Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar (1/2)
Ikkinchi Bo‘Lim
28-modda. Sud
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo‘yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm yoki ajrim chiqaradi.
Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida ko‘rib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi.
29-modda. Sudning vakolatlari
Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, tintuv o‘tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; prokurorning xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv o‘tkazish; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi.
29-modda. Sudning vakolatlari (davomi)
Yuqori sudlar, bundan tashqari, o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
30-modda. Sudyalar va xalq maslahatchilari
Jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar.
31-modda. Sudyaning vakolatlari
Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
31¹-modda. Tergov sudyasining vakolatlari
Tergov sudyasi yakka o‘zi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqish; tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kiradi.
31¹-modda. Tergov sudyasining vakolatlari (davomi)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qo‘shimcha protsessual harakatlarni bajarish chog‘ida ham amalga oshiriladi.
32-modda. Sud majlisi kotibi
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir bo‘lmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma’lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, ko‘rsatuvlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart.
33-modda. Prokuror
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat’i nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rishi shart.
Prokuror o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori ko‘rsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
34-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558, 589-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 409-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qanday hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘radi?
- Qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari
- Qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari
- Faqat oqlov hukmlari
- Faqat jazoni ijro etish haqidagi ajrimlari
To‘g‘ri javob: Qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari. 28-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi qonuniy kuchga kirmagan hukm va ajrimlar ustidan shikoyatlarni ko‘radi.
Birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirdi, u apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan edi. Mahkumning advokati hukm ustidan shikoyat bermoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shikoyatni qaysi instansiya ko‘radi?
- Apellyatsiya instansiyasi sudi
- Birinchi instansiya sudining o‘zi
- Tergov sudyasi
- Kassatsiya instansiyasi sudi
To‘g‘ri javob: Kassatsiya instansiyasi sudi. 28-moddaga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hukmlar ustidan shikoyatlarni ko‘radi.
Quyidagilardan qaysi biri Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudlar qatoriga kiradi?
- Prokuratura organlari
- Harbiy sudlar
- Tuman hokimliklari
- Ichki ishlar organlari huzuridagi maxsus komissiyalar
To‘g‘ri javob: Harbiy sudlar. 28-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, odil sudlovni jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 29-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sud majlisi kotibi
- Tergov sudyasining vakolatlari
- Sudning vakolatlari
- Prokurorning vakolatlari
To‘g‘ri javob: Sudning vakolatlari. 29-modda: Sudning vakolatlari.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sudning vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 29-modda
- 31¹-modda
- 34-modda
- 32-modda
To‘g‘ri javob: 29-modda. 29-modda: Sudning vakolatlari.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sudning vakolatlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
- Gumon qilinuvchini ushlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish va uni ijro etish
- Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish va ish yuritishni boshlash
- Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
- Surishtiruvni o‘tkazish va surishtiruvchiga tezkor-qidiruv topshiriqlarini berish
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish. 29-moddaga ko‘ra, sudning vakolatlariga ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kiradi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, yuqori sudlar o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nima amalga oshiradilar?
- Faqat maslahat beradilar
- Faqat statistika yuritadilar
- Quyi sudlarni tayinlaydilar
- Nazoratni amalga oshiradilar
To‘g‘ri javob: Nazoratni amalga oshiradilar. 29-moddaning davomiga ko‘ra, yuqori sudlar quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rishda sud tarkibiga qanday sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar?
- Faqat sudya tomonidan o‘zi tanlangan
- Tayinlangan yoki saylangan
- Faqat prokuror tomonidan tavsiya etilgan
- Faqat taraflar kelishgan
To‘g‘ri javob: Tayinlangan yoki saylangan. 30-moddaga ko‘ra, sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash