XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 85–91¹-m.

Isbot qilishning umumiy shartlari (1/2)

Uchinchi Bo‘Lim

85-modda. Isbot qilish

Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.

86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari

Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.

Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.

87-modda. Dalillar to‘plash

Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi.

Himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli bo‘lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazish va jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planishi mumkin.

88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash

Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash ta’minlanishi kerak.

Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi:

88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash (davomi)

Tergov yoki sud harakatlari bilan bog‘liq ishlarni bajarayotganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning o‘zga jinsdagi shaxsni yalang‘och qilib yechintirish chog‘ida hozir bo‘lishlari taqiqlanadi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Buning uchun shunday ma’lumotlar aniqlanishi mumkin bo‘lgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi.

88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash (davomi)

Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerak, bunda narsaning yoki hujjatning yoxud elektron ma’lumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerak. Bunda, agar ishga taalluqli bo‘lmagan dalillar tergov organining va (yoki) sudning tasarrufida qolgan bo‘lsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinishi lozim. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar yo‘q qilinishi yoxud ularni saqlashga xamda tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan muassasalarga yoki tashkilotlarga berilishi lozim.

89-modda. Davlat sirlarini qo‘riqlash

Davlat sirlari bo‘lgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni o‘tkazish vaqti, joyi va boshqa shartlarini shu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron ma’lumotlarni saqlash uchun javobgar bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari bilan kelishib oladi.

Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari bo‘lgan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar.

90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish

Ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin.

Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi.

Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi ko‘rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.

91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar

Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin.

Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo‘llangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.

Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar.

Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:

91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar (davomi)

Ushbu modda to‘rtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.

91¹-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:

tasvir sifati bo‘yicha — o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;

ovoz sifati bo‘yicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, isbot qilish nimadan iborat?
  1. Ayblov xulosasini tuzish maqsadida dalillarni yig‘ish, saqlash va ularni tasniflashdan
  2. Faqat sudgacha bo‘lgan bosqichda dalillarni to‘plash va tergovchiga topshirishdan
  3. Haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan
  4. Haqiqatni aniqlash maqsadida faqat sudda dalillarni tekshirish va baholashdan

To‘g‘ri javob: Haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan. 85-moddaga ko‘ra isbot qilish haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 86-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
  2. Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar
  3. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish
  4. Isbot qilish ishtirokchilari

To‘g‘ri javob: Isbot qilish ishtirokchilari. 86-modda: Isbot qilish ishtirokchilari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Isbot qilish ishtirokchilari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91-modda
  2. 86-modda
  3. 91¹-modda
  4. 84-modda

To‘g‘ri javob: 86-modda. 86-modda: Isbot qilish ishtirokchilari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, isbot qilishni kimlar amalga oshiradi?
  1. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud
  2. Faqat prokuror, sud hamda himoyachi tomonidan
  3. Tergovchi, himoyachi, jabrlanuvchi va guvoh
  4. Ayblanuvchi, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar

To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud. 86-moddaga ko‘ra isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud amalga oshiradi.

Quyidagilardan qaysi biri isbot qilishni amalga oshirmaydi, balki unda ishtirok etish huquqiga ega?
  1. Prokuror
  2. Sud
  3. Tergovchi
  4. Himoyachi

To‘g‘ri javob: Himoyachi. 86-moddaga ko‘ra himoyachi isbot qilishda ishtirok etish huquqiga ega, uni amalga oshirish esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga tegishli.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 87-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish
  2. Davlat sirlarini qo‘riqlash
  3. Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar
  4. Dalillar to‘plash

To‘g‘ri javob: Dalillar to‘plash. 87-modda: Dalillar to‘plash.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Dalillar to‘plash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91¹-modda
  2. 87-modda
  3. 89-modda
  4. 84-modda

To‘g‘ri javob: 87-modda. 87-modda: Dalillar to‘plash.

Quyidagilardan qaysi biri dalillarni to‘plash yo‘llaridan biri hisoblanadi?
  1. Yuzlashtirish
  2. Ayblov xulosasini tasdiqlash
  3. Sud majlisini yopiq deb e’lon qilish
  4. Hukm chiqarish

To‘g‘ri javob: Yuzlashtirish. 87-moddaga ko‘ra yuzlashtirish dalillar to‘planadigan tergov harakatlaridan biri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDalillarKeyingi →Isbot qilishning umumiy shartlari (2/2)