XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 141–146-m.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar (1/2)

Birinchi Bo‘Lim

141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

141¹-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish

Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

141²-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

141³-modda. Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish

Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto- va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qo‘rqitish, —

bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish

Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy bostirib kirish —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish

Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, —

144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

145-modda. Vijdon erkinligini buzish

Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to‘sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha’ni va obro‘sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo‘llash bilan yoki diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar o‘tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

145-modda. Vijdon erkinligini buzish (davomi)

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlarning yoki saylov komissiyalarining yoxud referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov (ovoz berish) byulletenlariga yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni bila turib noto‘g‘ri sanash —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolarning huquqlarini jinsi, irqi, dini va shu kabilardan qat’i nazar buzish yoki cheklash uchun jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravari?
  1. yuz baravarigacha
  2. yigirma besh baravarigacha
  3. yetmish besh baravarigacha
  4. ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: ellik baravarigacha. Asosiy tarkib bo‘yicha jarima ellik baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 141-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish
  2. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
  3. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
  4. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

To‘g‘ri javob: Fuqarolarning teng huquqliligini buzish. 141-modda: Fuqarolarning teng huquqliligini buzish.

Jinoyat kodeksi: «Fuqarolarning teng huquqliligini buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 146-modda
  2. 143-modda
  3. 141-modda
  4. 147-modda

To‘g‘ri javob: 141-modda. 141-modda: Fuqarolarning teng huquqliligini buzish.

Jinoyat kodeksining 141-moddasiga (fuqarolarning teng huquqliligini buzish) ko‘ra, birinchi qism bo‘yicha jarima qanday miqdorda belgilangan?
  1. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha
  2. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha
  3. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha
  4. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha. 141-modda birinchi qismida jarima bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha.

Fuqarolarning teng huquqliligini buzish zo‘rlik ishlatib sodir etilsa, 141-modda bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish muddati qancha?
  1. ikki yilgacha
  2. besh yilgacha
  3. sakkiz yilgacha
  4. uch yilgacha

To‘g‘ri javob: uch yilgacha. 141-modda ikkinchi qismida zo‘rlik ishlatib sodir etilganda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

Korxona direktori Akmal ishga qabul qilishda nomzodlarning millati va tili sababli ularning mehnat huquqlarini bevosita cheklab, boshqa millat vakillariga afzalliklar berdi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. harakat jinoyat emas, chunki bu korxona ichki masalasi
  2. harakat fuqarolarning teng huquqliligini buzish (141-modda) hisoblanadi
  3. harakat turar joy daxlsizligini buzish (142-modda) hisoblanadi
  4. harakat faqat 144-modda bo‘yicha baholanadi

To‘g‘ri javob: harakat fuqarolarning teng huquqliligini buzish (141-modda) hisoblanadi. 141-modda millati, tili va boshqa belgilardan qat’i nazar fuqarolarning huquqlarini cheklash yoki afzalliklar berishni jazolaydi.

Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni roziligisiz yig‘ish yoki tarqatish (ma’muriy jazodan keyin) uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
  1. yigirma besh baravaridan
  2. yetmish besh baravaridan
  3. ellik baravaridan
  4. yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Jarima ellik baravaridan yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 141¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  3. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
  4. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish

To‘g‘ri javob: Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish. 141¹-modda: Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiShaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarKeyingi →Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar (2/2)