Eksperiment
Uchinchi Bo‘Lim
153-modda. Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar
Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali tekshirishga haqlidir.
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
154-modda. Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, uni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspert tomonidan o‘tkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
155-modda. Eksperimentni o‘tkazish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
Eksperiment o‘tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishga, shuningdek ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o‘zgartirilishi mumkin.
155-modda. Eksperimentni o‘tkazish tartibi (davomi)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin.
156-modda. Eksperiment bayonnomasi
Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 153-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
- Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar
- Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi
- Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
To‘g‘ri javob: Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar. 153-modda: Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
- 158²-modda
- 158¹-modda
- 151-modda
- 153-modda
To‘g‘ri javob: 153-modda. 153-modda: Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi va sud ko‘rsatuvlar va boshqa dalillarni eksperiment orqali qanday tekshirishga haqli?
- Faqat ekspertiza tayinlash va ekspert xulosasini baholash orqali, boshqa usulsiz
- Xolislar yig‘ilishida hodisani muhokama qilish va ularning fikrini so‘rash orqali
- Shaxslarni yuzlashtirish va ularni qiyosiy so‘roq qilish orqali ko‘rsatuvlarni solishtirish
- Hodisaga oid sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali
To‘g‘ri javob: Hodisaga oid sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali. 153-moddaga ko‘ra, dalillar sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali tekshiriladi.
Quyidagilardan qaysi biri eksperiment o‘tkazishdan maqsadlardan biri hisoblanadi?
- Biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish
- Gumon qilinuvchini ushlab turish muddatini uzaytirish
- Ayblanuvchining mol-mulkini hisobga olish
- Guvohning shaxsini tasdiqlash
To‘g‘ri javob: Biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish. 153-moddaga ko‘ra, eksperiment hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish uchun ham o‘tkaziladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 154-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sud ajrimi
- Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
- Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar
- Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
To‘g‘ri javob: Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim. 154-modda: Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim» qaysi moddada belgilangan?
- 153-modda
- 158²-modda
- 158³-modda
- 154-modda
To‘g‘ri javob: 154-modda. 154-modda: Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim.
Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi va tergovchi, sud esa qanday hujjat chiqaradi?
- Surishtiruvchi va tergovchi ajrim, sud qaror chiqaradi
- Surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi
- Ham sud, ham tergovchi bayonnoma tuzadi
- Faqat prokuror qaror chiqaradi
To‘g‘ri javob: Surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. 154-moddaga ko‘ra, surishtiruvchi va tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Eksperiment natijasida fuqarolar yoki korxonalarga mulkiy zarar yetkazilishi ehtimol bo‘lsa, tergovchining eksperiment o‘tkazish haqidagi qaroriga nima talab etiladi?
- Xolislarning yozma roziligi
- Mahalliy hokimlikning ruxsati
- Prokurorning sanksiyasi
- Sud tibbiyoti ekspertining xulosasi
To‘g‘ri javob: Prokurorning sanksiyasi. 154-moddaga ko‘ra, bunday hollarda tergovchining qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash