O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Uchinchi Bo‘Lim
170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish
Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
- v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
171-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish
Mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganini bila turib, uni oldindan va’da qilmagan holda olish yoki o‘tkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) juda ko‘p miqdorda;
- b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
- v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish
Shaxsning mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
- b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
- v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
- b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Bilimingizni sinang
Talon-toroj alomatlarisiz aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish uchun jarimaning eng yuqori miqdori qancha?
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari
To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari. Bu qilmish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha jarima bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksi — 170-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish
- Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish
- Firibgarlik
- Talonchilik
To‘g‘ri javob: Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish. 170-modda: Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish.
Jinoyat kodeksi: «Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish» qaysi moddada belgilangan?
- 166-modda
- 170-modda
- 172-modda
- 168-modda
To‘g‘ri javob: 170-modda. 170-modda: Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish.
Jinoyat kodeksiga ko‘ra, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish qachon talon-toroj emas, balki alohida jinoyat hisoblanadi?
- Qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa
- Zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb topilmasa
- Qilmish kompyuter vositalarida sodir etilmasa
- Aybdor mansabdor shaxs bo‘lmasa
To‘g‘ri javob: Qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa. 170-moddada bu jinoyat talon-toroj alomatlari bo‘lmaganda qo‘llanadi.
Jinoyat kodeksining 170-moddasi bo‘yicha asosiy tarkib uchun qanday jarima miqdori belgilangan?
- Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha. 170-modda birinchi qismi.
Jinoyat kodeksining 170-moddasi bo‘yicha qaysi holat jazoni og‘irlashtiradi?
- Aybdorning ilgari sudlanmaganligi
- Zarar kichik miqdorda bo‘lishi
- Moddiy javobgar shaxs tomonidan sodir etilishi
- Aybdor zararni o‘z ixtiyori bilan qoplashi
To‘g‘ri javob: Moddiy javobgar shaxs tomonidan sodir etilishi. 170-moddaning ikkinchi qismida moddiy javobgar shaxs tomonidan sodir etish og‘irlashtiruvchi holat sifatida ko‘rsatilgan.
Mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganini bila turib olish yoki o‘tkazish takroran yoki ko‘p miqdorda sodir etilganda jarimaning quyi chegarasi qancha?
- bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari
To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari. Og‘irlashtiruvchi holatda jarima yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha belgilangan.
Jinoyat kodeksi — 171-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish
- O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish
- Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish
- Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish
To‘g‘ri javob: Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish. 171-modda: Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash