XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 96–102-m.

So‘roq qilishning umumiy qoidalari (1/2)

Uchinchi Bo‘Lim

96-modda. So‘roq qilish joyi

Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi.

97-modda. So‘roq qilish uchun chaqiruv

Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qog‘ozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin.

Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog‘ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa, unga berib qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.

Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar so‘roq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi.

98-modda. So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash

Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.

99-modda. So‘roq qilinuvchining qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishini aniqlash

So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tug‘ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi.

100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish

So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.

101-modda. Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish

So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif qilinmog‘i lozim. So‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.

102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmasligi

Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 96-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. So‘roq qilish joyi
  2. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish asoslari
  3. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish
  4. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

To‘g‘ri javob: So‘roq qilish joyi. 96-modda: So‘roq qilish joyi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «So‘roq qilish joyi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 91²-modda
  2. 96-modda
  3. 91⁴-modda
  4. 100-modda

To‘g‘ri javob: 96-modda. 96-modda: So‘roq qilish joyi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini qayerda so‘roq qilishi mumkin?
  1. Faqat tergov organi binosida yoki prokuratura binosida, boshqa joyda so‘roq qilish mumkin emas
  2. Faqat so‘roq qilinuvchining yashash joyida yoki ish joyida, tergov organi binosiga chaqirilmasdan
  3. Faqat prokuratura binosida yoki sud muhokamasi yuritilayotgan joyda, boshqa joyda so‘roq qilinmaydi
  4. Surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda

To‘g‘ri javob: Surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda. 96-moddaga ko‘ra so‘roq surishtiruv yoki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qilinuvchi turgan joyda o‘tkaziladi.

Tergovchi chaqiruv qog‘ozini olib borganda guvoh Salimov uyda yo‘q edi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra chaqiruv qog‘ozi kimga topshirilishi mumkin?
  1. Qo‘shnining o‘n ikki yoshli o‘g‘liga, tilxat olinib, guvohga yetkazish shartida
  2. Ko‘chada uchragan voyaga yetgan istalgan shaxsga, tilxat olinmasdan
  3. U bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, tilxat olinib
  4. Hech kimga topshirilmaydi, guvoh tergovchi tomonidan majburan olib kelinadi

To‘g‘ri javob: U bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, tilxat olinib. 97-moddaga ko‘ra chaqiriluvchi yo‘q bo‘lsa, qog‘oz u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zosi va boshqalarga topshirilib, tilxat olinadi.

Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim?
  1. Chaqirilayotgan shaxsning oylik maoshi miqdori va uning ish joyidagi lavozimi
  2. Uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi
  3. Ayblov xulosasining to‘liq matni hamda ishning dastlabki tergov bosqichidagi holati
  4. Chaqirilayotgan shaxsning sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yashash manzili

To‘g‘ri javob: Uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi. 97-moddaga ko‘ra chaqiruv qog‘ozida uzrsiz kelmaslik oqibatlari ko‘rsatilishi lozim.

So‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan quyidagilardan qaysi biri aniqlanishi lozim?
  1. Siyosiy qarashlari
  2. Jinoyatda ishtirok etgan boshqa shaxslarning yashash manzillari
  3. Oilaviy ahvoli
  4. Yaqin qarindoshlarining daromadi

To‘g‘ri javob: Oilaviy ahvoli. 98-moddaga ko‘ra so‘roq oldidan, jumladan, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi aniqlanadi.

So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni bilmasligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq to‘xtatib turiladi
  2. So‘roq so‘roq qilinuvchining yaqin qarindoshi ishtirokida davom etadi
  3. So‘roq darhol tugatiladi
  4. Ko‘rsatuv faqat yozma shaklda olinadi

To‘g‘ri javob: Tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq to‘xtatib turiladi. 99-moddaga ko‘ra tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, so‘roq qilinuvchining huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi qayerda qayd etiladi?
  1. So‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida
  2. Chaqiruv qog‘ozining orqa tomonidagi qaydda
  3. Ayblov xulosasi yoki ishning qo‘shimcha hujjatida
  4. Alohida tilxatda yoki tergovchining ichki daftarida

To‘g‘ri javob: So‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida. 100-moddaga ko‘ra huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIsbot qilishning umumiy shartlari (2/2)Keyingi →So‘roq qilishning umumiy qoidalari (2/2)