Javobgarlikdan ozod qilishning turlari
Beshinchi Bo‘Lim
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
- a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;
- b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to‘rt yil;
- v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;
- g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.
Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (davomi)
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 244²-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
66-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
66¹-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 126¹-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 141¹-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 141²-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish), 149¹-moddasida (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 149²-moddasida (o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish), 149³-moddasida (ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta to‘lovga qobiliyatsizlik), 181-moddasida (to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish), 185²-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 276⁹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
66¹-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (davomi)
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab necha yil o‘tsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi?
- bir yil
- ikki yil
- besh yil
- uch yil
To‘g‘ri javob: ikki yil. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati ikki yil.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab necha yil o‘tsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi?
- sakkiz yil
- to‘rt yil
- olti yil
- uch yil
To‘g‘ri javob: to‘rt yil. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati to‘rt yil.
Jinoyat kodeksi — 64-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
- Jazo muddatlarini hisoblash
- Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
- Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish
To‘g‘ri javob: Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish. 64-modda: Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish.
Jinoyat kodeksi: «Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 65-modda
- 64-modda
- 70-modda
- 63-modda
To‘g‘ri javob: 64-modda. 64-modda: Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab qancha muddat o‘tsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi?
- Ikki yil
- Bir yil
- To‘rt yil
- Uch yil
To‘g‘ri javob: Ikki yil. 64-moddaning “a” bandiga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat uchun muddat ikki yil.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati qancha?
- To‘rt yil
- Ikki yil
- Olti yil
- Sakkiz yil
To‘g‘ri javob: To‘rt yil. 64-moddaning “b” bandiga ko‘ra uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun muddat to‘rt yil.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, og‘ir jinoyat va o‘ta og‘ir jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatlari mos ravishda qancha?
- To‘rt yil va sakkiz yil
- Sakkiz yil va o‘n to‘rt yil
- Sakkiz yil va o‘n yil
- O‘n yil va yigirma besh yil
To‘g‘ri javob: Sakkiz yil va o‘n to‘rt yil. 64-moddaning “v” va “g” bandlariga ko‘ra og‘ir jinoyat uchun sakkiz yil, o‘ta og‘ir jinoyat uchun o‘n to‘rt yil.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab qaysi kungacha hisoblanadi?
- Ish sudga kelib tushgan kungacha
- Aybdor ushlangan kungacha
- Hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kungacha
To‘g‘ri javob: Hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha. 64-moddaga ko‘ra muddat jinoyat sodir etilgan kundan hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash