XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun · 15–19-m.

Jamoat birlashmalarining huquqlari va ular faoliyatining shart-sharoitlari

Moddalar

15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari

Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.

Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi.

Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan xollarda va tartibda esa:

davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;

davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

davlat va jamoat idoralarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham o‘zga qonunchiligida ko‘zda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.

16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari

Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiladi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi.

Partiyalarning dasturiy hujjatlari bo‘ladi, ular ommaning e’tibori uchun matbuotda e’lon qilinadi.

Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida fraksiyalar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir.

Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni ko‘zlaydilar hamda ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi.

Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar o‘z xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bog‘liq bo‘lmaydilar.

Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xo‘jalik tashkilotlari, kooperativ va o‘zga jamoat birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlarda kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi a’zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini ko‘zlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi.

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda ro‘yxatga olinadigan a’zolari bo‘ladi.

17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati

Jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar.

Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar a’zolari (qatnashchilari) o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari o‘z mablag‘laridan hatto o‘z ustavida ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, xayriya maqsadlari yo‘lida foydalanishlariga yo‘l qo‘yiladi.

Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda budjetga pul o‘tkazadilar.

18-modda. Jamoat birlashmalari mulki

Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun mo‘ljallangan mulklarga, pul mablag‘iga, aksiyalarga, boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘zga mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk obyektlariga egalik qilishlari mumkin. Birlashmalarning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablag‘i hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya muassasalari jamoat birlashmalarining mulki bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.

Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari, agar ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, birlashmaga kirish va a’zolik badallarini to‘lashdan; ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq o‘tkazilgan leksiyalar, ko‘rgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo‘jalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi.

Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o‘zgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag‘lar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim.

18-modda. Jamoat birlashmalari mulki (davomi)

Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Siyosiy partiyalar o‘z budjetlarini ommaning e’tibori uchun har yili e’lon qiladilar.

Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.

Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qo‘shilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qo‘yiladi.

19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati

Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.

Bilimingizni sinang

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun — 15-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Javobgarlik asoslari
  2. Jamoat birlashmalarining ramzlari
  3. Jamoat birlashmalarining huquqlari
  4. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati

To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmalarining huquqlari. 15-modda: Jamoat birlashmalarining huquqlari.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun: «Jamoat birlashmalarining huquqlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 13-modda
  2. 19-modda
  3. 21-modda
  4. 15-modda

To‘g‘ri javob: 15-modda. 15-modda: Jamoat birlashmalarining huquqlari.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, jamoat birlashmalari o‘rtasidagi huquqiy tenglik qanday ifodalangan?
  1. Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar
  2. Siyosiy partiyalar boshqalardan yuqori turadi
  3. Yirik birlashmalar ustunlikka ega
  4. Jumhuriyat birlashmalari mahalliylardan ustun

To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar. 15-moddaga ko‘ra jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.

Jamoat birlashmasi a’zosi Karimning huquqi davlat idorasida buzildi. Birlashma uning manfaatini qanday himoya qilishi mumkin?
  1. Faqat Adliya vazirligi orqali a’zosining shikoyatini ko‘rib chiqish uchun ariza topshirib turadi
  2. Faqat sudda a’zosi nomidan ish yuritadi, davlat idoralarida esa qatnashish huquqiga ega emas
  3. Davlat va jamoat idoralarida a’zosi nomidan ish yuritib, uning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi
  4. Himoya qilishga haqli emas, chunki a’zosining manfaatlarini faqat advokat himoya qila oladi

To‘g‘ri javob: Davlat va jamoat idoralarida a’zosi nomidan ish yuritib, uning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. 15-moddaga ko‘ra birlashma davlat va jamoat idoralarida a’zolari nomidan ish yuritadi va manfaatlarini himoya qiladi.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari
  2. Jamoat birlashmalari mulki
  3. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish
  4. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish

To‘g‘ri javob: Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari. 16-modda: Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari.

«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida» qonun: «Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 18-modda
  2. 16-modda
  3. 20-modda
  4. 22-modda

To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari.

Siyosiy partiyalar qanday huquqqa ega?
  1. Qonun loyihalarini qabul qilish va Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish huquqiga
  2. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish huquqiga
  3. Sudyalarni lavozimga tayinlash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish huquqiga
  4. Davlat soliqlarini belgilash va ularni byudjetga undirish tartibini o‘rnatish huquqiga

To‘g‘ri javob: Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish huquqiga. 16-moddaga ko‘ra partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va saylovoldi tashviqot olib borish huquqiga ega.

Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy partiyalardan qaysi jihati bilan farq qiladi?
  1. Ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi
  2. Ular faqat deputatlikka nomzod ko‘rsatadi
  3. Ularning faqat yakka tartibda ro‘yxatga olinadigan a’zolari bo‘ladi
  4. Ular faqat kasaba uyushmalari bilan birga ishlaydi

To‘g‘ri javob: Ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi. 16-moddaga ko‘ra ommaviy harakatlarning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi, partiyalarning esa yakka tartibda ro‘yxatga olingan a’zolari bor.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJamoat birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining to‘xtatilishiKeyingi →Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish. qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik