XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 270–276⁴-m.

Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar (1/2)

Beshinchi Bo‘Lim

270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish

Taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallash —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

273-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar ko‘p bo‘lmagan miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

273-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (davomi)

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.

274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni iste’mol qilishga jalb etish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ta’lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o‘quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yoki talabalar (o‘quvchilar) tomonidan o‘quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni iste’mol qilishga jalb etish (davomi)

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

275-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki jo‘natish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.

276¹-modda. G‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish yoki saqlash, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.

276²-modda. Bangixona tashkil qilish yoki saqlash

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276³-modda. Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish

Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish yoxud bunday faoliyat fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida xizmat faoliyati yuzasidan o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar haqida xabar berish, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276⁴-modda. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash

Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash, —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Ko‘knor yoki kannabis kabi taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. o‘n baravaridan
  2. yigirma besh baravaridan
  3. yuz baravaridan
  4. ellik baravaridan

To‘g‘ri javob: yigirma besh baravaridan. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha belgilanadi.

Jinoyat kodeksi — 270-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish
  2. Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish
  3. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish
  4. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish

To‘g‘ri javob: Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish. 270-modda: Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish.

Jinoyat kodeksi: «Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 264-modda
  2. 270-modda
  3. 273-modda
  4. 275-modda

To‘g‘ri javob: 270-modda. 270-modda: Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish.

Jinoyat kodeksining 270-moddasiga ko‘ra qaysi ekinlar «taqiqlangan ekinlar» hisoblanadi?
  1. Ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlar
  2. Faqat paxta, bug‘doy yoki sholi, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan sabzavot ekinlari
  3. Faqat tamaki yoki sigaret xomashyosi bo‘lgan o‘simliklar hamda tarkibida nikotin va smola miqdori yuqori bo‘lgan ekinlar
  4. Dorivor o‘simliklarning barchasi hamda ularning tarkibida efir moylari yoki vitaminlar bo‘lgan boshqa ekinlar

To‘g‘ri javob: Ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlar. 270-modda: ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlar.

Taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ekish yoki yetishtirish (270-modda, birinchi qism) uchun jarima qancha miqdorda belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha. 270-modda birinchi qismi: yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha jarima yoki boshqa jazolar.

Fermer Hamidov o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida ko‘knor yetishtirdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. 270-moddaning birinchi qismi, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha jarima solinadi
  2. 270-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish ham mumkin
  3. 270-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ham mumkin, chunki ekin maydoni katta
  4. Jinoyat yo‘q, chunki fermer ko‘knorni o‘z yer uchastkasida yetishtirgan va uni hech kimga sotish niyatida bo‘lmagan deb hisoblanadi

To‘g‘ri javob: 270-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish ham mumkin. 270-modda ikkinchi qismi v) bandi: o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilsa, jazo og‘irlashadi.

Taqiqlangan ekinlarni katta ekin maydonida yetishtirish (270-modda, uchinchi qism) uchun qanday jazo belgilangan?
  1. Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  3. O‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Faqat jarima

To‘g‘ri javob: Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 270-modda uchinchi qismi: katta ekin maydonida sodir etilsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof tayyorlash, saqlash yoki o‘tkazish (273-modda, birinchi qism) uchun qanday jarima va jamoat ishlari belgilangan?
  1. Yuz baravarigacha jarima yoki yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari qo‘llanadi
  2. Ellik baravarigacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
  3. Uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Yigirma besh baravarigacha jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari

To‘g‘ri javob: Ellik baravarigacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari. 273-modda birinchi qismi: ellik baravarigacha jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari va boshqa jazolar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTransport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (2/2)Keyingi →Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar (2/2)