XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 155–156-m.

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (2/2)

Ikkinchi Bo‘Lim

155-modda. Terrorizm

Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi —

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

155¹-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik

Ushbu Kodeksning 155, 155², 155³, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan o‘sha qilmish:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

155²-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish

Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quvdan o‘tish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash —

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

155³-modda. Terrorizmni moliyalashtirish

Terrorizmni moliyalashtirish, ya’ni terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat —

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilish, xuddi shuningdek milliy, irqiy, etnik mansubligiga yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (davomi)

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

Bilimingizni sinang

Terrorizm jinoyati (asosiy tarkibi) uchun ozodlikdan mahrum qilishning quyi chegarasi necha yil?
  1. sakkiz yil
  2. yetti yil
  3. besh yil
  4. o‘n yil

To‘g‘ri javob: sakkiz yil. Terrorizm sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksi — 155-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Terrorizm
  2. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
  3. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
  4. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish

To‘g‘ri javob: Terrorizm. 155-modda: Terrorizm.

Jinoyat kodeksi: «Terrorizm» qaysi moddada belgilangan?
  1. 155¹-modda
  2. 156-modda
  3. 155-modda
  4. 154¹-modda

To‘g‘ri javob: 155-modda. 155-modda: Terrorizm.

Jinoyat kodeksining 155-moddasiga ko‘ra, terrorizm (birinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
  1. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 155-modda birinchi qismida sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

Terrorizm (155-modda) maqsadlaridan biri sifatida qonunda nima ko‘rsatilgan?
  1. shaxsiy boylik orttirish va raqiblardan shaxsiy qasos olish
  2. ilmiy tadqiqot olib borish va yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish
  3. ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish va aholini qo‘rqitish
  4. diniy marosim o‘tkazish va ibodat qiluvchilar xavfsizligini ta’minlash

To‘g‘ri javob: ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish va aholini qo‘rqitish. 155-moddada terrorizm ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida sodir etilishi aytilgan.

Vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida davlat yoki jamoat arbobining faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish (155-modda ikkinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
  1. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 155-modda ikkinchi qismida davlat yoki jamoat arbobining hayotiga suiqasd uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha jazo.

Terrorizm odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 155-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra qanday jazo qo‘llanadi?
  1. o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, umrbod jazo nazarda tutilmagan
  2. faqat umrbod ozodlikdan mahrum qilish, muddatli jazo nazarda tutilmagan
  3. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima solish
  4. o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish. 155-modda uchinchi qismida o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish.

Jinoyat kodeksining 155-moddasiga ko‘ra, terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs qanday shartda jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi?
  1. hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berib yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining oldini olishga faol ko‘maklashsa
  2. faqat o‘zi pushaymon bo‘lib, terrorchilarga aloqani to‘xtatganini bildirsa, hokimiyat organlariga xabar bermagan holda
  3. jinoyat tayyorlanishida ishtiroki boshqalarga qaraganda ancha kam bo‘lgan va rahbarlik qilmagan bo‘lsa, xabar bermagan holda ham
  4. terrorchilar bilan aloqani to‘xtatib, ular bilan uchrashuvlarni bekor qilgan, lekin xabar bermagan va oqibatlarning oldini olmagan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berib yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining oldini olishga faol ko‘maklashsa. 155-moddaning oxirida hokimiyatga o‘z vaqtida xabar berib oldini olishga faol ko‘maklashgan shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (1/2)Keyingi →O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar