Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar
Birinchi Bo‘Lim
112-modda. O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
- b) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort)
Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Sun’iy ravishda homila tushirishga huquqi bo‘lmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:
- a) jabrlanuvchining o‘lishiga;
- b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
115-modda. Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash
Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sun’iy tushirilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
115¹-modda. Insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash
Insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash, zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
116-modda. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
- a) odamlar o‘limiga;
- b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
117-modda. Xavf ostida qoldirish
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoxud aybdorning o‘zi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo‘ygan va bu hol badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga olib kelsa, —
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
- a) odamlar o‘limiga;
- b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishning asosiy tarkibi uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha belgilanadi?
- yuz baravarigacha
- yigirma besh baravarigacha
- o‘n besh baravarigacha
- ellik baravarigacha
To‘g‘ri javob: yigirma besh baravarigacha. Harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar bo‘lsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha belgilanadi.
Jinoyat kodeksi — 112-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish
- Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
- Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
- Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish
To‘g‘ri javob: O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish. 112-modda: O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish.
Jinoyat kodeksi: «O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish» qaysi moddada belgilangan?
- 104-modda
- 112-modda
- 106-modda
- 119-modda
To‘g‘ri javob: 112-modda. 112-modda: O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish.
Jinoyat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish qanday holatda jinoyat hisoblanadi?
- Har qanday qo‘rqitish so‘zlari aytilgan bo‘lsa, ularning amalga oshirilishidan qat’i nazar
- Faqat qo‘rqitish paytida jabrlanuvchiga qurol ko‘rsatilgan va uni ishlatish mumkin bo‘lsa
- Agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa
- Faqat jabrlanuvchi qo‘rqitish haqida ariza bilan arz qilgan va bunga dalillar keltirgan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa. 112-moddaning birinchi qismi.
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (112-modda, birinchi qism) uchun qanday jazo nazarda tutilgan?
- Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari
- Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish
- Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
- Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari. 112-modda birinchi qismi.
Qo‘rqitish o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga nisbatan sodir etilsa, qanday jazo nazarda tutilgan?
- Uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish
- Ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari, bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash, ammo ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanilmaydi
- Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa jazo turlari nazarda tutilmagan
- Bir yuz yigirma soatdan ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari, bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
To‘g‘ri javob: Uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. 112-moddaning uchinchi qismi.
Kazus. Zafar qo‘shnisi Nodirni «seni o‘ldiraman» deb qo‘rqitdi, uni pichoq bilan ta’qib qildi va Nodir buni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar bor deb hisobladi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Zafar 117-modda bo‘yicha javob beradi
- Zafar 114-modda bo‘yicha javob beradi
- Zafar javobgarlikka tortilmaydi
- Zafar 112-modda bo‘yicha javob beradi
To‘g‘ri javob: Zafar 112-modda bo‘yicha javob beradi. 112-modda: amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar bo‘lgan holda qo‘rqitish.
Shifokor akusher yoki ginekolog davolash muassasalaridan tashqarida sun’iy ravishda homila tushirsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha solinadi?
- o‘ttiz baravarigacha
- ellik baravarigacha
- o‘n baravarigacha
- yigirma besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: yigirma besh baravarigacha. Bunday holatda jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash