XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 193–198-m.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (1/2)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish

Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish

Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

195-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik

Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish

Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

196¹-modda. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

196²-modda. Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish

Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

197-modda. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish

Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

197¹-modda. Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik

Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish

Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish (davomi)

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Bilimingizni sinang

Sanoat va boshqa obyektlarni qurish va foydalanish normalarini mansabdor shaxs buzib, og‘ir oqibatlarga olib kelganda jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining necha baravariga teng?
  1. yuz baravarigacha
  2. uch yuz baravarigacha
  3. besh yuz baravarigacha
  4. ikki yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: ikki yuz baravarigacha. Bu jinoyat uchun jarima yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 193-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Raqobatchini obro‘sizlantirish
  2. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
  3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish
  4. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish

To‘g‘ri javob: Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish. 193-modda: Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish.

Jinoyat kodeksi: «Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 193-modda
  2. 192-modda
  3. 192⁷-modda
  4. 194-modda

To‘g‘ri javob: 193-modda. 193-modda: Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish.

Jinoyat kodeksining 193-moddasiga ko‘ra, ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buzish nimani anglatadi?
  1. Sanoat, energetika, transport va boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi
  2. Faqat chiqindilarni yoqib yuborish va ularni qonunga xilof ravishda ko‘mish yoki hududda to‘plash orqali tabiatga zarar yetkazish hamda aholini xavf ostida qoldirish
  3. Faqat o‘rmonlarni kesish qoidalarini buzish va daraxtlarni ruxsatsiz kesib, o‘rmon fondiga zarar yetkazish bilan bog‘liq harakatlar hamda ularni noqonuniy sotish
  4. Atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va ularni ommaviy axborot vositalarida erkin tarqatish orqali jamoatchilikni xabardor qilish hamda ekologik tashkilotlarga yetkazish

To‘g‘ri javob: Sanoat, energetika, transport va boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi. 193-modda obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirish normalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishini nazarda tutadi.

193-modda bo‘yicha jinoyat hisoblanishi uchun mansabdor shaxsning qoidabuzarligi qanday oqibatga sabab bo‘lishi kerak?
  1. Faqat korxona foydasining kamayishi va uning moliyaviy ko‘rsatkichlarining pasayishi hamda ishlab chiqarish rejalarining bajarilmasligi
  2. Insonning o‘limi, odamlarning ommaviy kasallanishi, atrof muhitning ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada o‘zgarishi yoki boshqa og‘ir oqibatlar
  3. Faqat bino qurilishining belgilangan muddatdan kechikishi va qurilish smetasining oshib ketishi, shuningdek pudratchi bilan nizo kelib chiqishi
  4. Faqat belgilangan jarimaning o‘z vaqtida to‘lanmasligi va ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilganidan keyin ham qoidabuzarlikning davom etishi

To‘g‘ri javob: Insonning o‘limi, odamlarning ommaviy kasallanishi, atrof muhitning ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada o‘zgarishi yoki boshqa og‘ir oqibatlar. 193-modda og‘ir oqibatlar kelib chiqishini talab qiladi.

Davlat komissiyasi a’zolari ekologik qoidalarni buzib, ishga tushirilishi kerak bo‘lmagan kimyo zavodini qabul qildilar. Natijada atrofdagi aholi ommaviy ravishda kasallandi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ularning harakati qanday baholanadi?
  1. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish — 196-modda
  2. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish — 196¹-modda
  3. Ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buzish — 193-modda
  4. Yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini buzish — 197-modda

To‘g‘ri javob: Ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buzish — 193-modda. Davlat komissiyasi a’zolari tomonidan obyektni qoidalarni buzib qabul qilish 193-moddada alohida ko‘rsatilgan.

193-moddada ozodlikdan mahrum qilish qanday muddatgacha belgilangan?
  1. Besh yilgacha
  2. Ikki yilgacha
  3. Sakkiz yilgacha
  4. Uch yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yilgacha. 193-modda: bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Zararli ekologik oqibatlarga oid ma’lumotlarni maxsus vakolatli mansabdor shaxslar qasddan yashirib, aholi ommaviy kasallanganda jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. ikki yuz baravaridan
  2. ellik baravaridan
  3. uch yuz baravaridan
  4. yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: yuz baravaridan. Ma’lumotlarni yashirish uchun jarima yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (2/2)Keyingi →Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (2/2)