XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 205–214-m.

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (1/4)

Beshinchi Bo‘Lim

205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish

Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish

Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash

Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

208-modda. Hokimiyat harakatsizligi

Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yo‘l qo‘ygan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hokimiyat harakatsizligi g‘arazgo‘ylik niyatlarida sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

209-modda. Mansab soxtakorligi

Mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

210-modda. Pora olish

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

211-modda. Pora berish

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish (davomi)

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi (davomi)

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. uch yuz baravaridan
  2. bir yuz ellik baravaridan
  3. ellik baravaridan
  4. ikki yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: bir yuz ellik baravaridan. Jarima bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 205-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish
  2. Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
  3. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish
  4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish

To‘g‘ri javob: Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish. 205-modda: Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish.

Jinoyat kodeksi: «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 203-modda
  2. 204-modda
  3. 202-modda
  4. 205-modda

To‘g‘ri javob: 205-modda. 205-modda: Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish.

Jinoyat kodeksining 205-moddasiga ko‘ra, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish nimani anglatadi?
  1. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi
  2. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z vakolatlarini ehtiyotsizlik bilan bajarmasligi
  3. Davlat organi yoki davlat ishtirokidagi tashkilot mansabdor shaxsining o‘ziga berilgan vakolatlar doirasidan qasddan chetga chiqib, qonunga xilof harakat sodir etishi
  4. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining xizmat vazifalarini qasddan bajarmasligi yoki kechiktirishi

To‘g‘ri javob: Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi. 205-modda suiiste’molni mansab vakolatlaridan qasddan foydalanish deb ta’riflaydi.

205-moddaga ko‘ra, mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyat bo‘lishi uchun qanday oqibat talab etiladi?
  1. Ancha miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi
  2. Ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi
  3. Faqat odam o‘limiga sabab bo‘lishi yoki og‘ir oqibatlar
  4. Mansabdorning shaxsan moddiy foyda ko‘rgan bo‘lishi

To‘g‘ri javob: Ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi. 205-moddada ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi shart qilib qo‘yilgan.

205-moddaning birinchi qismida ozodlikdan mahrum qilish qanday muddatgacha nazarda tutilgan?
  1. Besh yilgacha
  2. Bir yilgacha
  3. Uch yilgacha
  4. Ikki yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yilgacha. 205-modda birinchi qismi: uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Hokim yordamchisi Karim g‘arazgo‘ylik niyatida o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanib, davlat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazdi. Jinoyat kodeksining 205-moddasiga ko‘ra, unga qanday jazo nazarda tutilgan?
  1. Muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. Muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash
  4. Muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 205-moddaning ikkinchi qismida g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilsa, besh yilgacha mahrum qilish belgilangan.

Jinoyatlarni tergov qilish organi xodimi o‘z vakolatidan chetga chiqib, fuqaroni asossiz ushlab turdi va uning huquqlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazdi. Jinoyat kodeksining 206-moddasi birinchi qismi bo‘yicha qanday jarima belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha. 206-modda birinchi qismi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAtrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (2/2)Keyingi →Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (2/4)