Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish (2/2)
Uchinchi Bo‘Lim
207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish
Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim.
208-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash, shuningdek ushbu dalillarning ekspertizaga yuborilganligi yoki jinoyat ishi boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga o‘tkazilganligi munosabati bilan ularni boshqa joyga yuborish chog‘ida ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yo‘qolishining, shikastlanishining, buzilishining, bir-biriga qo‘shilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
Ishni o‘tkazishda u bilan birga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan ro‘yxatda sanab o‘tiladi. Bundan tashqari ayblov xulosasiga yoki ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishdagi mavjud barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar xar birining qayerda ekanligi ko‘rsatilgan xolda birma-bir sanab o‘tilgan bo‘lishi kerak.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya olingan dalillarni xolislar ishtirokida, zarur bo‘lgan hollarda esa ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechiradi va ularni ilova xati yoki ro‘yxati bilan solishtiradi. Ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ishni tugatish to‘g‘risidagi qarori bilan hal qilinmaguniga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan hollarda ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi qaror ish yuritish tamom bo‘lguniga qadar qabul qilinishi mumkin.
208-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish (davomi)
Ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilgan narsaga, hujjatga va (yoki) elektron ma’lumotlarga egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim bo‘lganda ushbu narsa, hujjat va (yoki) elektron ma’lumotlar fuqaroviy ish bo‘yicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanishi kerak.
209-modda. Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish
Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yilgan pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim.
Fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart.
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lgunga qadar ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo‘lgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari o‘tkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim.
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori noma’lum bo‘lgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ularni qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
- 1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;
- 2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
- 3) hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
- 4) jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
- 5) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar (davomi)
- 6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yo‘qotganlik uchun javobgarlik
Ekspertiza o‘tkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yo‘qolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qo‘shiladi.
Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli bo‘lsa, uning qiymati to‘lanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli bo‘lsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan to‘lanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim.
Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza o‘tkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yo‘qolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquq vorislari va merosxo‘rlariga to‘lanadi.
Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yo‘qolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonunchilik qoidalariga muvofiq to‘lattirilishi lozim.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 207-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ashyoviy dalillar
- Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lgunga qadar ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
- Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish
- Raqamli dalillar
To‘g‘ri javob: Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish. 207-modda: Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish» qaysi moddada belgilangan?
- 203-modda
- 210-modda
- 204²-modda
- 207-modda
To‘g‘ri javob: 207-modda. 207-modda: Narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risida sud qanday protsessual hujjat chiqaradi?
- Qaror
- Hukm
- Ajrim
- Ayblov xulosasi
To‘g‘ri javob: Ajrim. 207-moddaga ko‘ra, surishtiruvchi va tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 208-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jinoyat quroli
- Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish
- Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yo‘qotganlik uchun javobgarlik
- Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar
To‘g‘ri javob: Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish. 208-modda: Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish» qaysi moddada belgilangan?
- 212-modda
- 208-modda
- 203¹-modda
- 213-modda
To‘g‘ri javob: 208-modda. 208-modda: Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda ular qanday ko‘zdan kechiriladi?
- Xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa ekspert yoki mutaxassislar ishtirokida, ilova xati yoki ro‘yxati bilan solishtiriladi
- Faqat jabrlanuvchi ishtirokida, zarur hollarda esa prokuror ishtirokida, ilova xati yoki ro‘yxat bilan solishtirilmasdan
- Faqat prokuror ishtirokida, bayonnoma tuzilmasdan va xolislarsiz, ilova xati yoki ro‘yxat bilan solishtirmasdan
- Faqat tergovchining o‘zi tomonidan yolg‘iz, xolislar ishtirokisiz va ro‘yxat yoki ilova xati bilan solishtirmasdan
To‘g‘ri javob: Xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa ekspert yoki mutaxassislar ishtirokida, ilova xati yoki ro‘yxati bilan solishtiriladi. 208-moddaga ko‘ra, dalillar xolislar ishtirokida, zarur hollarda ekspert yoki mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi va ilova xati yoki ro‘yxati bilan solishtiriladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida qo‘shilgan narsaga egalik huquqi to‘g‘risidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim. Bunda ashyo qancha vaqt saqlanishi kerak?
- Jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilgunga qadar
- Fuqaroviy ish bo‘yicha sud hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar
- Tergov tugagan kundan boshlab uch sutka davomida, keyin esa egasiga qaytariladi
- Narsa mulkdoriga topshirilgunga qadar, fuqaroviy sud ishidan qat’i nazar
To‘g‘ri javob: Fuqaroviy ish bo‘yicha sud hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar. 208-moddaga ko‘ra, bunday narsa fuqaroviy ish bo‘yicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanishi kerak.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 209-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni olish usullari
- Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi
- Yozma dalillar
- Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish
To‘g‘ri javob: Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish. 209-modda: Pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash