XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 213–219-m.

Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari

To‘Rtinchi Bo‘Lim

213-modda. Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar

Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo‘lsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qo‘llashga haqlidir.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llashga haqlidir.

214-modda. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi

Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud bo‘lganda va qonunda belgilangan tartibda qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan bo‘lsa, protsessual majburlov faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajaradilar.

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish mumkin emas.

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga o‘zining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qog‘oz va yozuv jihozlari bo‘lishi lozim.

217-modda. Protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgani haqida xabar qilish

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llaganida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.

Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamog‘iga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning ko‘chirma nusxasi ishga ilova qilinadi.

218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash choralari

Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlash chorasini ko‘rishi shart.

Shaxsning qaramog‘idagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qo‘riqlash to‘g‘risidagi ko‘rsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham ko‘rilishi shart.

219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasining majburiyligi

Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi ko‘rsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday ko‘rsatmalarga e’tirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 39²-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 213-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Protsessual majburlov chorasi qo‘llanilgani haqida xabar qilish
  2. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni olish usullari
  3. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi
  4. Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar

To‘g‘ri javob: Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar. 213-modda: Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 214-modda
  2. 217-modda
  3. 213-modda
  4. 205-modda

To‘g‘ri javob: 213-modda. 213-modda: Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi protsessual majburlov choralaridan qaysi birini qo‘llashga haqli?
  1. Tibbiy muassasaga joylashtirish
  2. Qamoqqa olish
  3. Uy qamog‘i
  4. Ushlab turish

To‘g‘ri javob: Ushlab turish. 213-moddaga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi majburlov chorasini 221 va 224-moddalarda belgilangan hollarda qo‘llashga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 214-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ushlab turish asoslari
  2. Protsessual majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar
  3. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi
  4. Ushlab turish maqsadi

To‘g‘ri javob: Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi. 214-modda: Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 220-modda
  2. 213-modda
  3. 221-modda
  4. 214-modda

To‘g‘ri javob: 214-modda. 214-modda: Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, boshqacha asoslar nazarda tutilmagan bo‘lsa, protsessual majburlov qaysi ish bo‘yicha qo‘llaniladi?
  1. Tergovga qadar tekshiruv bosqichidagi har qanday materiallar bo‘yicha
  2. Faqat sudga oshirilgan ishlar bo‘yicha
  3. Faqat og‘ir jinoyatlar bo‘yicha
  4. Faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha. 214-moddaga ko‘ra, majburlov faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha va qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 215-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniyligi va asosliligi
  2. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish
  3. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
  4. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish

To‘g‘ri javob: Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish. 215-modda: Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 222-modda
  2. 214-modda
  3. 215-modda
  4. 208-modda

To‘g‘ri javob: 215-modda. 215-modda: Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda bo‘lish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNarsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish (2/2)Keyingi →Ushlab turish (1/2)