XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 147–149³-m.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar (2/2)

Birinchi Bo‘Lim

147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish

Fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish —

to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

148-modda. Mehnat qilish huquqini buzish

Bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

148¹-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish

Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

148²-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

149-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish

Asarga, ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, seleksiya yutug‘iga va integral mikrosxema topologiyasiga nisbatan mualliflikni o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek ushbu intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman e’lon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

149¹-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularni tayyorlovchilar haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

149¹-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish (davomi)

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

149²-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish

O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tovar belgisiga, xizmat ko‘rsatish belgisiga, geografik ko‘rsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamg‘adan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

149²-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish (davomi)

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

149³-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish

Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o‘z ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qo‘llash, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qo‘yish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutug‘ini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (ko‘paytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutug‘idan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

149³-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish (davomi)

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Bilimingizni sinang

Saylash yoki saylanish huquqlarini zo‘rlik, qo‘rqitish yoki aldash yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlik uchun majburiy jamoat ishlarining yuqori chegarasi necha soat?
  1. olti yuz soatgacha
  2. to‘rt yuz sakson soatgacha
  3. uch yuz soatgacha
  4. uch yuz oltmish soatgacha

To‘g‘ri javob: to‘rt yuz sakson soatgacha. Majburiy jamoat ishlari to‘rt yuz sakson soatgacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 147-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat qilish huquqini buzish
  2. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
  3. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish
  4. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish

To‘g‘ri javob: Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish. 147-modda: Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish.

Jinoyat kodeksi: «Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 148¹-modda
  2. 148-modda
  3. 147-modda
  4. 142-modda

To‘g‘ri javob: 147-modda. 147-modda: Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish.

Jinoyat kodeksining 147-moddasiga ko‘ra, saylash yoki saylanish huquqining erkin amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish qanday usullar bilan sodir etilganda jinoyat hisoblanadi?
  1. faqat ommaviy axborot vositalarida tanqid qilish yo‘li bilan
  2. faqat qonuniy tashviqot olib borish yo‘li bilan
  3. zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan
  4. faqat saylovoldi uchrashuvlarini o‘tkazish yo‘li bilan

To‘g‘ri javob: zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan. 147-modda to‘sqinlikni zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan sodir etilganda jinoyat deb belgilaydi.

Saylov huquqining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish (147-modda) uchun majburiy jamoat ishlari qanday muddatgacha belgilangan?
  1. to‘rt yuz sakson soatgacha
  2. uch yuz oltmish soatgacha
  3. uch yuz soatgacha
  4. ikki yuz qirq soatgacha

To‘g‘ri javob: to‘rt yuz sakson soatgacha. 147-moddada to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari ko‘rsatilgan.

Jinoyat kodeksining 147-moddasiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilishning eng yuqori muddati qancha?
  1. uch yilgacha
  2. ikki yilgacha
  3. sakkiz yilgacha
  4. besh yilgacha

To‘g‘ri javob: besh yilgacha. 147-moddada besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Saylov uchastkasida ishonchli vakil Bobur nomzodning saylovoldi targ‘ibotini olib borayotganda, mahalliy mansabdor Karim uni qo‘rqitib, targ‘ibotni to‘xtatishga majbur qildi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Karimning harakati 146-modda bo‘yicha ovoz berish yashirinligini buzish va saylov hujjatlarini qalbakilashtirish hisoblanadi
  2. Karimning harakati 147-modda bo‘yicha saylov huquqi yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish hisoblanadi
  3. Karim javobgar bo‘lmaydi, chunki u mansabdor shaxs va saylov jarayoniga aralashish uning xizmat vakolatiga kiradi, uni qo‘rqitish esa jinoyat emas
  4. Karimning harakati faqat 148-modda bo‘yicha baholanadi, chunki ishonchli vakil mehnat munosabatlari ishtirokchisi hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Karimning harakati 147-modda bo‘yicha saylov huquqi yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish hisoblanadi. 147-modda ishonchli vakillarning vakolatlarini erkin amalga oshirishiga qo‘rqitish yo‘li bilan to‘sqinlik qilishni jazolaydi.

Bila turib g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatganlik uchun (ma’muriy jazodan keyin) jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravari?
  1. yuz baravarigacha
  2. o‘n baravarigacha
  3. yigirma besh baravarigacha
  4. ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: yigirma besh baravarigacha. Jarima yigirma besh baravarigacha miqdorda belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar (1/2)Keyingi →Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (1/2)