XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun · 20–22-m.

Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish. qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Moddalar

20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish

Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag‘ bilan ta’minlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag‘ miqdorini va soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq to‘lanishini nazorat qilib boradilar.

Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar.

Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Ro‘yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o‘z vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a’zolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.

21-modda. Javobgarlik asoslari

Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo‘lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo‘ladilar.

Jamoat birlashmasi, shu jumladan o‘z ustavini ro‘yxatdan o‘tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.

22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish

Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.

Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin.

Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.

Xalqaro jamoat birlashmalari, uning bo‘linmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish to‘g‘risida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.

Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Bilimingizni sinang

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun — 20-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish
  2. Javobgarlik asoslari
  3. Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish
  4. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish

To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish. 20-modda: Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun: «Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 12-modda
  2. 11-modda
  3. 20-modda
  4. 21-modda

To‘g‘ri javob: 20-modda. 20-modda: Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish.

Jamoat birlashmalarining mablag‘ bilan ta’minlanishi va soliq to‘lanishini qaysi idoralar nazorat qilib boradi?
  1. Prokuratura idoralari
  2. Moliya idoralari
  3. Adliya organlari
  4. Hokimliklar

To‘g‘ri javob: Moliya idoralari. 20-moddaga ko‘ra moliya idoralari mablag‘ manbalari, miqdori va soliq to‘lanishini nazorat qiladi.

Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini qaysi idoralar nazorat qilib boradi?
  1. Prokuratura idoralari
  2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
  3. Moliya idoralari
  4. Oliy sud

To‘g‘ri javob: Prokuratura idoralari. 20-moddaga ko‘ra qonunlarni bajarilishini prokuratura idoralari nazorat qiladi.

Adliya organi jamoat birlashmasining tadbirida ustavga rioya etilishini kuzatish uchun o‘z vakilini yubormoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Haqli emas, tadbirlarda faqat prokuratura va sud vakillari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi
  2. Haqli, lekin faqat birlashma rahbariyatining yozma roziligi bilan vakil yuborishi mumkin
  3. Haqli emas, chunki birlashmaning barcha tadbirlari ustavga ko‘ra yopiq tarzda o‘tkaziladi
  4. Haqli, ro‘yxatga oluvchi idora tadbirlarda qatnashish uchun vakillarini yuborishga haqli

To‘g‘ri javob: Haqli, ro‘yxatga oluvchi idora tadbirlarda qatnashish uchun vakillarini yuborishga haqli. 20-moddaga ko‘ra ro‘yxatga oluvchi idora tadbirlarda qatnashish uchun vakillarini yuborishga haqli.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun — 21-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Javobgarlik asoslari
  2. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish
  3. Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish
  4. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati

To‘g‘ri javob: Javobgarlik asoslari. 21-modda: Javobgarlik asoslari.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun: «Javobgarlik asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 17-modda
  2. 20-modda
  3. 21-modda
  4. 12-modda

To‘g‘ri javob: 21-modda. 21-modda: Javobgarlik asoslari.

Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?
  1. Faqat jinoiy va intizomiy javobgarlikka olib keladi
  2. Faqat ma’muriy va fuqarolik javobgarligiga olib keladi
  3. Jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka
  4. Faqat moddiy va intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka. 21-moddaga ko‘ra qonunchilikni buzish jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJamoat birlashmalarining huquqlari va ular faoliyatining shart-sharoitlariKeyingi →Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari. xalqaro jamoat birlashmalari, xalqaro shartnomalar