XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 104–111-m.

Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar

Birinchi Bo‘Lim

104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish

Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa va ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:

104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (davomi)

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish

Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —

uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish:

105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (davomi)

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish

Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining o‘limiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan yoxud sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish

Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish

Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

110-modda. Qiynash

Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida, 126¹-moddasining to‘rtinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish

Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ehtiyotsizlik orqasida badanga og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga o‘rtacha og‘ir yoki badanga og‘ir shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Hayot uchun xavfli qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning asosiy tarkibi uchun ozodlikdan mahrum qilish eng kamida necha yildan boshlanadi?
  1. ikki yildan
  2. uch yildan
  3. besh yildan
  4. sakkiz yildan

To‘g‘ri javob: uch yildan. Asosiy tarkib uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksi — 104-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish
  2. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
  3. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
  4. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish

To‘g‘ri javob: Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish. 104-modda: Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish.

Jinoyat kodeksi: «Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 105-modda
  2. 104-modda
  3. 106-modda
  4. 103-modda

To‘g‘ri javob: 104-modda. 104-modda: Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish.

Jinoyat kodeksining 104-moddasiga ko‘ra, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (og‘irlashtiruvchi holatlarsiz) qanday jazolanadi?
  1. Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash
  3. Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash, boshqa jazo yo‘q
  4. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 104-moddaning birinchi qismi.

Badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida umumiy mehnat qobiliyatining qancha qismidan kam bo‘lmagan qismi doimiy yo‘qolsa, bu 104-moddadagi oqibatlardan biri hisoblanadi?
  1. O‘n foizdan
  2. Yigirma bir foizdan
  3. Ellik foizdan
  4. O‘ttiz uch foizdan

To‘g‘ri javob: O‘ttiz uch foizdan. 104-moddaning birinchi qismi.

Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol ishlatib sodir etilsa, qanday jazo nazarda tutilgan?
  1. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
  2. Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. Sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari

To‘g‘ri javob: Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 104-moddaning ikkinchi qismi.

Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish qurol ishlatib yoki o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa, qanday jazo nazarda tutilgan?
  1. Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash, boshqa jazo yo‘q
  4. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 105-moddaning ikkinchi qismi (davomi).

Kazus. Jahongir yo‘lda kelayotgan Nodirni qasddan urib, natijada Nodir bir ko‘zining ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Hayot uchun xavf bo‘lgan. Qaysi norma qo‘llanadi?
  1. 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish)
  2. 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish)
  3. 111-modda (ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast)
  4. 110-modda (muttasil do‘pposlash orqali qiynash)

To‘g‘ri javob: 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish). Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish 104-moddadagi oqibatlardan biri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHayotga qarshi jinoyatlarKeyingi →Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar