XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat kodeksi · 295–302-m.

Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar · Harbiy mansabdorlik jinoyatlari

Yettinchi Bo‘Lim

295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish

Harbiy mulkni behuda sarflash, ya’ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan o‘zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qo‘yishi —

bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, texnika ta’minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo‘qotish yoki ishdan chiqarish, —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish

Qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish

Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, o‘q-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish

Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish

Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish

Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

301-modda. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi

Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —

uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash

Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bilimingizni sinang

Muddatli harbiy xizmatchining shaxsiy foydalanish uchun berilgan aslaha-anjomlarni sotishi yoki garovga qo‘yishi uchun ozodlikdan mahrum qilish eng ko‘pi bilan qancha muddatga belgilanadi?
  1. besh yilgacha
  2. bir yilgacha
  3. uch yilgacha
  4. ikki yilgacha

To‘g‘ri javob: bir yilgacha. Harbiy mulkni behuda sarflash bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ishonib topshirilgan qurol va o‘q-dorilarni saqlash qoidalarini buzib, ularni yo‘qotish yoki ishdan chiqarish uchun xizmat bo‘yicha cheklash eng ko‘pi bilan qancha muddatga belgilanadi?
  1. uch yilgacha
  2. besh yilgacha
  3. bir yilgacha
  4. ikki yilgacha

To‘g‘ri javob: ikki yilgacha. Bunday qilmish ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash, bir yilgacha intizomiy qism yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksi — 295-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi
  2. Dezertirlik
  3. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish
  4. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish

To‘g‘ri javob: Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish. 295-modda: Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish.

Jinoyat kodeksi: «Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 298-modda
  2. 295-modda
  3. 301-modda
  4. 288-modda

To‘g‘ri javob: 295-modda. 295-modda: Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish.

Jinoyat kodeksining 295-moddasiga ko‘ra harbiy mulkni behuda sarflash qanday harakatlarda ifodalanadi?
  1. Harbiy qismdan ruxsatsiz chiqib ketish, shuningdek xizmat joyiga o‘z vaqtida qaytmaslik va qismni tashlab ketish
  2. Shaxsan foydalanish uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotish, foydalanish uchun birovga berish yoki garovga qo‘yish
  3. Buyruqni bajarmaslik, shuningdek boshliqqa qarshilik ko‘rsatish va uni vazifalarini buzishga majbur etish yoki haqorat qilish
  4. Qurolni toza saqlamaslik, shuningdek harbiy aslaha-anjomlarni o‘z vaqtida tekshirmaslik va ularni ta’mirlamaslik

To‘g‘ri javob: Shaxsan foydalanish uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotish, foydalanish uchun birovga berish yoki garovga qo‘yish. 295-modda birinchi qismi: muddatli harbiy xizmatchining shaxsan foydalanishi uchun berilgan aslaha-anjomlarni sotishi, birovga berishi yoki garovga qo‘yishi.

Muddatli harbiy xizmatchi Aliyev o‘ziga shaxsan foydalanish uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni bozorda sotdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Jinoyat yo‘q, chunki buyumlar arzon bo‘lib, ularni sotish faqat intizomiy javobgarlik asosi bo‘ladi, bu esa jinoiy tarkib emas
  2. Muddatli harbiy xizmatchi 295-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi, chunki aslaha-anjomlar sotilgan
  3. Faqat jarima solinadi, chunki muddatli harbiy xizmatchi shaxsiy foydalanishdagi aslaha-anjomlarni sotgan, lekin zarar yetkazmagan
  4. 295-moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: 295-moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 295-modda birinchi qismi: aslaha-anjomlarni sotish — bir yilgacha intizomiy qism yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Serjant Karimovga xizmatda foydalanish uchun avtomat ishonib topshirilgan edi. U saqlash qoidalarini buzgani sababli avtomat yo‘qolib qoldi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. 295-moddaning birinchi qismi, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Jinoyat yo‘q, chunki avtomat o‘g‘irlangan va serjant saqlash qoidalarini buzgan, lekin qasd bo‘lmagan, shuning uchun javobgarlik yo‘q
  3. 296-modda bo‘yicha javobgarlik, chunki serjant harbiy mulkni qasddan nobud qilgan yoki unga shikast yetkazgan
  4. 295-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: 295-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 295-modda ikkinchi qismi: ishonib topshirilgan qurolni saqlash qoidalarini buzib yo‘qotish — ikki yilgacha cheklash yoki uch yilgacha mahrum qilish.

Harbiy mulkni behuda sarflash yoki yo‘qotish jangovar vaziyatda sodir etilsa (295-modda, uchinchi qism), qanday jazo belgilangan?
  1. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  2. Bir yilgacha intizomiy qismga yuborish
  3. Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
  4. Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

To‘g‘ri javob: Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 295-modda uchinchi qismi: jangovar vaziyatda sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHarbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar