XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 175–181¹-m.

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (1/2)

Uchinchi Bo‘Lim

175-modda. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish

Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.

176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish

O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish —

ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

177-modda. Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish

Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

178-modda. Chet el valyutasini yashirish

Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

179-modda. Soxta tadbirkorlik

Soxta tadbirkorlik, ya’ni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida tadbirkorlik subyektini tashkil etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

180-modda. Soxta to‘lovga qobiliyatsizlik

Soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, ularni to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

181-modda. To‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish

Yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yashirish yo‘li bilan kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

181¹-modda. Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish

Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yuridik shaxsning yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Bilimingizni sinang

Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish jinoyati (asosiy tarkib) uchun jarimaning quyi chegarasi qancha?
  1. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari
  2. bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari
  3. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari
  4. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari

To‘g‘ri javob: bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 175-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  2. O‘g‘rilik
  3. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
  4. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish. 175-modda: O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish.

Jinoyat kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 175-modda
  2. 169-modda
  3. 182-modda
  4. 173-modda

To‘g‘ri javob: 175-modda. 175-modda: O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish qanday bitimni tuzishni ifodalaydi?
  1. Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni
  2. Foyda keltirishi kafolatlangan bitimni
  3. Faqat chet el valyutasidagi bitimni
  4. Faqat davlat organi bilan tuzilgan bitimni

To‘g‘ri javob: Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni. 175-moddada naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish jinoyat sifatida ko‘rsatilgan.

Jinoyat kodeksining 175-moddasi (asosiy tarkib) bo‘yicha qanday jarima miqdori belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha. 175-modda birinchi qismi.

Jinoyat kodeksining 175-moddasi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplansa, nima bo‘ladi?
  1. Jazo yarmiga kamaytiriladi
  2. Faqat ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanilmaydi
  3. Shaxs jazodan ozod etiladi
  4. Jinoyat ishi qayta tasniflanadi

To‘g‘ri javob: Shaxs jazodan ozod etiladi. 175-moddada uch karra qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etilishi aytilgan.

Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitim uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab tuzilsa, Jinoyat kodeksiga ko‘ra qanday jazo belgilangan?
  1. Besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. O‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 175-moddaning uchinchi qismi.

Bir guruh shaxslar oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki chet el valyutasi yasadi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ularga qanday jazo nazarda tutilgan?
  1. Besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. O‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash

To‘g‘ri javob: Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 176-moddaning ikkinchi qismida guruh tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan holda besh yildan o‘n yilgacha jazo belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarKeyingi →Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (2/2)