Jinoyat protsessi prinsiplari (2/2)
Birinchi Bo‘Lim
20-modda. Jinoyat ishlari yuritiladigan til
Jinoyat ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o‘z ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda so‘zlash huquqi ta’minlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim.
21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borish va ishni sudda ko‘rish chog‘ida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun o‘z vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir.
Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir.
22-modda. Haqiqatni aniqlash
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega bo‘lib, ularga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish majburiyati bilan ta’minlanadi.
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko‘rilayotganda ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ish sudda ko‘rilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lganda boshlanishi mumkin.
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
26-modda. Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, dalillarni ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli.
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 20-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Aybsizlik prezumpsiyasi
- Jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqish
- Jinoyat ishlari yuritiladigan til
- Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishlari yuritiladigan til. 20-modda: Jinoyat ishlari yuritiladigan til.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishlari yuritiladigan til» qaysi moddada belgilangan?
- 23-modda
- 26-modda
- 20-modda
- 13-modda
To‘g‘ri javob: 20-modda. 20-modda: Jinoyat ishlari yuritiladigan til.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat ishlarini yuritish qaysi tillarda olib boriladi?
- Faqat o‘zbek tilida, boshqa tillarda ish yuritish hech qanday holatda ruxsat etilmaydi
- O‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda
- Faqat davlat tilida yoki rus tilida, ishtirokchilarning ko‘pchiligi so‘zlashadigan tilga qarab
- Faqat ishtirokchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra tanlangan tilda va sudya roziligisiz
To‘g‘ri javob: O‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda. 20-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, ish yuritish o‘zbek, qoraqalpoq yoki ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Jinoyat ishi sudda o‘zbek tilida ko‘rilmoqda. Ishtirokchi Petrov o‘zbek tilini yetarli darajada tushunmaydi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, uning qanday huquqi ta’minlanadi?
- Ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv berish va sudda so‘zlash huquqi
- Faqat o‘zbek tilida arz qilish, ko‘rsatuv berish va sudda so‘zlash huquqi, tarjimon xizmatidan foydalanmasdan
- Ishda ishtirok etishdan voz kechish majburiyati, agar u sud tilini yetarli darajada tushunmasa va tarjimon topa olmasa
- Ishni boshqa tilga o‘tkazishni talab qilish huquqi, ammo tarjimonsiz va ona tilida arz qilish huquqisiz
To‘g‘ri javob: Ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv berish va sudda so‘zlash huquqi. 20-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, tilni bilmaydigan ishtirokchiga ona tilida yoki o‘zi biladigan tilda arz qilish, ko‘rsatuv berish, so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda qaysi sifatda qatnashishga haqli?
- Sudya yordamchilari hamda sud majlisi kotiblari tariqasida
- Faqat guvohlar, mutaxassislar va ekspertlar tariqasida
- Jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida
- Tergov sudyasi vazifasini bajaruvchi shaxslar tariqasida
To‘g‘ri javob: Jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida. 21-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, ular jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqli.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 22-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Haqiqatni aniqlash
- Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish
- Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish
- Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
To‘g‘ri javob: Haqiqatni aniqlash. 22-modda: Haqiqatni aniqlash.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Haqiqatni aniqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 17-modda
- 22-modda
- 16-modda
- 27-modda
To‘g‘ri javob: 22-modda. 22-modda: Haqiqatni aniqlash.
Tergovchi guvoh Sobirovdan zarur ko‘rsatuvni qo‘rqitib olishga harakat qildi. Jinoyat-protsessual kodeksining haqiqatni aniqlash prinsipiga ko‘ra, bu qanday baholanadi?
- Tergov uchun zarur bo‘lsa, ko‘rsatuv olishda jismoniy bosim va qo‘rqitish choralari ruxsat etiladi
- Faqat og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ruxsat etiladi, ko‘rsatuv olishda qo‘rqitish choralariga yo‘l qo‘yiladi
- Faqat prokuror ruxsati bilan ruxsat etiladi, ko‘rsatuv olishda qo‘rqitish va majburlash choralariga yo‘l qo‘yiladi
- Zo‘rlash, qo‘rqitish va boshqa qonunga xilof choralar bilan ko‘rsatuv olishga harakat qilish man etiladi
To‘g‘ri javob: Zo‘rlash, qo‘rqitish va boshqa qonunga xilof choralar bilan ko‘rsatuv olishga harakat qilish man etiladi. 22-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, zo‘rlash va qo‘rqitish orqali ko‘rsatuv olishga harakat qilish man etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash