuz tutdi.
Xarita bilan ishlashga doir
Mo‘g‘ullar imperiyasi tarqalib ketgandan so‘ng – quruqlik orqali savdo qiyinlashib qolgan davrda – dengiz savdosi juda katta foyda keltirar edi. Shu sababli karimiylar o‘rnini Hindistonning Gujorat shahridan bo‘lgan savdogarlar juda tezlik bilan egalladi. Ular Adan va Malakka orollari o‘rtasidagi hududda keng ko‘lamli savdo tarmog‘ini vujudga keltirdi. Adanda hind kemalariga fil suyagi, oltin va Afrikadagi Zanzibar hududi orqali keltirilgan afrikalik qullar, giyohvandlik moddalari, Levantning pushti rang suvi (mushkambar) va venetsiyaliklar olib kelgan mato yuklanardi. Keyin kemalar Hindistonning g‘arbidagi Kambey yoki Surat shaharlariga kelar, bu yerda yuklarning katta qismini qoldirib, Gujorat to‘quvchilari tomonidan tayyorlangan paxta matolarini yuklardi va Kalkutta yoki Seylon orqali Malakka orollariga suzib ketardi. U yerda tovarlarini malay yoki xitoy savdogarlariga o‘tkazib, ziravor hamda xitoy tovarlari — ipak mato va chinni yuklab ortga qaytardi.
Xarita bilan ishlashga doir
XV asr o‘rtalarida Yaponiyaning Okinava oroliga joylashib olgan xitoy savdogarlari o‘ziga xos tizim: Janub (Annam, Siam, Yava, Sumatra, Birma), Xitoy va Shimol (Yaponiya va Koreya)dan iborat “savdo uchburchagi”ni shakllantirdi. Savdo operatsiyalaridan keladigan foyda 1000 foizgacha yetardi. Bu Okinava uchun “oltin davr” bo‘ldi, bu yerda nafaqat qirg‘oq bo‘ylab suzadigan mahalliy kemalarni, balki xalqaro ekipajdan iborat xitoy, yapon va malaylarning “Jonka” kemalarini ham uchratish mumkin edi.
Portugaliyaliklar tomonidan 1419-yili Atlantika okeanidagi Madeyra orollari kashf etildi.
Yevropaliklarning geografik kashfiyotlari. Dunyoning barcha qismida katta o‘zgarishlar yuz berganiga qaramasdan, XV–XVII asrlarda yevropaliklar tomonidan yangi savdo yo‘llarining ochilishi tarixda Buyuk geografik kashfiyotlar nomini oldi. Zotan, aynan yevropaliklar tomonidan yangi savdo yo‘llarining ochilishi, kashf etilgan yerlarning o‘zlashtirilishi va u yerlardagi boyliklarning talanishi kapitalning dastlabki jamg‘arilishi jarayonini tezlashtirdi, mustamlaka tizimining shakllanishini boshlab berdi, jahon bozorining tarkib topishiga, Yevropada savdo kapitalining, bank ishi va kreditning rivojlanishiga olib keldi. Qit’alar o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi, jahon savdosi O‘rtayer dengizi (ayrim manbalarda O‘rta dengiz)dan Atlantika okeaniga ko‘chdi.
Xarita bilan ishlashga doir
1453-yilda Usmoniylar imperiyasi ziravorlar savdosining asosiy yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
Bu yevropaliklarni Hindistonga yangi dengiz yo‘llarini izlashga majbur qildi.
Yodda tuting: Dengizchilarning kashfiyotlari, dengizlarning oqimlari, shamolning yo‘nalishi to‘g‘risidagi bilimlar — kartografiyani; kompas, usturlob kabi asboblar — kemalarni boshqarish san’atini rivojlantirdi va ochiq dengizdagi holatni aniqroq belgilash imkoniyatini berdi.
Yevropaliklar Osiyoga O‘rtayer dengizi orqali o‘tadigan savdo yo‘llari, quruqlikdan o‘tuvchi karvon yo‘llari, jumladan, Buyuk Ipak yo‘li 1453-yili Konstantinopolni zabt etgan turklar tomonidan yopib qo‘yildi. Natijada Yevropa Sharqdan keladigan tovarlardan ajralib qoldi. Matolar, qand, bo‘yoqlar, murch, zanjabil, gullar va ziravorlar Yevropa bozorlariga qariyb kelmay qo‘ydi. Bu hol yevropaliklarni boy Sharq mamlakatlariga yangi yo‘llarni izlashga majbur qildi.
Xarita bilan ishlashga doir
Shunday sharoitda 1492-yil 3-avgust kuni uchta kemada Kolumb ekspeditsi- -yasi yo‘lga chiqdi. Ekspeditsiya boshlanganidan 70 kun o‘tib, 1492-yil 12-oktyabr kuni karavellalar yetib borgan orolni Kolumb “San Salvador” — “Muqaddas Xaloskor” deb atadi. Keyin Gaiti va Kuba orollari kashf qilindi. Dengizchining bu Hindiston ekanligiga ishonchi komil edi va shuning uchun yangi ochilgan yerlarning aholisini “hindular” deb atay boshladi.
Kolumb 1493 –1504-yillar oralig‘ida yana uchta ekspeditsiya uyushtirib, Kichik Antil orollari, Puerto Riko oroli, Yamayka, Trinidad va Markaziy Amerika hamda Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlarini kashf etdi.
Xarita bilan ishlashga doir
Hindistonga eltuvchi dengiz yo‘lini esa portugaliyaliklar kashf etishdi. Portugaliyalik Vasko da Gama ekspeditsiyasi Ezgu umid burnini aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. 1498-yili arab dengizchisi Ahmad ibn Majid ko‘magida ular Hindistonning Kalikutta portiga yetib keldilar. Yevropada sotish uchun ko‘plab mollarni yuklagan ekspeditsiya 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki yil davom etgan sayohat nihoyatda og‘ir kechdi. Yo‘lda ekipaj a’zolarining 2/3 qismi halok bo‘ldi. Lekin Vasko da Gama ekspeditsiyasining muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropa savdogarlari Sharqqa qarab otlandilar. Portugaliyaliklar Hindiston bilan savdo qiluvchi arablarni bu yerdan siqib chiqarishdi. Lissabonga ziravorlar va shirinliklar olib kelgan savdogarlar 800 foizgacha foyda olardilar.
Yodda tuting:
Kolumb karavellalarining nomlari: “Santa- Mariya”, “Pinta” va
“Ninya”.
Yodda tuting:
Internet materiallaridan foydalanib Kolumb ekspeditsiyasi suzib o‘tgan yo‘l bilan tanishing.
Yodda tuting:
Yevropalik va hindularning nikohidan tug‘ilgan farzandlar – “metis”, XVII asr o‘rtalaridan boshlab yevropaliklar va qora tanlilarning nikohidan tug‘ilgan farzandlar – “mulatlar” deb ataladi.
Hindiston bilan savdoni monopoliya qilib olgan portugaliyaliklar bu boy mamlakatga g‘arbiy yo‘lni izlashda davom etdilar. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida florensiyalik dengizchi va astronom Amerigo Vespuchchi portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg‘oqlarini tadqiq etdi va Kolumb ochgan yerlar Hindiston emas, balki yangi materik degan xulosaga keldi. Endilikda yangi materik “Amerika” deb atala boshlandi.
Yodda tuting:
1519-yil 20-sentyabrda portugaliyalik dengizchi Fernando Magellan boshchiligidagi ekspeditsiya Ispaniya qirolining bayrog‘i ostida yo‘lga chiqib, Amerika qit’asi bilan Olovli Yer orasidagi bo‘g‘ozni aylanib o‘tib (keyinchalik u “Magellan bo‘g‘ozi” deb ataldi), notanish ulkan okeanga chiqdi. Magellan bu okeanda suzgan uch oy davomida ob-havo qulay kelib, biron marta ham bo‘ron turmadi va unga “Tinch” deb nom berdi. Ekipaj a’zolarining ko‘pchiligi suvsizlik, ochlik va kasallikdan vafot etdi. Magellan 1521-yil 6-mart kuni Mariana, so‘ng Filippin orollariga yetib keldi va shu yerda mahalliy aholi bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi.
Yodda tuting:
Ekspeditsiyaning qolgan a’zolari ziravorlar yuklab olingan kemalarida suzishni davom ettirib, 1522-yil 6-sentyabr kuni Ispaniyaga yetib keladi. Magellanning 253 dengizchisidan faqat 18 kishi omon qolgan edi. Ammo endi Yer dumaloq ekanligi amalda isbotlandi. Lekin yana uzoq vaqt Magellan sayohatini qaytarishga hech kim jur’at qilmadi va Tinch okeani orqali Osiyo qirg‘oqlariga ochilgan yo‘l amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi.
Ayni paytda Amerikani o‘zlashtirish davom etdi. 1500 –1501-yillari ispan ekspeditsiyalari Janubiy Amerika qirg‘oqlari, Meksika ko‘rfazi, Karib dengizidagi mayda orollarni egallagan edilar.
1510-yildan boshlab Amerikaning ichki hududlarini o‘zlashtirishga kirishildi va dastlabki qo‘rg‘onlar qurilishi boshlandi. XVII asr o‘rtalarigacha davom etgan bu jarayon “konkista” (“bosib olish”) deb nomlanadi. 1519-yili Amerika qit’asida yevropaliklar qurgan birinchi shahar – Panamaga asos solindi.
Yodda tuting:
Dastlab konkistadorlar oldingi davrlarda yig‘ilgan qimmatbaho metallarni qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, XVI asrning 30-yillaridan boshlab boy ruda konlarini muntazam ekspluatatsiya qilish boshlanadi. Peru, Boliviya va Chili hududida topilgan oltin va kumush konlari, Perudagi mis konlari XVI asr o‘rtalariga kelib, dunyoda qazib olinayotgan qimmatbaho metallning yarmini bera boshladi.
Mustamlaka sharoitida hindu qabilalarining yo‘qolib ketishi yuz berdi.
Tinch okeani havzasidagi geografik kashfiyotlar. XVI asrning ikkinchi yarmi — XVII asr boshlarida ispan dengizchilari Tinch okeani havzasida Solomon orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani kashf etishadi. 1605-yili Luis Torres janubda yangi qit’a — Avstraliyani kashf etdi.
1606
Torres bilan deyarli bir paytda, 1606-yili gollandiyalik Villem Yanszon ekspeditsiyasi birinchi bo‘lib Avstraliya qirg‘oqlariga suzib keladi. 1642-yili Abel Tasman Avstraliyani janubdan aylanib o‘tib, uning alohida qit’a ekanligini isbotlaydi va Yangi Zelandiyani kashf etadi.
Shunday qilib, XV–XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar dunyo taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Asosiy savdo yo‘llari O‘rtayer dengizidan Atlantika okeaniga ko‘chdi va bu savdoning xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Yangi yerlarning ochilishi va mustamlakalarga aylantirilishining muhim natijalaridan biri “narx-navo inqilobi” bo‘lib, u Yevropada dastlabki kapitalning jamg‘arilishiga katta turtki bo‘ldi, kapitalistik xo‘jalikning shakllanishini tezlashtirdi va industrial sivilizatsiyaga asos yaratdi.
1606
Savol va topshiriqlar 1. Yozuvsiz xarita, matn va internetdan foydalanib osiyolik savdogarlarning dengizdagi yo‘nalishlari va savdo shaharlarini belgilang.
2. Mustamlaka boyliklarining talanishi — kapitalning dastlabki jamg‘arilishi — mustamlaka tizimining shakllanishi — jahon bozorining tarkib topishi — Yevropada savdo kapitalining, bank ishi va kreditning rivojlanishi “zanjiri” asosida nutq tayyorlang va misollar orqali tushuncha bering.
1606
6. Tinch okeani havzasida geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan dengizchilarning yo‘nalishlarini xaritadan o‘rganing.
Atamalar mazmuni:
Karavella – Yevropada XV– XVII asrlarda keng tarqalgan yelkanli kema turi. Ekspeditsiya – maxsus belgilangan maqsad bilan uyushti riladigan sayohat.
Industrial sivilizatsiya – sanoat, fan va texnikaning taraqqiyotiga asoslangan jamiyat.
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Matnda keltirilgan xarita bilan tanishing va Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan davlatlarni o‘zlashtirilgan yoki “yangi ochilgan” hududlar bilan muvofiqlashtiring.
Badiiy-tarixiy asar bilan ishlashga doir
topshiriq: n.ziyouz.com saytidan Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan”, “Yer markaziga sayohat” asarlarini yuklab oling va o‘qing. Mustaqil ravishda “Dengiz sayohatining afzalliklari shundaki,...”
mazmunida esse yozing.
Muhim sanalar
- 1419-yili — Portugaliyaliklar tomonidan 1419-yili Atlantika okeanidagi Madeyra orollari kashf etildi.
- 1453-yilda — 1453-yilda Usmoniylar imperiyasi ziravorlar savdosining asosiy yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
- 1453-yili — Yevropaliklar Osiyoga O‘rtayer dengizi orqali o‘tadigan savdo yo‘llari, quruqlikdan o‘tuvchi karvon yo‘llari, jumladan, Buyuk Ipak yo‘li 1453-yili Konstantinopolni zabt etgan turklar tomonidan yopib qo‘yildi.
- 1492-yil — Shunday sharoitda 1492-yil 3-avgust kuni uchta kemada Kolumb ekspeditsi- -yasi yo‘lga chiqdi.
- 1492-yil — Ekspeditsiya boshlanganidan 70 kun o‘tib, 1492-yil 12-oktyabr kuni karavellalar yetib borgan orolni Kolumb “San Salvador” — “Muqaddas Xaloskor” deb atadi.
- 1493 –1504-yillar — Kolumb 1493 –1504-yillar oralig‘ida yana uchta ekspeditsiya uyushtirib, Kichik Antil orollari, Puerto Riko oroli, Yamayka, Trinidad va Markaziy Amerika hamda Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlarini kashf etdi.
- 1498-yili — 1498-yili arab dengizchisi Ahmad ibn Majid ko‘magida ular Hindistonning Kalikutta portiga yetib keldilar.
- 1499-yili — Yevropada sotish uchun ko‘plab mollarni yuklagan ekspeditsiya 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi.
- 1500 –1501-yillari — 1500 –1501-yillari ispan ekspeditsiyalari Janubiy Amerika qirg‘oqlari, Meksika ko‘rfazi, Karib dengizidagi mayda orollarni egallagan edilar.
- 1510-yilda — 1510-yildan boshlab Amerikaning ichki hududlarini o‘zlashtirishga kirishildi va dastlabki qo‘rg‘onlar qurilishi boshlandi.
Bilimingizni sinang
Yamanning Adan shahri savdogarlarining karimiylar uyushmasi qaysi asrda inqirozga yuz tutdi?
- XVII asrda
- XIII asrda
- XII asrda
- XV asrda
To‘g‘ri javob: XV asrda. Ziravorlar savdosini nazorat qilgan karimiylar uyushmasi XV asrda inqirozga uchragan.
Mo‘g‘ullar imperiyasi tarqalib ketgach, Adan savdogarlarining karimiylar uyushmasi o‘rnini Gujorat savdogarlari tez egalladi. Bunga qaysi sharoit imkon bergan?
- Karimiylarning Hindistonga kelishini Portugaliya taqiqlagani va portlarni yopib qo‘ygani
- Gujorat savdogarlarining Okinavada xitoylar bilan savdo uchburchagini tuzgani va ipak olgani
- Quruqlik orqali savdo qiyinlashib qolgan davrda dengiz savdosi juda katta foyda keltirgani
- Afrika qullari savdosining butunlay to‘xtatilgani va dengiz yo‘llarining xavfsiz bo‘lib qolgani
To‘g‘ri javob: Quruqlik orqali savdo qiyinlashib qolgan davrda dengiz savdosi juda katta foyda keltirgani. Quruqlik savdosi qiyinlashganda dengiz savdosi katta foyda keltirgan, shu sababli karimiylar o‘rnini Gujorat savdogarlari egallagan.
Qaysi asr o‘rtalarida Okinava oroliga joylashib olgan xitoy savdogarlari “savdo uchburchagi”ni shakllantirgan?
- XV asr
- XIV asr
- XVI asr
- XIII asr
To‘g‘ri javob: XV asr. XV asr o‘rtalarida Okinavadagi xitoy savdogarlari “savdo uchburchagi” tizimini shakllantirgan.
Okinavadagi xitoy savdogarlari Janub, Xitoy va Shimol o‘rtasida qanday savdo tizimini shakllantirgan?
- ziravorlar yo‘li
- savdo doirasi
- dengiz ipak yo‘li
- savdo uchburchagi
To‘g‘ri javob: savdo uchburchagi. Xitoy savdogarlari Janub, Xitoy va Shimoldan iborat “savdo uchburchagi”ni shakllantirgan.
Okinavadagi xitoy savdogarlarining savdo operatsiyalaridan keladigan foyda necha foizgacha yetgan?
- 100 foizgacha
- 1000 foizgacha
- 500 foizgacha
- 300 foizgacha
To‘g‘ri javob: 1000 foizgacha. Savdo operatsiyalaridan keladigan foyda 1000 foizgacha yetgan.
Portugaliyaliklar Atlantika okeanidagi Madeyra orollarini qaysi yili kashf etgan?
- 1419-yili
- 1409-yili
- 1429-yili
- 1439-yili
To‘g‘ri javob: 1419-yili. Madeyra orollari portugaliyaliklar tomonidan 1419-yili kashf etilgan.
Yevropaliklar tomonidan yangi savdo yo‘llarining ochilishi qaysi asrlarda sodir bo‘lib, Buyuk geografik kashfiyotlar nomini olgan?
- XV–XVII asrlarda
- XII–XIV asrlarda
- XIII–XV asrlarda
- XVII–XIX asrlarda
To‘g‘ri javob: XV–XVII asrlarda. Yangi savdo yo‘llarining ochilishi XV–XVII asrlarda sodir bo‘lib, Buyuk geografik kashfiyotlar deb ataldi.
Portugaliyaliklar Atlantika okeanidagi Madeyra orollarini qaysi yili kashf etdilar?
- 1419-yili
- 1453-yili
- 1492-yili
- 1498-yili
To‘g‘ri javob: 1419-yili. Madeyra orollari portugaliyaliklar tomonidan 1419-yili kashf etilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash