XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 214¹–219-m.

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (2/4)

Beshinchi Bo‘Lim

214¹-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi

Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, ushbu Kodeksning 210 va 214-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

214²-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish

Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki ularni mulkiy manfaatdor etish, ushbu Kodeksning 211 va 213-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

214²-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish (davomi)

Agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish

O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish

G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

216¹-modda. G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash

O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

216²-modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

217-modda. Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish

Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini ularning tashkilotchisi tomonidan buzish shunday harakatlari uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

218-modda. Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish

Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

218¹-modda. Ish tashlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda unda ishtirok etishga majbur qilish va (yoki) unga rahbarlik qilish, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish

Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Sport musobaqalari natijasini o‘zgartirish maqsadida pora olish uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. ellik baravaridan
  2. yigirma besh baravaridan
  3. yuz baravaridan
  4. uch yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Bunday pora olish uchun jarima ellik baravaridan yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 214¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ish tashlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  2. Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish
  3. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi
  4. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi

To‘g‘ri javob: Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi. 214¹-modda: Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi.

Jinoyat kodeksi: «Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 214-modda
  2. 214¹-modda
  3. 218-modda
  4. 218¹-modda

To‘g‘ri javob: 214¹-modda. 214¹-modda: Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi.

Jinoyat kodeksining 214¹-moddasi qanday maqsadda sportchining, trenerning yoki hakamning moddiy qimmatliklar olishini jinoyat deb biladi?
  1. Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida
  2. Sport musobaqasi homiylarini jalb qilish va jamoani xalqaro maqomga ko‘tarish maqsadida
  3. Sport jamoasini musobaqada ro‘yxatdan o‘tkazish va mukofot jamg‘armasini ko‘paytirish maqsadida
  4. Sport musobaqasi tomoshabinlari sonini oshirish va uning reklama qiymatini ko‘tarish maqsadida

To‘g‘ri javob: Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida. 214¹-moddada moddiy qimmatlik olish musobaqa natijasi yoki borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida bo‘lishi kerak.

214¹-modda qachon qo‘llanadi?
  1. Qilmishda 210 va 214-moddalarda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan holatlarda
  2. Qilmishda 210 va 214-moddalarda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda
  3. Faqat sportchi voyaga yetmagan bo‘lib, qilmishda 210-modda alomatlari mavjud bo‘lganda
  4. Faqat xalqaro sport musobaqalarida, qilmishda 214-modda alomatlari ham mavjud bo‘lganda

To‘g‘ri javob: Qilmishda 210 va 214-moddalarda nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganda. 214¹-modda 210 va 214-moddalar alomatlari bo‘lmagan holatlarga nisbatan qo‘llanadi.

214¹-moddaning birinchi qismida qanday jarima belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha. 214¹-modda birinchi qismi.

Sport hakami Anvar boshqa ikki hakam bilan oldindan til biriktirib, o‘yin natijasini o‘zgartirish evaziga moddiy qimmatliklar oldi. Jinoyat kodeksining 214¹-moddasiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish qanday muddatda belgilangan?
  1. Bir yildan uch yilgacha
  2. Besh yildan sakkiz yilgacha
  3. Uch yilgacha
  4. Uch yildan besh yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha. 214¹-moddaning ikkinchi qismida guruh tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

Sport musobaqalari ishtirokchisi pora olish uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilsa (214¹-modda), ozodlikdan mahrum qilish qanday muddatda belgilangan?
  1. Besh yildan sakkiz yilgacha
  2. Uch yildan besh yilgacha
  3. Sakkiz yildan o‘n yilgacha
  4. Besh yilgacha

To‘g‘ri javob: Besh yildan sakkiz yilgacha. 214¹-moddaning uchinchi qismi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBoshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (1/4)Keyingi →Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (3/4)