Ko‘zdan kechirish
Uchinchi Bo‘Lim
135-modda. Ko‘zdan kechirish uchun asoslar
Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ko‘zdan kechiradi.
Odam badanini ko‘zdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza o‘tkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Narsalarni olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish chog‘ida topilgan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar shu tergov harakatlarini o‘tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechirilishi lozim.
136-modda. Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Jinoyat ishi ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat tug‘ilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ko‘zdan kechirish chog‘ida o‘lchov o‘tkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun ko‘zdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Ko‘zdan kechirish chog‘ida topilgan va olib qo‘yilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va ko‘zdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga ko‘rsatilishi lozim.
Ko‘zdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini o‘zlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar.
137-modda. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda hodisa sodir bo‘lgan joy jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ham ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Katta maydonlarni va binolarni ko‘zdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirishi lozim.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar o‘raladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko‘rishi lozim.
138-modda. Murdani ko‘zdan kechirish
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi.
Eksgumatsiya vaqtida murdani ko‘zdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina ko‘miladi.
139-modda. Tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechiradilar.
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi ko‘zdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi.
Ko‘zdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda o‘tkazilsa — ma’muriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o‘tkazilsa — qo‘mondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni ko‘zdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
140-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ular topilgan joyda, basharti ko‘zdan kechirish ko‘p vaqt yoki qo‘shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda ko‘zdan kechiradilar.
Ko‘zdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida, agar narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron ma’lumotlarning yo‘qolishiga yoki shikastlanishiga olib kelmasa, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘tkazilishi mumkin.
141-modda. Ko‘zdan kechirish bayonnomasi
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko‘zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Bayonnomada ko‘zdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, xuddi shu tartibda, ko‘zdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan bo‘lsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar sanab o‘tiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli ma’lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi.
Bundan tashqari, bayonnomada: ko‘zdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorug‘likda o‘tkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qo‘llanilganligi va qanday natijalar olinganligi; ko‘zdan kechirishda ko‘maklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va ko‘maklashish nimada o‘z aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; ko‘zdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarning qayerga yuborilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 135-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
- Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi
- Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish bayonnomasi
- Ko‘zdan kechirish uchun asoslar
To‘g‘ri javob: Ko‘zdan kechirish uchun asoslar. 135-modda: Ko‘zdan kechirish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ko‘zdan kechirish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
- 134-modda
- 128-modda
- 137-modda
- 135-modda
To‘g‘ri javob: 135-modda. 135-modda: Ko‘zdan kechirish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ko‘zdan kechirish qaysi maqsadda o‘tkaziladi?
- Gumon qilinuvchini ushlab turish uchun asos topish va uning shaxsini aniqlash maqsadida
- Jinoyat izlari va ashyoviy dalillarni topish, hodisa vaziyatini aniqlashtirish maqsadida
- Guvohning ko‘rsatuvi to‘g‘riligini tekshirish va jinoyat sodir etilgan vaqtni belgilash maqsadida
- Ayblanuvchining shaxsini aniqlash va uning jinoyatga daxldorligi darajasini baholash maqsadida
To‘g‘ri javob: Jinoyat izlari va ashyoviy dalillarni topish, hodisa vaziyatini aniqlashtirish maqsadida. 135-moddaga ko‘ra, ko‘zdan kechirish jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish va vaziyatni aniqlashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Odam badanini ko‘zdan kechirish qaysi qoidalarga asoslangan holda amalga oshiriladi?
- Tintuv va olib qo‘yish qoidalariga
- Tanib olish uchun ko‘rsatish qoidalariga
- Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish qoidalariga
- Guvohlantirish yoki ekspertiza o‘tkazish qoidalariga
To‘g‘ri javob: Guvohlantirish yoki ekspertiza o‘tkazish qoidalariga. 135-moddaga ko‘ra, odam badanini ko‘zdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza qoidalariga asoslanadi.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish Jinoyat-protsessual kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi?
- 167-moddasida
- 135-moddasida
- 148-moddasida
- 190-moddasida
To‘g‘ri javob: 167-moddasida. 135-moddaga ko‘ra, pochta-telegraf jo‘natmalari 167-moddada nazarda tutilgan tartibda ko‘zdan kechiriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 136-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Guvohlantirish uchun asoslar
- Ko‘zdan kechirish uchun asoslar
- Tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib oluvchining ko‘rsatuvi
- Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
To‘g‘ri javob: Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari. 136-modda: Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari» qaysi moddada belgilangan?
- 142-modda
- 130-modda
- 135-modda
- 136-modda
To‘g‘ri javob: 136-modda. 136-modda: Ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari.
Jinoyat ishi ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat tug‘ilsa, sud qanday tartibda ish yuritadi?
- Qaror chiqaradi va ko‘zdan kechirishni xolislar ishtirokida o‘tkazadi
- Ajrim chiqaradi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazadi
- Prokurorga topshiriq beradi va natijani kutadi
- Surishtiruvchiga yuboradi va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishni so‘raydi
To‘g‘ri javob: Ajrim chiqaradi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazadi. 136-moddaga ko‘ra, sud ajrim chiqaradi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash