XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 276⁵–276¹³-m.

Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar (2/2)

Beshinchi Bo‘Lim

276⁵-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ta’lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o‘quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (o‘quvchilar) tomonidan o‘quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276⁶-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoxud ularni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276⁶-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish (davomi)

O‘sha qilmishlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.

276⁷-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashishning yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning talon-toroj qilinishiga yoxud boshqa tarzda jiddiy ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276⁸-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.

276⁹-modda. Tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish

Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasallikni boshqa shaxsga yuqtirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276¹⁰-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish

Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vositalar va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, —

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

276¹⁰-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (davomi)

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276¹¹-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish

Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

276¹²-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

276¹²-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish (davomi)

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.

276¹³-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish

Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, —

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish ma’muriy jazodan keyin sodir etilsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. ellik baravaridan
  2. bir yuz ellik baravaridan
  3. yuz baravaridan
  4. ikki yuz baravaridan

To‘g‘ri javob: bir yuz ellik baravaridan. Bunday harakatlar uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha belgilangan.

Jinoyat kodeksi — 276⁵-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
  2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
  3. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
  4. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish

To‘g‘ri javob: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish. 276⁵-modda: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish.

Jinoyat kodeksi: «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 276¹¹-modda
  2. 276¹³-modda
  3. 276⁷-modda
  4. 276⁵-modda

To‘g‘ri javob: 276⁵-modda. 276⁵-modda: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish.

Jinoyat kodeksining 276⁵-moddasiga ko‘ra qaysi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish yoki reklama qilish jinoyat hisoblanadi?
  1. Faqat giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni, ularning analoglari hisoblanuvchi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni
  2. Faqat spirtli ichimliklar yoki pivo mahsulotlari hisoblanmaydigan, lekin kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni
  3. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni
  4. Faqat tamaki mahsulotlari, nikotin saqlovchi suyuqliklar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni

To‘g‘ri javob: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni. 276⁵-modda: giyohvandlik vositalari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulot.

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish (276⁵-modda, birinchi qism) uchun jarima qancha miqdorda?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha. 276⁵-modda birinchi qismi: bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha jarima va boshqa jazolar.

Reklamachi Sodiqov ilgari shunday harakat uchun ma’muriy jazo olgan bo‘lib, kuchli ta’sir qiluvchi moddani targ‘ib qiluvchi plakatlarni maktab hududida osdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. 276⁵-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ta’lim tashkilotining hududida sodir etilgani uchun og‘irroq jazo
  2. 276⁵-moddaning birinchi qismi, bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha jarima solinadi
  3. Jinoyat yo‘q, chunki plakat osish reklama hisoblanadi va ma’muriy jazo yetarli hisoblanadi
  4. 276⁶-modda bo‘yicha javobgarlik, chunki kuchli ta’sir qiluvchi modda qonunga xilof muomalaga kiritilgan

To‘g‘ri javob: 276⁵-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ta’lim tashkilotining hududida sodir etilgani uchun og‘irroq jazo. 276⁵-modda ikkinchi qismi: targ‘ib ta’lim tashkilotlarining hududida sodir etilsa, uch yuz–besh yuz baravar jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash/mahrum qilish.

Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga jalb qilish (276¹⁰-modda, birinchi qism) qaysi shart bilan jinoyat hisoblanadi?
  1. Faqat ommaviy joyda yoki ta’lim muassasasi hududida sodir etilsa, ma’muriy jazosiz
  2. Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa
  3. Faqat pul evaziga yoki mulkiy manfaat evaziga sodir etilsa, ma’muriy jazosiz
  4. Faqat takroran va guruh tomonidan sodir etilsa, ma’muriy jazo qo‘llanilmagan bo‘lsa ham

To‘g‘ri javob: Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa. 276¹⁰-modda birinchi qismi: ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoyat.

Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash uchun axloq tuzatish ishlari muddati eng kamida qancha?
  1. olti oydan
  2. bir yildan
  3. uch yildan
  4. ikki yildan

To‘g‘ri javob: ikki yildan. Bunday qilmish uchun ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar (1/2)Keyingi →Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (1/2)