Tanib olish uchun ko‘rsatish
Uchinchi Bo‘Lim
125-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari
Tanib olish uchun ko‘rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to‘g‘risidagi ko‘rsatuvini tekshirib ko‘rish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- 1) bu ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda;
- 2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma’lum bo‘lgan ko‘plab shaxs yoki narsalar orasidan ko‘rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo‘lganda.
126-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish
Tanib oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim.
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi
Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi.
Tanib oluvchining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko‘ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko‘rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo‘ladi.
128-modda. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin bo‘lgan narsalar, narsalarning bo‘lagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi bo‘lmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‘rsatiladi.
Tanib oluvchi so‘roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi.
Turdosh obyektlar orasidan tanib olish to‘g‘risidagi qoida murdani tanib olishda qo‘llanilmaydi.
129-modda. Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko‘chmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni ko‘rsatishiga imkon beriladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko‘rsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko‘rsatuvi bo‘yicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko‘rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo‘nalish aytib qo‘yilishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
130-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib oluvchining ko‘rsatuvi
Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani ko‘rsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani ko‘rsatish taklif etiladi.
Tanib oluvchi ko‘rsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini ko‘rsatsa, unga ko‘rsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko‘ra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Tanib oluvchi tanib olish uchun unga ko‘rsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari ko‘rmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi.
131-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Agar shaxsni tanib olish ko‘rib turishni istisno etadigan sharoitlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak.
Tanib olish uchun fotosuratlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim.
Tanib oluvchining ko‘rsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, tanib olish uchun ko‘rsatish quyidagi hollarning qaysi birida amalga oshiriladi?
- Gumon qilinuvchining shaxsini fuqarolik holati dalolatnomalari orqali aniqlash zarur bo‘lganda
- Ekspertiza xulosasi to‘liq bo‘lmaganda
- Guvohning ko‘rsatuvi bayonnomada qayd etilmay qolganda
- Ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda
To‘g‘ri javob: Ko‘rsatuv muayyan bir shaxs yoki narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda. 125-moddaga ko‘ra, ko‘rsatuv muayyan shaxs yoki narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo‘lganda tanib olish uchun ko‘rsatiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 126-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish shartlari
- Tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari
- Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish tartibi
- Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish
To‘g‘ri javob: Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish. 126-modda: Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 125-modda
- 121⁴-modda
- 126-modda
- 121³-modda
To‘g‘ri javob: 126-modda. 126-modda: Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish.
Tanib oluvchi tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin qanday tartibga rioya qilinishi lozim?
- U tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim
- U tanib olinuvchi bilan yuzma-yuz keltirilib, ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida so‘roq qilinishi lozim
- U xolislar huzurida tanib olinuvchining belgilari to‘g‘risida qasamyod keltirib, yozma tilxat berishi lozim
- U tanib olinuvchining oldindan fotosuratini ko‘rib chiqib, uning belgilarini bayonnomaga yozishi lozim
To‘g‘ri javob: U tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim. 126-moddaga ko‘ra, tanib oluvchi belgilar, alomatlar va xususiyatlar to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinadi.
Jinoyat protsessida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni kamida nechta bo‘lishi kerak?
- uch nafardan
- besh nafardan
- ikki nafardan
- to‘rt nafardan
To‘g‘ri javob: uch nafardan. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni kamida nechta bo‘lishi kerak?
- ikki nafar
- besh nafar
- uch nafar
- to‘rt nafar
To‘g‘ri javob: uch nafar. 127-moddaga ko‘ra, ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda uning fotosuratidan qaysi hollarda foydalanish mumkin?
- Tanib oluvchi so‘roq qilinishdan bosh tortganda yoki tanib olish uchun kela olmaganda
- Xolislar ishtirok eta olmaganda yoxud tergovchi shaxsni ko‘rsatishni istamaganda
- Tanib olinuvchi tergov harakatiga e’tiroz bildirganda yoxud ko‘rsatishdan bosh tortganda
- Shaxsni ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida
To‘g‘ri javob: Shaxsni ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida. 127-moddaga ko‘ra, shaxsni ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoki xavfsizlik maqsadida fotosuratdan foydalanish mumkin.
Tergovchi guvoh Rahimovni tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorladi. Tanib olinuvchi Sodiq sariq kurtka kiygan, boshqa ikki nafar ishtirokchi esa oddiy kul rang kiyimda edi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Bu holat qonunga muvofiq, chunki tanib olinuvchi o‘z kiyimini tanlashi va uni o‘zgartirmasligi mumkin
- Qoida buzilgan, chunki tanib olinuvchi kiyimi bilan boshqa shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim
- Qoida buzilmagan, chunki ishtirokchilar soni uch nafar bo‘lib, kiyim farqi qonunda hisobga olinmaydi
- Qoida buzilgan, chunki tanib olinuvchi guruhda o‘zi joy tanlay olmaydi va tanib oluvchi ko‘rmasligi kerak
To‘g‘ri javob: Qoida buzilgan, chunki tanib olinuvchi kiyimi bilan boshqa shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim. 127-moddaga ko‘ra, tanib olinuvchi kiyimi bilan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash