Afrika: qul savdosi va mustamlakachilikning kuchayishi
1800–1870-YILLARDA OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI
31-MAVZU. AFRIKA: QUL SAVDOSI VA MUSTAMLAKACHILIKNING KUCHAYISHI
Siz bilib olasiz: – Afrikadagi arab mamlakatlari: Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash haqida;
- Qul savdosi va uning oqibatlari haqida.
(1769–1849)
islohotlari: mamluklarning yerlarini musodara qildi, flot va armiyani Yevropa andozasida isloh etdi, misrliklardan ofitserlar korpusini tuzdi, harbiy o‘quv yurtlarini tashkil ettirdi, dehqonlarning farzandlari uchun majburiy ta’lim beradigan dunyoviy maktablarni ochdi, birinchi “Al-Vakayi al-Misr” (“Misr voqealari”) arab gazetasini nashr ettirdi, savdoda monopoliya joriy qildi, qurol-yarog‘, qand ishlab chiqaruvchi, temir quyish va boshqa zavodlarni qurdirdi.
Afrikadagi arab mamlakatlari. Misr. Misr tarixidagi yangi davrning boshlanishi turk armiyasi tarkibiga kiruvchi alban korpusi boshlig‘i Muhammad Ali nomi bilan bog‘liq. 1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Misr poshosi Xurshid hokimiyatdan ag‘darilgandan so‘ng Qohira shayxlari Muhammad Alini Misr poshosi etib sayladilar, Turkiya hukumati esa buni tasdiqladi. Muhammad Ali tez orada cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘ldi.
(1769–1849)
Usmoniylar imperiyasidan mustaqil bo‘lgan Misr Muhammad Ali tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Muhammad Alining islohotchilik faoliyati ijtimoiy munosabatlar, iqtisod, madaniyat va davlat boshqaruvining turli sohalarini qamrab oldi.
Muhammad Ali islohotlari kuchli va mustaqil Misr davlatini tuzishga qaratilganligi uchun muvaffaqiyat qozondi. Islohotlar Muhammad Ali hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qildi, Misrni Sharqning rivojlangan va kuchli davlatlari qatoriga olib chiqdi.
XIX asrning 70-yillariga kelib, mamlakatning jahon kapitalistik xo‘jaligiga tortilishi oqibatlari aniq ko‘zga tashlanib qoldi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati rivojlandi. Bir necha qand zavodlari ishga tushirildi. 1860–1870-yillari temiryo‘llar qurilishi jadal olib borildi, sug‘orish kanallari qazildi, portlar qayta jihozlandi.
Muhammad Ali
1859-yili O‘rtayer dengizi bilan Qizil dengizni bog‘lovchi Suvaysh kanalini qazish ishlari boshlanib, kanal o‘n yilda qazib bitkazildi. Kanal ochilgandan so‘ng Misrni o‘z nazoratiga olish uchun Angliya va Fransiya o‘rtasida qizg‘in kurash boshlanib ketdi. Kanal qurilishi uchun Yevropa davlatlaridan qarz olgan Misrning ularga qaramligi ham kuchayib bordi.
Sudan. 1820–1822-yillari Sudan Misr hukmdori Muhammad Ali qo‘shinlari tomonidan zabt etildi. Turk – Misr qo‘shinlarining mamlakatni zabt etishi bu yerda qul savdosini keskin rivojlantirdi. Sudanda eng “foydali” hunar qul savdosi bo‘lib qoldi. Ilgari karvonlar Misrga yiliga 9–10 ming qulni olib kelgan bo‘lsa, 1825-yili Muhammad Ali ixtiyoriga 40 ming, 1839-yili esa qariyb 200 ming qul jo‘natildi. Faqat XIX asrning 70-yillaridagina Qohira hukumati Yevropa davlatlarining bosimi ostida qul savdosini taqiqlashga majbur bo‘ldi.
Muhammad Ali
Liviya. Yusuf Qaramoniy hukmronligi yillari (1795–1832) O‘rtayer dengizi havzasida Yevropa davlatlari bilan AQSH o‘rtasida harbiy-siyosiy raqobat ancha faollashdi. Bu murakkab holatda Karamanlining tashqi siyosati joriy holatdan kelib chiqqan bo‘lib, qandaydir tizimli mantiqqa ega emasdi.
1832-yili hokimiyatga kelgan Ali Qaramoniy mamlakatni birlashtira olmadi. Usmoniylar sultoni tomonidan jo‘natilgan Mustafo Najib posho Alini butun qarindoshlari bilan asir oldi. Shu tariqa qoramoniy sulolasi hokimiyatdan jangsiz ag‘darildi. Yangi tayinlangan vali yumshoq siyosat olib bordi va tinch yo‘l bilan mamlakatni ushlab turishga harakat qildi.
Muhammad Ali
XIX asr 40–50-yillarida Liviyaning ijtimoiy hayotida Senusiyya musulmon birodarlari ta’sirli rol o‘ynay boshladi. Bu birodarlik jamiyatiga jazoirlik Muhammad ben Ali as-Senusiy asos soladi. Muhammad as-Senusiyning qarashlarida islom mistitsizmi (so‘fiylik) bilan vahhobiylik belgilari uyg‘unlashib ketgan edi.
Jazoir davlatining kuchsizligi va O‘rtayer dengizining qulay Markaziy qismida joylashganligi XIX asrning boshlarida Yevropa davlatlarining e’tiborini jalb qilayotgan edi. G‘arb davlatlarining Jazoirga nisbatan siyosatlari faollashganligiga qaramasdan, 1830-yillargacha bu siyosat jiddiy natija bermadi. 1830-yili yozida
Suvaysh kanalining tantanali ochilishi
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Shimoliy
Afrikadagi arab davlatlarini xaritadan toping, ularning poytaxtlari, bir-biriga va O‘rtayer dengiziga nisbatan joylashuvini eslab qoling.
Atamalar mazmuni:
Intervensiya (lot. interventio – aralashuv) – bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo‘rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari.
Rasizm (irqchilik) – bu odamlarning irqlarga bo‘linishini va bir irqning boshqasidan (qolganlaridan)
ustunligini tasdiqlovchi mafkura yoki qarashlar tizimi.
Fransiya hukumati Jazoir hududiga ochiq harbiy intervensiyani boshladi. 1832-yili chet elliklarga qarshi kurashga Abdulqodir boshchilik qildi. U 30-yillarda fransuzlarga katta talafotlar yetkazdi.
Mohir tashkilotchi ham bo‘lgan yosh amir qabilalar hududidan tashkil topgan davlat barpo qildi. Bu davlat tezda fransuz harbiylari tomonidan ham tan olindi. 1834-yili fransuzlar bilan yarashish va erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolandi. Tinchlikdan foydalangan va Misrdagi Muhammad Ali islohotlarining muvaffaqiyatlaridan ilhomlangan Abdulqodir o‘z davlatida markaziy hokimiyatni mustahkamlash, savdo va ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Abdulqodir ham tinchlikdan o‘z davlatini mustahkamlash, ma’muriy, sud va soliq tizimini isloh qilishda foydalandi. 1839-yili fransuzlar Jazoir poytaxti Konstantin shahrini zabt etganlaridan so‘ng Abdulqodirga qarshi janglarni boshlab yubordi. Jazoirliklarning mardonavor qarshiliklariga qaramasdan, yaxshi qurollangan va janglarda toblangan mustamlakachi qo‘shinlar 1844-yili Jazoir shahrini egalladilar.
Atamalar mazmuni:
Abdulqodirning mag‘lubiyati Jazoirni zabt etish jarayonidagi burilish nuqtasi bo‘ldi va Fransiyaga jazoirliklar jamiyatini modernizatsiya qilish, yevropalashtirish imkonini berdi. Fransiya Ikkinchi respublikasi yillarida (1848–1851) Jazoir Fransiya milliy hududining tarkibiy qismi deb rasman e’lon qilindi.
Tunis va Marokash kuchli qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, XIX asrning 70-yillaridan keyin ular ham Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi. Markaziy va Janubiy Afrikada yangi hududlarning ochilishi munosabati bilan XIX asrga kelib, Yevropa davlatlarining Afrika bilan munosabatlarida yangi tendensiyalar paydo bo‘ldi. Xomashyo manbalari borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladi. Kapitalistik tuzumning genezisida muhim rol o‘ynagan qul savdosi bekor qilingandan so‘ng Yevropa davlatlarining harakatlari Afrika qit’asini bosib olish va mustamlakaga aylantirishga qaratildi. Shu maqsadda Afrikani muntazam tadqiq qilish XVIII asrning oxirlarida boshlandi. 1795-yili G‘arbiy Afrikaning ichkarisiga birinchi sayohat uyushtirildi. XIX asrning birinchi yarmida Senegal, Gambiya va Rio Grande hududlari ochildi. Inglizlar ekspeditsiyasi Tripoli orqali Sahroyi Kabirga o‘tib, Bornni hamda Chad ko‘li atrofini o‘rganib chiqdi. Bir necha yildan keyin Chad ko‘lidan Nigerga boradigan yo‘l kashf qilindi va Kano, Sokoto vohalari tadqiq etildi.
Atamalar mazmuni:
Shu davrda inglizlar Sharqiy Afrikaning Tanganika ko‘li qirg‘oqlariga yetib bordilar va Viktoriya ko‘lini ham kashf qilishdi. Ular yevropaliklar ichida birinchi bo‘lib Buganda hududiga ham kirib bordilar.
Qul savdosi. Yangi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qulchilik va qul savdosi edi. XVIII asrning oxirlari, Yevropa Ma’rifatchiligi davrida qulchilik va qul savdosiga qarshi norozilik harakatlari paydo bo‘la boshladi. Abolitsionistlar (qulchilikka qarshilar) harakati faqat irqchilikni emas, qulchilikni oqlayotgan cherkovning ikkiyuzlamachiligini ham tanqid qildilar. Abolitsionizm g‘oyalari G‘arb jamiyatining ilg‘or kishilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ularning sa’y-harakatlari bilan qulchilikning g‘ayriinsoniy tomonlari fosh qilinib, Yevropa va Amerika jamiyatida unga qarshi ijtimoiy fikr shakllanib bordi.
Atamalar mazmuni:
Qul savdosi yuridik jihatdan Buyuk Britaniyada – 1807-yili, AQSHda – 1808-yili, Fransiyada – 1848-yili taqiqlangan edi. Amalda qulchilik AQSHda 1861–1865-yillardagi Fuqarolar urushigacha saqlanib qoldi.
Yevropaliklar qul savdosi bilan XV asrning o‘rtalaridan XIX asr 70-yillarigacha shug‘ullandilar. Qul savdosi u bilan shug‘ullanuvchilarga va savdogarlarga juda katta foyda keltirdi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bog‘liq edi.
Qariyb to‘rt asr ichida yevropalik qulfurushlar Amerikaga 15–16 million qul olib kelishdi. Arablar ham musulmon mamlakatlariga taxminan shuncha qul yetkazib berdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonida 60–70 million kishi halok bo‘ldi.
Atamalar mazmuni:
Qul savdosining oqibatlari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 1650-yildan 1850-yilgacha Afrika aholisining soni o‘zgarmasdan turgan va 100 mln kishini tashkil qilgan. Tug‘ilishning an’anaviy yuqoriligiga qaramasdan, butun boshli qit’a aholisining 200 yil davomida o‘smasdan bir me’yorda turishi tarixda boshqa uchramaydigan hol. Qul savdosi Afrika aholisining tabiiy rivojini to‘xtatibgina qolmasdan, o‘ziga xos ravishda rivojlanayotgan afrikaliklar jamiyatini g‘ayriodatiy taraqqiyot yo‘liga ham burib yubordi.
Bulardan tashqari, qul savdosining iqtisodiy va siyosiy oqibatlari ham mavjud edi. U Afrikaning an’anaviy hunarmandchilik sohalari – to‘qimachilik, zargarlik
Badiiy-tarixiy asar
doir topshiriq: Piter Abrahamsning mavzuga oid
“Qabrdagi gulchambar” romanini o‘qing va taassurotlaringizni esse shaklida daftaringizga yozing.
AFRIKA AFRIKA
1800-yil 1870-yil
Turkiya Niderland qirolligi Fransiya Fransiya Portugaliya Portugaliya Ispaniya Ispaniya Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
Yodda tuting: Efiopiya, Misr, Tunis, Marokash,
Sudan va Madagaskar kabi davlatlarda feodal monarxiyalar qaror topgan. Gana va Mali davlatlari G‘arbiy b) Monroviya
Afrikadagi eng qadimgi davlatlar hisoblanadi. Afrikada ikki davlat – Liberiya va Efiopiyagina o‘z mustaqilligini saqlab qolgan. 1847-yili Liberiya ozod davlati tuzildi.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Mustaqil tarzda, internet materiallaridan foydalanib: a) Afrikaning janubidagi Kap mustamlakasi;
(keyinchalik kabilarning rivojlanishiga to‘sqinlik qildi, Afrikada davlatchilik rivojining tabiiy oqimini buzib yubordi, Benin, Kongo singari davlatlarning tarqalib ketishiga olib keldi, Vida, Ardra singari yangi paydo bo‘lgan davlatlar qul savdosida vositachilik qilishdek axloqsiz yo‘l bilan boyib bordi. Qul savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi.
Liberiya) to‘g‘risida; d) Efiopiyaning inglizlarga qarshi kurashi haqida qisqa ma’ruza tayyorlang.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Qul savdosining Afrika uchun eng og‘ir oqibatlaridan biri psixologik holat bo‘ldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning degradatsiyasi yuz berdi. Qulchilikning eng g‘ayriinsoniy ko‘rinishi – rasizm (irqchilik) mafkurasi shakllandi.
To‘rt asr ichida ko‘pchilikning, avvalo, yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, ya’ni qora tanli odam aks etadigan bo‘lib qoldi.
Asrlar davomida yashagan kelajak avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi o‘ziga xos sivilizatsiyalar haqida biror ma’lumotga ega ham bo‘lmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushunchalari orqaligina tasavvur qildi.
Qul savdosi Afrika xalqlarining tarixi yo‘qligi, yuqori aqliy qobiliyatga ega emasligi to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevropaliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga bo‘lib olishdagi o‘zlarining g‘ayriinsoniy va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Usmoniylar imperiyasining inqirozi unga qarashli bo‘lgan juda katta hudud, jumladan, Afrikadagi arab mamlakatlari uchun imperialistik davlatlar o‘rtasida kurashni qizitib yubordi. Muhammad Ali, Abdulqodir singari mahalliy yo‘lboshchilar tomonidan olib borilgan islohotchilik va yevropacha qadriyatlarning kirib kelishi bu hududdagi xalqlarning milliy uyg‘onish jarayonini tezlashtirdi.
Bu davrda Yevropa davlatlari Markaziy va Janubiy Afrikani ochish va bo‘lib olish jarayonini davom ettirdilar. O‘z vatani va mustaqilligini himoya qilgan yuz minglab afrikaliklar mustamlakachilar bilan bo‘lgan tengsiz janglarda halok bo‘ldilar. Mustamlakachilar esa qit’aning tabiiy boyliklarini talash, aholisini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish natijasida misli ko‘rilmagan boylik orttirib, Yevropani yuksaltirishga hissa qo‘shdilar.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Savol va topshiriqlar 1. Afrika qit’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda boshqa qit’a xalqlaridan orqada qolib ketganligi sabablari haqidagi o‘z mulohazalaringizni daftaringizga qayd eting.
Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan
D. Abduraimova M. Ismoilova A. Boboqulov M. Ismoilova U. Sulaymonov D. Mulla-Axunov R. Xudayberganov
Darslikdan foydalanish holatini ko‘rsatuvchi jadval
1. 2. 3. 4. 5. 6.
O‘quvchining ismi va familiyasi
O‘quv yili
Darslikning olingandagi holati
Sinf rahbari ning imzosi
Darslikning topshirilgandagi holati
Darslik o‘quvchiga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib
Yangi Darslikning birinchi marta foydalanishga berilgandagi holati.
Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan. Barcha varaqlari bor, yirtilmagan, ko‘chmagan, betlarida yozuv va chiziqlar yo‘q.
Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan, darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, lekin qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaqlari qayta joylangan, ayrim betlariga chizilgan.
Muqova yirtilgan, ustiga chizilgan, asosiy qismidan ajralgan yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan. Darslikni tiklab bo‘lmaydi.
Muhim sanalar
- 1650-yilda — Qul savdosining oqibatlari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 1650-yildan 1850-yilgacha Afrika aholisining soni o‘zgarmasdan turgan va 100 mln kishini tashkil qilgan.
- 1795-yili — 1795-yili G‘arbiy Afrikaning ichkarisiga birinchi sayohat uyushtirildi.
- 1805-yilgi — 1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Misr poshosi Xurshid hokimiyatdan ag‘darilgandan so‘ng Qohira shayxlari Muhammad Alini Misr poshosi etib sayladilar, Turkiya hukumati esa buni tasdiqladi.
- 1807-yili — Qul savdosi yuridik jihatdan Buyuk Britaniyada – 1807-yili, AQSHda – 1808-yili, Fransiyada – 1848-yili taqiqlangan edi.
- 1808-yili — Qul savdosi yuridik jihatdan Buyuk Britaniyada – 1807-yili, AQSHda – 1808-yili, Fransiyada – 1848-yili taqiqlangan edi.
- 1820–1822-yillari — Sudan. 1820–1822-yillari Sudan Misr hukmdori Muhammad Ali qo‘shinlari tomonidan zabt etildi.
- 1825-yili — Ilgari karvonlar Misrga yiliga 9–10 ming qulni olib kelgan bo‘lsa, 1825-yili Muhammad Ali ixtiyoriga 40 ming, 1839-yili esa qariyb 200 ming qul jo‘natildi.
- 1830-yillargacha — G‘arb davlatlarining Jazoirga nisbatan siyosatlari faollashganligiga qaramasdan, 1830-yillargacha bu siyosat jiddiy natija bermadi.
- 1832-yili — 1832-yili hokimiyatga kelgan Ali Qaramoniy mamlakatni birlashtira olmadi.
- 1832-yili — 1832-yili chet elliklarga qarshi kurashga Abdulqodir boshchilik qildi.
Bilimingizni sinang
Misr poshosi Xurshid hokimiyatdan ag‘darilib, Muhammad Ali poshoga saylanishiga olib kelgan qo‘zg‘olon qaysi yilda bo‘lgan?
- 1819-yilda
- 1805-yilda
- 1811-yilda
- 1798-yilda
To‘g‘ri javob: 1805-yilda. 1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Xurshid ag‘darilib, Qohira shayxlari Muhammad Alini Misr poshosi etib sayladilar.
1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Misrda qaysi posho hokimiyatdan ag‘darilgan?
- Said
- Ibrohim
- Ismoil
- Xurshid
To‘g‘ri javob: Xurshid. 1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Misr poshosi Xurshid ag‘darildi, o‘rniga Muhammad Ali saylandi.
Misr tarixidagi yangi davrning boshlanishi qaysi shaxs nomi bilan bog‘liq?
- Fransiya armiyasining Misrdagi general-gubernatori Jak Menu
- Turk armiyasidagi alban korpusi boshlig‘i Muhammad Ali
- Mamluk amiri Ibrohimbek, Misrning so‘nggi mustaqil hukmdori
- Angliya admirali Nelson, Misrni ozod qilgan sarkarda
To‘g‘ri javob: Turk armiyasidagi alban korpusi boshlig‘i Muhammad Ali. Misrdagi yangi davr turk armiyasidagi alban korpusi boshlig‘i Muhammad Ali bilan bog‘liq.
1805-yilgi qo‘zg‘olon natijasida Misrda kim hokimiyatdan ag‘darildi?
- Muhammad Ali
- Mustafo Najib posho
- Ali Qaramoniy
- Misr poshosi Xurshid
To‘g‘ri javob: Misr poshosi Xurshid. 1805-yilgi qo‘zg‘olonda posho Xurshid ag‘darilgan.
Muhammad Alini Misr poshosi etib kimlar sayladi?
- Qohira shayxlari
- Turk sultoni
- Alban korpusi zobitlari
- Mamluklar kengashi
To‘g‘ri javob: Qohira shayxlari. Qohira shayxlari Muhammad Alini posho etib saylagan, Turkiya buni tasdiqlagan.
Muhammad Ali nashr ettirgan birinchi arab gazetasi qanday nomlangan?
- “Al-Axbar al-Qohira” (“Qohira xabarlari”)
- “Mirat az-zamon” (“Zamon ko‘zgusi”)
- “Al-Vakayi al-Misr” (“Misr voqealari”)
- “Sada an-Nil al-Masriy” (“Nil sadosi”)
To‘g‘ri javob: “Al-Vakayi al-Misr” (“Misr voqealari”). Gazeta “Al-Vakayi al-Misr” – “Misr voqealari” deb atalgan.
Misrning jahon kapitalistik xo‘jaligiga tortilishi oqibatlari aniq ko‘zga tashlanib qolgan davr qaysi?
- XIX asrning 90-yillari
- XIX asrning 70-yillari
- XIX asrning 30-yillari
- XIX asrning 50-yillari
To‘g‘ri javob: XIX asrning 70-yillari. XIX asrning 70-yillariga kelib Misrning jahon kapitalistik xo‘jaligiga tortilishi oqibatlari aniq ko‘rindi.
Misrda temiryo‘llar qurilishi jadal olib borilib, sug‘orish kanallari qazilgan va portlar qayta jihozlangan yillar qaysilar?
- 1840–1850-yillar
- 1860–1870-yillar
- 1830–1840-yillar
- 1880–1890-yillar
To‘g‘ri javob: 1860–1870-yillar. 1860–1870-yillari Misrda temiryo‘llar qurilishi jadal olib borildi, sug‘orish kanallari qazildi, portlar qayta jihozlandi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash