XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 148–152-m.

Murdani eksgumatsiya qilish

Uchinchi Bo‘Lim

148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi

Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.

148¹-modda. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim bo‘lgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi.

Sud majlisining o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, so‘ngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

148²-modda. Sud ajrimi

Sudya murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.

Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.

Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;

148²-modda. Sud ajrimi (davomi)

sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli.

Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan o‘sha murdaga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.

149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda ko‘milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi.

Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur bo‘lsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, eksgumatsiya o‘tkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart.

Zarur hollarda, eksgumatsiyani o‘tkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin bo‘lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.

150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bog‘liq protsessual harakatlar

Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga jo‘natiladi yoki ekspertiza murda ko‘milgan joyning o‘zida o‘tkaziladi.

Murdani ko‘zdan kechirish, tanib olish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125, 126, 131, 138, 188 — 191, 193 va 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.

Murda eksgumatsiya qilinganidan so‘ng ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur tergov harakatlari to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

152-modda. Murdani eksgumatsiyadan so‘ng ko‘mish

Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan so‘ng murdani ko‘mish murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda ko‘milganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 148-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Guvohlantiriladigan shaxslar
  2. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi
  3. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi
  4. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi

To‘g‘ri javob: Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi. 148-modda: Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 145-modda
  2. 148-modda
  3. 149-modda
  4. 143-modda

To‘g‘ri javob: 148-modda. 148-modda: Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarish qaysi hollarda zarur bo‘ladi?
  1. Murdani boshqa qabristonga ko‘chirish yaqinlari tomonidan so‘ralganda yoki qabr joyi o‘zgartirilganda
  2. Murdani qabrdan chiqarib olish ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki namunalar olish uchun zarur bo‘lganda
  3. Qabr atrofida jinoyat izlari yo‘qolgani sababli joyni qayta ko‘zdan kechirish zarur bo‘lib qolganda
  4. Murda ko‘milganidan keyin bir yil o‘tgach, uning holatini tibbiy nuqtai nazardan tekshirish talab etilganda

To‘g‘ri javob: Murdani qabrdan chiqarib olish ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki namunalar olish uchun zarur bo‘lganda. 148-moddaga ko‘ra, murdani qabrdan chiqarib olish ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki namunalar olish uchun zarur bo‘lsa, qaror chiqariladi.

Tergovchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqardi. Bu qaror va zarur materiallar avval kimga yuboriladi?
  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tergov sudyasiga
  2. Sog‘liqni saqlash organiga
  3. Prokurorga
  4. Murda ko‘milgan joy vakiliga

To‘g‘ri javob: Prokurorga. 148-moddaga ko‘ra, tergovchining qarori va materiallar prokurorga yuboriladi.

Sud murdani eksgumatsiya qilish masalasini hal etganda qanday harakat qiladi?
  1. Eksgumatsiyani o‘zi shaxsan o‘tkazadi va bu haqda bayonnoma tuzib, prokurorga yuboradi
  2. Qaror chiqarishni prokurorga topshiradi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etadi
  3. Murdani darhol ko‘mishga ruxsat beradi va bu haqda tuman hokimligiga ajrim yuboradi
  4. Eksgumatsiyani surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi va bu haqda ajrim chiqaradi

To‘g‘ri javob: Eksgumatsiyani surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi va bu haqda ajrim chiqaradi. 148-moddaga ko‘ra, sud eksgumatsiyani surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi va ajrim chiqaradi.

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan boshlab qancha vaqtdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi?
  1. yigirma to‘rt soatdan
  2. qirq sakkiz soatdan
  3. sakkiz soatdan
  4. yetmish ikki soatdan

To‘g‘ri javob: qirq sakkiz soatdan. Eksgumatsiya iltimosnomasi qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘riladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 148¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Guvohlantirishni o‘tkazish tartibi
  2. Guvohlantirish bayonnomasi
  3. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
  4. Murdani eksgumatsiyadan so‘ng ko‘mish

To‘g‘ri javob: Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish. 148¹-modda: Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 147-modda
  2. 146-modda
  3. 152-modda
  4. 148¹-modda

To‘g‘ri javob: 148¹-modda. 148¹-modda: Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGuvohlantirishKeyingi →Eksperiment