XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 198–202-m.

Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni taqdim qilish

Uchinchi Bo‘Lim

198-modda. Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z fikrlariga ko‘ra ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan ko‘zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyohvandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.

Ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni ko‘zdan kechirib bo‘lganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi.

199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra narsalarni taqdim qilish

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chog‘ida vaqtincha foydalanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi:

200-modda. Hujjatlarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.

201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra hujjatlarni taqdim qilish

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga ko‘ra o‘z vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi o‘tkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.

201¹-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga elektron ma’lumotlarni o‘z tashabbusi bilan taqdim etish

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z tasarrufida bo‘lgan elektron ma’lumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga o‘z tashabbusi bilan taqdim etishga haqli.

202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni taqdim etish bayonnomasi

Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar taqdim etilganligi to‘g‘risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 90, 91 va 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yadi.

Bayonnomada:

Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli bo‘lgan yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan ko‘chirma beradi.

202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni taqdim etish bayonnomasi (davomi)

Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan bo‘lsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan ko‘chirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga jo‘natiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.

Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi iltimosni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi.

Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun so‘ralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan bo‘lsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 198-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni taqdim etish bayonnomasi
  2. Jinoyat quroli
  3. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga elektron ma’lumotlarni o‘z tashabbusi bilan taqdim etish
  4. Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish

To‘g‘ri javob: Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish. 198-modda: Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 198-modda
  2. 202-modda
  3. 201¹-modda
  4. 203¹-modda

To‘g‘ri javob: 198-modda. 198-modda: Narsalarni ularning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilot rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar o‘z tashabbusi bilan nimalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqli?
  1. Faqat o‘z mulkidagi ko‘chmas mulk hujjatlarini hamda uy-joy daftarlarini
  2. Faqat ekspert xulosalarini hamda mutaxassislarning ma’lumotnomalarini
  3. Faqat guvohlarning ko‘rsatuvlarini va boshqa shaxslar bayonnomalarini
  4. O‘z fikrlariga ko‘ra ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni

To‘g‘ri javob: O‘z fikrlariga ko‘ra ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni. 198-moddaga ko‘ra, ular o‘z fikrlariga ko‘ra ish uchun ahamiyatga molik narsalarni taqdim qilishga haqli.

Fuqaro Ravshanov tasodifan topib olgan giyohvandlik vositasini tergovchiga olib keldi. Moddaning ish uchun ahamiyati yo‘q, lekin muomaladan chiqarilgan. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Tergovchi bunday narsani ham qabul qilib olishi lozim
  2. Tergovchi qabul qilmaydi, chunki ish uchun ahamiyatsiz
  3. Tergovchi uni darhol Ravshanovga qaytarishi shart
  4. Tergovchi uni faqat sud ruxsati bilan qabul qiladi

To‘g‘ri javob: Tergovchi bunday narsani ham qabul qilib olishi lozim. 198-moddaga ko‘ra, ish uchun ahamiyatsiz, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyohvandlik vositalari) ham qabul qilib olinishi lozim.

Fuqaro Sodiqova ish uchun ahamiyatsiz va muomaladan chiqarilmagan buyumni tergovchiga taqdim qildi. Tergovchi buyumni ko‘zdan kechirdi. Keyin nima qilinishi lozim?
  1. Buyum ishga qo‘shib qo‘yiladi va ashyoviy dalil sifatida saqlanadi
  2. Buyum muhrlanib, ish tugaguncha tergovchi saqlovida qoldiriladi
  3. Tergovchi uni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, egasiga darhol qaytarib beradi
  4. Buyum sudga topshiriladi va u yerda ishga qo‘shilgunga qadar saqlanadi

To‘g‘ri javob: Tergovchi uni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, egasiga darhol qaytarib beradi. 198-moddaga ko‘ra, ahamiyatsiz va muomaladan chiqarilmagan narsalar ko‘zdan kechirilgach egasiga darhol qaytariladi.

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazmasdan turib, tashkilot rahbari yoki fuqarodan qanday narsalarni taqdim etishni talab qilishga haqli?
  1. Tergov va sud harakatlarini yuritish chog‘ida vaqtincha foydalanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni
  2. Faqat ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillarni abadiy foydalanish uchun, tintuvsiz va olib qo‘yishsiz
  3. Faqat shaxsiy kundalik daftarlarni va xat-yozishmalarni, tergov harakatlarini yuritish chog‘ida ishlatish uchun
  4. Faqat qimmatbaho metallarni va valyutani, tergov harakatlarini yuritish davrida vaqtincha saqlash uchun

To‘g‘ri javob: Tergov va sud harakatlarini yuritish chog‘ida vaqtincha foydalanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni. 199-moddaga ko‘ra, vaqtincha foydalanish uchun zarur narsalar talabga ko‘ra taqdim etiladi.

Talabga ko‘ra vaqtincha taqdim etiladigan narsalar jumlasiga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Ayblanuvchining shaxsiy xati va uning yaqinlariga yozgan xabarlari
  2. Guvohning ish haqi haqidagi ma’lumotnoma va shaxsiy hujjatlari
  3. Jabrlanuvchining tibbiy kartasi hamda uning kasallik tarixi bayonnomasi
  4. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo‘lgan narsalar

To‘g‘ri javob: Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo‘lgan narsalar. 199-moddaga ko‘ra, tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsa bilan turdosh narsalar talabga ko‘ra taqdim etiladigan narsalar jumlasiga kiradi.

Tergovchi Karimov eksperiment o‘tkazish uchun tashkilotdan maketlarni vaqtincha taqdim etishni talab qildi. Eksperiment tugab, zarurat qolmadi. Maketlar bilan nima qilinishi lozim?
  1. Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shiladi
  2. Yo‘q qilinadi
  3. Tashkilotga yoki egasiga qaytarilishi lozim
  4. Sud ijrochisiga topshiriladi

To‘g‘ri javob: Tashkilotga yoki egasiga qaytarilishi lozim. 199-moddaga ko‘ra, zarurat qolmagach, bunday narsalar egasiga qaytarilishi lozim.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEkspertiza tekshiruvi uchun namunalar olishKeyingi →Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish (1/2)