Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish
Uchinchi Bo‘Lim
132-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga haqlidir.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad: ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum bo‘lgan, surishtiruvchiga, tergovchiga va sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, elektron ma’lumotlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, elektron ma’lumotlar, izlar qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatga ega bo‘lgan joyni yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘riligini yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda bir vaqtning o‘zida ko‘rsatish, ko‘zdan kechirish yoki ba’zi narsalarni, hujjatlarni, elektron ma’lumotlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki o‘zining avval bergan ko‘rsatuvlariga aniqlik kiritadi.
Raqamli dalillar bilan bog‘liq ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish chog‘ida ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun axborot tizimlaridan foydalanilishi mumkin.
132-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar (davomi)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega bo‘ladi.
133-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tartibi
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan ko‘rsatuvlarni e’lon qiladi, ko‘rsatuv bergan shaxsdan ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini so‘raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan bo‘lsa, ular, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarni istisno qilganda, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim.
Bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: ko‘rsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, elektron ma’lumotlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo‘lganligini ko‘rsatadi; hodisa sodir bo‘lgan joyda sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi; o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap o‘rgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
133-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tartibi (davomi)
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin so‘zlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib bo‘lgach, unga savollar berilishi mumkin. Ko‘rsatuvni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, ba’zi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari o‘tkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qo‘shimcha ravishda so‘roq qilishni talab etishga haqlidir.
134-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish bayonnomasi
Ko‘rsatuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Bundan tashqari bayonnomada: ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda o‘tkazilganligi; qanday joylar va narsalar ko‘zdan kechirilganligi; hodisa sodir bo‘lgan joyda berilgan ko‘rsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada o‘z aksini topganligi; shaxs o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi ko‘rsatilishi lozim.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 132-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar
- Tanib olish uchun ko‘rsatish holatini mustahkamlash
- Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
- Tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari
To‘g‘ri javob: Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar. 132-modda: Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
- 131-modda
- 132-modda
- 136-modda
- 125-modda
To‘g‘ri javob: 132-modda. 132-modda: Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi va sud shaxslarning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda qanday yo‘l bilan tekshirib ko‘rishga haqli?
- Holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan
- Fotosuratlarni taqqoslash yo‘li bilan
- Faqat ekspertiza tayinlash yo‘li bilan
- Shaxslarni yuzlashtirish yo‘li bilan
To‘g‘ri javob: Holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan. 132-moddaga ko‘ra, ko‘rsatuvlar hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshiriladi.
Raqamli dalillar bilan bog‘liq ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda axborot tizimlaridan foydalanish qanday maqsadga xizmat qiladi?
- Xolislar ishtirokini almashtirish va bayonnomasiz o‘tkazish uchun
- Ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun
- Bayonnoma tuzishni bekor qilish va ko‘rsatuvni og‘zaki qoldirish uchun
- Shaxsni ko‘rsatuv berishga majburlash va ruhiy bosim o‘tkazish uchun
To‘g‘ri javob: Ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun. 132-moddaga ko‘ra, axborot tizimlari ko‘rsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun ishlatilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish natijalari qachon dalil kuchiga ega bo‘ladi?
- Tekshirish prokuror ishtirokida o‘tkazilib, bayonnomada tasdiqlangan bo‘lsagina
- Shaxs o‘z ko‘rsatuvlaridan sudda qaytmagan va ularni tasdiqlagan bo‘lsagina
- Tekshirish natijalari videoga olinib, bayonnomaga ilova qilingan bo‘lsagina
- Shaxsning bilganlari uning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina
To‘g‘ri javob: Shaxsning bilganlari uning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina. 132-moddaga ko‘ra, bu shaxslarning bilganlari jinoyatga daxldorlikdan darak bersagina dalil kuchiga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda guvoh va jabrlanuvchi javobgarlik haqida ogohlantirilishi lozim, ammo qaysi yoshga to‘lmagan shaxslar bundan istisno qilinadi?
- o‘n olti yoshga
- o‘n to‘rt yoshga
- o‘n sakkiz yoshga
- o‘n ikki yoshga
To‘g‘ri javob: o‘n olti yoshga. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar yolg‘on ko‘rsatuv uchun javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda xolislar yoki taraflarning ishtiroki qanday ta’minlanadi?
- Tergovchi va sud ikkalasi ham faqat xolislar ishtirokida o‘tkazadi, taraflar ishtirok etmaydi
- Surishtiruvchi taraflar ishtirokida, sud esa xolislar ishtirokida o‘tkazadi, aksincha emas
- Surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi
- Barcha hollarda, shu jumladan sudda ham, faqat prokuror ishtirokida o‘tkaziladi, xolislarsiz
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. 133-moddaga ko‘ra, surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
Guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari hodisa joyida tekshirilayotganda, qaysi yoshdagi shaxslar jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi?
- o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslar
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar
- o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar
- o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar
To‘g‘ri javob: o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar. 133-moddaga ko‘ra, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar bundan istisno qilinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash