XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 91²–95¹-m.

Isbot qilishning umumiy shartlari (2/2)

Uchinchi Bo‘Lim

91²-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish asoslari

Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi:

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.

91³-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish shartlari va tartibi

Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil etishni so‘rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig‘ini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bo‘lishi kerak.

Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa rejimida so‘roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi kerak.

91⁴-modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron ma’lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko‘rsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti o‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi.

92-modda. Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash

Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari ta’minlanishi kerak.

Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom bo‘lishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani o‘qib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga ko‘ra ularga o‘qib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirig‘iga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.

Og‘zaki bildirilgan qo‘shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e’tirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. O‘chirishlar yoki kiritilgan qo‘shimcha so‘zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi.

Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.

93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash

Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi to‘g‘risida bayonnomaga yozib qo‘yib, uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari to‘g‘risidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.

Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.

Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi o‘zining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani o‘qib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro o‘qib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.

94-modda. Dalillarni tekshirish

Ish bo‘yicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi lozim. Tekshiruv qo‘shimcha dalillarni to‘plashdan iborat bo‘lib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.

95-modda. Dalillarga baho berish

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.

Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etiladi.

Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va ushbu Kodeksning 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi.

Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi.

Isbotlanishi kerak bo‘lgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini so‘zsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar to‘plangan bo‘lsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi.

95¹-modda. Dalillarning maqbul emasligi

Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo‘li bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo‘lsa, shu jumladan:

Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning o‘z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo‘yicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yo‘l qo‘yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.

95¹-modda. Dalillarning maqbul emasligi (davomi)

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy, yozma va raqamli dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi.

Olib qo‘yish yoki ko‘zdan kechirish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron ma’lumotlar nomaqbul dalillar deb topiladi.

Bilimingizni sinang

Quyidagi holatlardan qaysi birida tergov harakatlari videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi?
  1. Ayblanuvchida himoyachi bo‘lmaganda va uni davlat hisobidan taqdim etish zarurati tug‘ilganda
  2. Guvoh ish joyidan ish haqini olmaganda va unga qo‘shimcha to‘lov to‘lash zarurati tug‘ilganda
  3. Tergovchi ta’tilda bo‘lib, ishni boshqa tergovchiga topshirish zarurati tug‘ilganda
  4. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda

To‘g‘ri javob: Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda. 91²-moddaga ko‘ra ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda tergov harakatlari videokonferensaloqada o‘tkaziladi.

Guvoh Nurmatov og‘ir kasal bo‘lib, tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga bevosita kela olmaydi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. So‘roq mutlaqo o‘tkazilmaydi, guvoh sog‘ayguncha ish to‘xtatiladi
  2. Guvoh majburan olib kelinadi, kelmasa javobgarlikka tortiladi
  3. Tergov harakati videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin
  4. Guvohning ko‘rsatuvi dalil bo‘la olmaydi, chunki bevosita olinmagan

To‘g‘ri javob: Tergov harakati videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. 91²-moddaga ko‘ra sog‘lig‘i yoki uzrli sabablarga ko‘ra kelish imkoniyati bo‘lmaganda harakat videokonferensaloqada o‘tkaziladi.

Videokonferensaloqa rejimida tergov harakatini o‘tkazish asoslari mavjud bo‘lganda kim tegishli qaror chiqaradi?
  1. Faqat ichki ishlar vaziri o‘z qarori bilan
  2. Faqat ayblanuvchining himoyachisi o‘z qarori bilan
  3. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud
  4. Faqat xolislar va ishtirokchilar birgalikda

To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud. 91²-moddaga ko‘ra qarorni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud chiqaradi.

Videokonferensaloqa rejimida topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan ishtirokchining yonida qachongacha bo‘lishi kerak?
  1. Ishtirokchi shaxsini tasdiqlagunga qadar
  2. Tergov harakati tugallanguniga qadar
  3. Bayonnoma sudga yuborilgunga qadar
  4. Ishtirokchi ayblov bilan tanishgunga qadar

To‘g‘ri javob: Tergov harakati tugallanguniga qadar. 91³-moddaga ko‘ra topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tergov harakati tugallanguniga qadar ishtirokchi yonida bo‘lishi kerak.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish uchun kimlar jalb qilinishi mumkin?
  1. Mutaxassislar
  2. Xolislar
  3. Jamoat ayblovchilari
  4. Fuqaroviy javobgarlar

To‘g‘ri javob: Mutaxassislar. 91³-moddaga ko‘ra videokonferensaloqa tergov harakatini o‘tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan so‘roq bayonnomasini faqat tergovchi imzoladi, topshiriqni bajargan mansabdor shaxs va boshqa ishtirokchilar imzolamadi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bayonnoma to‘g‘ri tuzilgan, chunki tergovchining imzosi yetarli, boshqa ishtirokchilar imzolashi shart emas
  2. Bayonnomani topshiriqni bajargan mansabdor shaxs hamda boshqa ishtirokchilar ham imzolashi lozim
  3. Bayonnomani faqat tergovchi va ekspert imzolaydi, topshiriqni bajargan mansabdor shaxs imzolamaydi
  4. Bayonnomani imzolash shart emas, chunki videoyozuv bayonnomaning o‘rnini bosadi va yetarli

To‘g‘ri javob: Bayonnomani topshiriqni bajargan mansabdor shaxs hamda boshqa ishtirokchilar ham imzolashi lozim. 91⁴-moddaga ko‘ra bayonnoma tergovchi, topshiriqni bajargan mansabdor shaxs va boshqa ishtirokchilar tomonidan imzolanadi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti nimaga mos kelishi kerak?
  1. Bayonnoma imzolangan vaqtning o‘ziga to‘liq
  2. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan vaqtga mos holda
  3. O‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga
  4. Ayblov e’lon qilingan aniq vaqtga mos holda

To‘g‘ri javob: O‘tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga. 91⁴-moddaga ko‘ra yozuvning vaqti tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 92-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Dalillar to‘plash
  2. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash
  3. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
  4. Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash

To‘g‘ri javob: Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash. 92-modda: Dalillarni qayd etishning to‘g‘riligini tasdiqlash.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIsbot qilishning umumiy shartlari (1/2)Keyingi →So‘roq qilishning umumiy qoidalari (1/2)