Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish (3/3)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
617-modda. Xorijiy davlat sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish
Xorijiy davlat sudining qarorini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq har qanday masalalar mazkur davlatning sudi tomonidan hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida jazo o‘tayotgan yoki majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan chiqarilgan xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan yoxud xorijiy davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilgan taqdirda, xorijiy davlat sudining qayta ko‘rib chiqilgan qarorini ijro etish, shuningdek amnistiya yoxud afv etish aktini qo‘llash masalalari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Agar xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan va ish sud muhokamasida yangitdan ko‘rish uchun tayinlangan bo‘lsa, kelgusida jazoni o‘tash to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
618-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari
Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berish ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan yoki majburiy davolanishda bo‘lgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga ko‘ra, shuningdek berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining so‘roviga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan berish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
619-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni berish to‘g‘risidagi materiallarni o‘rganib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ular tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lsa hamda ushbu Kodeksda va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda mazkur shaxslarni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda xorijiy davlatning vakolatli organiga va berish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaat qilgan shaxsga xabar qiladi.
Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning berilishi ularni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qo‘llash, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashni tugatish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxsni berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida, shuningdek xorijiy davlat sudining O‘zbekiston Respublikasi sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi qarori haqida hukmni yoki ajrimni chiqargan sudni xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida amnistiya akti e’lon qilingan taqdirda, prokurorning iltimosnomasiga binoan sud berilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
620-modda. Berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki o‘zgartirish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashni tugatish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi xabarnoma
Xorijiy davlatga jazoni o‘tashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi sudining hukmini yoki majburiy davolashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi sud ajrimi bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan taqdirda, shuningdek ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida amnistiya akti yoxud afv etish qo‘llanilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishli qarorning ko‘chirma nusxasini yuboradi.
621-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish
Ushbu Kodeksning 611-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
- 1) shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishiga yoki unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan qilmishlarning hech biri u fuqarosi bo‘lgan davlatning yoki doimiy yashash joyidagi davlatning qonunchiligiga ko‘ra jinoyat deb e’tirof etilmasa;
- 2) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni berish to‘g‘risida mazkur davlat bilan kelishuvga erishilmagan bo‘lsa;
- 3) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni berish O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa;
- 4) ozodlikdan mahrum etilgan shaxs yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlatning fuqarosi bo‘lmasa;
- 5) xorijiy davlatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi oqibatida yoki ushbu davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra jazoni ijro etish mumkin bo‘lmasa;
- 6) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni berish to‘g‘risidagi so‘rov olingan paytda ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismi olti oydan kam bo‘lsa;
- 7) xorijiy davlatning qonunchiligida xuddi shunday tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi nazarda tutilmagan bo‘lsa;
621-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish (davomi)
- 8) xorijiy davlatda zaruriy davolanishni va tegishli maxsus tibbiy choralarni ta’minlash imkoni mavjud bo‘lmasa;
- 9) O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
622-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tash uchun berishning huquqiy oqibatlari
Hukmni ijro etuvchi davlatga jazoni o‘tash uchun berilgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan ushbu davlat hududida xuddi shu kabi jinoyat uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ayni shunday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi.
Boshqa davlat sudi tomonidan hukm qilingan va jazoni ijro etish uchun berilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlat hududida aynan shu qilmishi uchun takroran jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
623-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
Xorijiy davlat sudining qarorini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarni qaysi sud hal qiladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
- Mazkur xorijiy davlatning sudi
- Viloyat sudi apellyatsiya hay’ati
- Bosh prokuratura
To‘g‘ri javob: Mazkur xorijiy davlatning sudi. 617-moddaga ko‘ra, xorijiy sud qarorini qayta ko‘rish masalalari shu davlat sudi tomonidan hal qilinadi.
O‘zbekistonda jazo o‘tayotgan shaxs bo‘yicha xorijiy sud qarori bekor qilindi va ish yangitdan ko‘rish uchun tayinlandi. Kelgusida jazoni o‘tash masalasini kim hal qiladi?
- Xorijiy davlat sudi o‘zi mustaqil ravishda, O‘zbekiston organlarisiz hal qiladi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq. 617-moddaga ko‘ra, bunday hollarda kelgusida jazoni o‘tash masalasi Bosh prokuratura tomonidan Kodeksga muvofiq hal qilinadi.
Jazoni o‘tashni davom ettirish yoki majburiy davolash uchun shaxsni xorijiy davlatga berish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekistonda kim qabul qiladi?
- Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari
- Oliy sud raisi yoki uning o‘rinbosari
- Ichki ishlar vaziri yoki o‘rinbosari
- Viloyat prokurori yoki o‘rinbosari
To‘g‘ri javob: Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari. 618-moddaga ko‘ra, berish Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berish kimning roziligi bilan amalga oshiriladi?
- Faqat jabrlanuvchi yoki uning vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi
- Faqat sud raisi yoki Bosh prokurorning roziligi bilan amalga oshiriladi
- Berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan
- Faqat qabul qiluvchi davlat elchisining roziligi bilan amalga oshiriladi
To‘g‘ri javob: Berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan. 618-moddaga ko‘ra, berish berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 619-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish
- Qabul qilib olingan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etishni yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashni tashkil etish
- Ashyolarni topshirish
- Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi
To‘g‘ri javob: Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi. 619-modda: Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
- 609-modda
- 616-modda
- 610-modda
- 619-modda
To‘g‘ri javob: 619-modda. 619-modda: Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tartibi.
Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari shaxsni berish to‘g‘risida qaror qabul qilgach, bu haqda kimga xabar qilinadi?
- Faqat mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga va tergovchiga xabar qilinadi
- Faqat jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga xabar qilinadi
- Xorijiy davlatning vakolatli organiga va murojaat qilgan shaxsga
- Faqat Oliy sud raisiga va Adliya vazirligiga xabar qilinadi
To‘g‘ri javob: Xorijiy davlatning vakolatli organiga va murojaat qilgan shaxsga. 619-moddaga ko‘ra, qaror haqida xorijiy organga va murojaat qilgan shaxsga xabar qilinadi.
Xorijiy davlatga jazoni davom ettirish uchun berilgan Sherzod bilan bog‘liq O‘zbekistonda amnistiya akti e’lon qilindi. Sherzodga amnistiyani qo‘llash masalasini kim va qanday ko‘radi?
- Prokurorning iltimosnomasiga binoan sud
- Faqat xorijiy davlat sudi
- Faqat Ichki ishlar vazirligi
- Hech kim ko‘rmaydi, chunki shaxs berilgan
To‘g‘ri javob: Prokurorning iltimosnomasiga binoan sud. 619-moddaga ko‘ra, amnistiya e’lon qilinsa, prokurorning iltimosnomasiga binoan sud berilgan shaxsga nisbatan amnistiyani qo‘llash masalasini ko‘radi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash