XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 192³–192¹²-m.

Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (2/2)

Uchinchi Bo‘Lim

192³-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192⁴-modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul mablag‘larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

192⁵-modda. Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192⁶-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish

Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192⁷-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192⁸-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish

Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

192⁹-modda. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

192⁹-modda. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish (davomi)

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti pora evaziga og‘dirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

192¹⁰-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192¹¹-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish

Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

192¹²-modda. Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik

Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

192¹²-modda. Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik (davomi)

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Bilimingizni sinang

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yoki bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish (ma’muriy jazodan keyin) uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. ikki yuz baravaridan
  2. yuz baravaridan
  3. ellik baravaridan
  4. uch yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: ikki yuz baravaridan. Bunday harakat uchun jarima ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 192³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Xususiy mulk huquqini buzish
  2. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish
  3. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
  4. Raqobatchini obro‘sizlantirish

To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish. 192³-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish.

Jinoyat kodeksi: «Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 192-modda
  2. 192⁸-modda
  3. 192³-modda
  4. 192¹-modda

To‘g‘ri javob: 192³-modda. 192³-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish.

Jinoyat kodeksining 192³-moddasi qanday harakatni jinoyat deb biladi?
  1. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yoki ularning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turishni
  2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni qonunda belgilangan muddatdan ortiq kechiktirishni va hujjatlarni qabul qilmaslikni
  3. Tadbirkorlarning bank kreditlarini shartnomada ko‘zda tutilgan muddatdan oldin majburan undirishni va garov mulkini musodara qilishni
  4. Tadbirkorlik subyektlari hisobotlarini ataylab soxtalashtirishni va davlat statistika organlariga yolg‘on ma’lumot taqdim etishni

To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yoki ularning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turishni. 192³-modda faoliyat va hisobvaraq operatsiyalarini qonunga xilof ravishda to‘xtatib turishni nazarda tutadi (ma’muriy jazodan keyin).

192³-moddaning birinchi qismi bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish qanday muddatgacha belgilangan?
  1. Besh yilgacha
  2. Uch yilgacha
  3. Ikki yilgacha
  4. Bir yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yilgacha. 192³-modda birinchi qismida uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rsatilgan.

Tuman inspeksiyasi mansabdori Olimjon va uning ikki hamkasbi oldindan til biriktirib, ma’muriy jazodan keyin tadbirkorning bank hisobvarag‘idagi operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib qo‘ydi, tadbirkorga ko‘p miqdorda zarar yetdi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, qanday jazolardan biri qo‘llanishi mumkin?
  1. Faqat uch yuz baravarigacha jarima, boshqa jazo turlari nazarda tutilmagan
  2. Besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa jazo turlari yo‘q
  3. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish
  4. Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. 192³-moddaning ikkinchi qismida ko‘p miqdorda zarar yoki guruh tomonidan sodir etilsa, 3–5 yil nazarda tutilgan.

192³-modda bo‘yicha juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilsa yoki uyushgan guruh manfaatlari ko‘zlansa, ozodlikdan mahrum qilish muddati qanday?
  1. Uch yildan besh yilgacha
  2. Yetti yildan o‘n yilgacha
  3. Sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha
  4. Besh yildan yetti yilgacha

To‘g‘ri javob: Besh yildan yetti yilgacha. 192³-moddaning uchinchi qismi.

Litsenziyalash organi mansabdorlari uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab, litsenziya berish tartibini qonunga xilof ravishda buzdi, ma’muriy jazodan keyin. Jinoyat kodeksining 192⁵-moddasiga ko‘ra, ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish qanday muddatga belgilangan?
  1. Besh yildan yetti yilgacha
  2. Bir yildan uch yilgacha
  3. Uch yildan besh yilgacha
  4. Ikki yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha. 192⁵-moddaning ikkinchi qismi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (1/2)Keyingi →Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (1/2)