XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 69–76-m.

Jazodan ozod qilishning turlari

Beshinchi Bo‘Lim

69-modda. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish

Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:

Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.

Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.

Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar o‘tishini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 244²-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.

71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.

Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.

Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.

72-modda. Shartli hukm qilish

Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.

Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.

72-modda. Shartli hukm qilish (davomi)

Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib boradi.

Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.

Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.

Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish

Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

v¹) o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, shuningdek firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxsga;

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (davomi)

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (davomi)

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida sud asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi mumkin:

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan harbiy xizmatchilarning xulq-atvori ustidan nazoratni esa — harbiy qismlar yoki muassasalarning qo‘mondonligi amalga oshiradi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatishi mumkin.

Prokurorning taqdimnomasiga yoki advokatning iltimosnomasiga binoan sud jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (davomi)

Agar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni o‘talmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va o‘talmagan jazo muddatini o‘tashi haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.

Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.

74-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish

Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum:

Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.

Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini o‘tab bo‘lganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.

74-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (davomi)

Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.

74¹-modda. Jazoni o‘tash muddatini shaxs tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirish

Ushbu Kodeks 73-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tash davrida mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘tash muddati qisqartirilishi mumkin. Bunda jazoni o‘tash muddati har bir o‘qilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartirilishi mumkin.

75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish

Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.

Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.

Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi munosabati bilan ham jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.

Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.

76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish

Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.

Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs jazoning o‘talmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab necha yil ichida jazo ijro etilmasa, jazodan ozod qilinadi?
  1. uch yil
  2. ikki yil
  3. besh yil
  4. o‘n yil

To‘g‘ri javob: uch yil. Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganda jazo uch yil ichida ijro etilmasa, mahkum ozod qilinadi.

Jinoyat kodeksi — 69-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
  2. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish
  3. Jazo muddatlarini hisoblash
  4. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish

To‘g‘ri javob: Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish. 69-modda: Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish.

Jinoyat kodeksi: «Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 75-modda
  2. 69-modda
  3. 63-modda
  4. 66¹-modda

To‘g‘ri javob: 69-modda. 69-modda: Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab qancha vaqt ichida jazo ijro etilmasa, jazodan ozod qilinadi?
  1. Besh yil
  2. Ikki yil
  3. Uch yil
  4. O‘n yil

To‘g‘ri javob: Uch yil. 69-moddaning “a” bandiga ko‘ra uch yil.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazosi qancha muddat ichida ijro etilmasa, jazodan ozod qilinadi?
  1. O‘n yil
  2. O‘n besh yil
  3. Yigirma yil
  4. Yigirma besh yil

To‘g‘ri javob: O‘n besh yil. 69-moddaning “g” bandiga ko‘ra o‘n besh yil.

Mahkum 69-moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati qanday o‘zgaradi?
  1. Uch baravar ko‘payadi, lekin o‘ttiz yildan oshmasligi kerak
  2. Bir yilga uzayadi
  3. O‘zgarmaydi
  4. Ikki baravar ko‘payadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak

To‘g‘ri javob: Ikki baravar ko‘payadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak. 69-moddaga ko‘ra muddat ikki baravar ko‘payadi, bo‘yin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi va 25 yildan oshmasligi kerak.

Jazoni ijro etish muddati o‘tmasdan shaxs qasddan yangi jinoyat sodir etsa, 69-moddaga ko‘ra muddatlarga nima bo‘ladi?
  1. Muddatlarning o‘tishi to‘xtatiladi va yangi jinoyat bo‘yicha hukm chiqqunga qadar to‘xtab turadi
  2. Muddatlar ikki baravar qisqaradi va yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi
  3. Muddatlarning o‘tishi uziladi va yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi
  4. Muddatlar avvalgidek davom etadi va yangi jinoyat ularning o‘tishiga hech qanday ta’sir qilmaydi

To‘g‘ri javob: Muddatlarning o‘tishi uziladi va yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi. 69-moddaning uchinchi qismi.

Jazo tayinlangan kundan boshlab necha yil o‘tgach, jazoni ijro etish mumkin bo‘lmaydi (69-modda)?
  1. Yigirma ikki yil
  2. O‘n sakkiz yil
  3. Yigirma besh yil
  4. O‘ttiz besh yil

To‘g‘ri javob: Yigirma besh yil. 69-moddaga ko‘ra jazo tayinlangan kundan yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJavobgarlikdan ozod qilishning turlariKeyingi →Sudlanganlik