XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 81–86-m.

Jazo va uni tayinlash

Oltinchi Bo‘Lim

81-modda. Jazo tizimi

O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

a¹) majburiy jamoat ishlari;

v¹) ozodlikni cheklash;

O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.

82-modda. Jarima

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.

Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.

82¹-modda. Majburiy jamoat ishlari

Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.

Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

83-modda. Axloq tuzatish ishlari

Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.

Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.

84¹-modda. Ozodlikni cheklash

Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida bir oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.

85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish

Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan:

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan:

Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.

86-modda. Jazo tayinlash

Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha tayinlanadi.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.

Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.

Bilimingizni sinang

Qaysi yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish asosiy jazo sifatida qo‘llanilishi mumkin?
  1. O‘n sakkiz yoshga
  2. Yigirma yoshga
  3. O‘n olti yoshga
  4. O‘n to‘rt yoshga

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshga. Bu jazolar O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etganlarga qo‘llanadi.

Jinoyat kodeksi — 81-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jazoni o‘tash muddatini shaxs tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirish
  2. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
  3. Jazo tizimi
  4. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish

To‘g‘ri javob: Jazo tizimi. 81-modda: Jazo tizimi.

Jinoyat kodeksi: «Jazo tizimi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 74¹-modda
  2. 81-modda
  3. 87-modda
  4. 76-modda

To‘g‘ri javob: 81-modda. 81-modda: Jazo tizimi.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi jazolardan qaysi biri asosiy jazo sifatida qo‘llanilishi mumkin emas?
  1. Axloq tuzatish ishlari jazosi
  2. Majburiy jamoat ishlari jazosi
  3. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
  4. Jarima, ya’ni pul undirish jazosi

To‘g‘ri javob: Umrbod ozodlikdan mahrum qilish. 81-moddada voyaga yetmaganlar uchun jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish sanalgan.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkinmi?
  1. Ha, har qanday qo‘shimcha jazo tayinlanishi mumkin
  2. Yo‘q, qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas
  3. Faqat musodara tayinlanishi mumkin
  4. Faqat muayyan huquqdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin

To‘g‘ri javob: Yo‘q, qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. 81-moddaning oxirgi qismi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima qanday miqdorda tayinlanadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ellik baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining yarmidan ikki baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha. 82-modda birinchi qismi.

Mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga majburiy jamoat ishlari eng kamida necha soatdan boshlab tayinlanadi?
  1. yuz yigirma soatdan
  2. oltmish soatdan
  3. qirq soatdan
  4. yigirma soatdan

To‘g‘ri javob: oltmish soatdan. Voyaga yetmaganlarga majburiy jamoat ishlari oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha tayinlanadi.

Mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga majburiy jamoat ishlari ko‘pi bilan necha soatgacha tayinlanadi?
  1. ikki yuz qirq soatgacha
  2. uch yuz oltmish soatgacha
  3. to‘rt yuz sakson soatgacha
  4. bir yuz yigirma soatgacha

To‘g‘ri javob: ikki yuz qirq soatgacha. Voyaga yetmagan uchun majburiy jamoat ishlarining yuqori chegarasi ikki yuz qirq soat.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSudlanganlikKeyingi →Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish