Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar
Yettinchi Bo‘Lim
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo‘lmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish (davomi)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, muddatidan qat’i nazar, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
289-modda. Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
- a) badanga og‘ir shikast yetkazilishiga;
- b) odam o‘lishiga;
- v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
293-modda. Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish
Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo‘riqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
294-modda. Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Chegarachilar naryadi tarkibida bo‘lgan shaxsning chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
- a) qonunga xilof ravishda chegaradan o‘tishga;
- b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bilimingizni sinang
Muddatli harbiy xizmatchining bir kecha-kunduzdan ortiq, o‘n kecha-kunduzgacha xizmat joyida bo‘lmasligi intizomiy jazodan keyin sodir etilsa, ozodlikdan mahrum qilish eng ko‘pi bilan qancha muddatga belgilanadi?
- uch yilgacha
- ikki yilgacha
- bir yilgacha
- besh yilgacha
To‘g‘ri javob: bir yilgacha. Bunday qilmish bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy xizmatchining uzrli sabablarsiz xizmat joyiga o‘n kecha-kunduzdan ortiq yetib kelmasligi uchun javobgarlik muddati eng ko‘pi bilan qancha vaqtgacha bo‘lgan holat uchun ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash nazarda tutilgan?
- ikki oydan
- uch oydan
- o‘n kecha-kunduzdan
- bir oydan
To‘g‘ri javob: bir oydan. Muddat o‘n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan davrni qamraydi.
Jinoyat kodeksi — 287-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
- Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish
- Badanga shikast yetkazish
- O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash
To‘g‘ri javob: Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish. 287-modda: Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish.
Jinoyat kodeksi: «Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish» qaysi moddada belgilangan?
- 283-modda
- 287-modda
- 294-modda
- 290-modda
To‘g‘ri javob: 287-modda. 287-modda: Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish.
Jinoyat kodeksining 287-moddasi birinchi qismi bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchining xizmat joyida hozir bo‘lmasligi qancha muddat davom etganda jinoyat hisoblanadi?
- Bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida
- Bir kecha-kunduzdan kam, ammo bir soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida
- O‘n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida
- Bir oydan ortiq, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida uzluksiz
To‘g‘ri javob: Bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida. 287-modda birinchi qismi: bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat (intizomiy jazodan keyin).
Muddatli harbiy xizmatchi Aliyev xizmat safaridan uzrli sababsiz besh kecha-kunduz kechikib qaytdi; shunday qilmish uchun unga avval intizomiy jazo chorasi qo‘llangan edi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- 287-moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki ozodlikdan mahrum qilish
- Jinoyat yo‘q, chunki besh kecha-kunduz muddati kamida o‘n kecha-kunduz bo‘lishi talab qilinadigan jinoyat tarkibiga kirmaydi
- 287-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, chunki unga avval intizomiy jazo qo‘llangan edi
- 288-modda bo‘yicha dezertirlik uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, chunki harbiy xizmatchi qaytib kelgan
To‘g‘ri javob: 287-moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki ozodlikdan mahrum qilish. 287-modda birinchi qismi: 1–10 kecha-kunduz yo‘q bo‘lish, intizomiy jazodan keyin sodir etilsa — bir yilgacha intizomiy qism yoki mahrum qilish.
Harbiy xizmatchi uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasa (287-modda, ikkinchi qism), qanday jazo qo‘llanadi?
- Bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash
- Ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- Besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki bir yilgacha intizomiy qism
To‘g‘ri javob: Ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 287-modda ikkinchi qismi: ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi Eshmatov uzrli sababsiz yigirma kecha-kunduz xizmat joyiga yetib kelmadi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- 287-moddaning birinchi qismi, bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- 287-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
- 288-modda bo‘yicha dezertirlik, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, chunki yigirma kecha-kunduz o‘tgan
- Jinoyat yo‘q, chunki kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi faqat intizomiy javobgarlikka tortiladi
To‘g‘ri javob: 287-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha, ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. 287-modda ikkinchi qismi: o‘n kecha-kunduzdan ortiq, bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat — ikki yilgacha cheklash yoki uch yilgacha mahrum qilish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash