XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 265–269-m.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish

To‘Rtinchi Bo‘Lim

265-modda. Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari

Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar ko‘rikdan o‘tkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.

Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e’lon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida bo‘lishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom bo‘lguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov e’lon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida qaror chiqarish zarur.

Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan ko‘rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.

265-modda. Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari (davomi)

Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini o‘tkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada bo‘lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.

Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash bo‘yicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamog‘idagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish yoxud uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrog‘i bilan almashtirilishi kerak.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lgan vaqti qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi to‘g‘risida taklif etilayotgan qaror ko‘rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.

Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ko‘rib chiqiladi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, o‘ziga nisbatan ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.

267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish (davomi)

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash zaruratini asoslab beradi. So‘ngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi.

268-modda. Sud ajrimi

Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.

Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoyish ko‘rsatiladi.

Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

268-modda. Sud ajrimi (davomi)

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli.

269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish

Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan so‘ng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.

Sud ekspertizasi natijalariga ko‘ra shaxs aqli noraso deb e’tirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon bo‘lishi to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb e’tirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami ko‘rsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qanday ekspertizani o‘tkazishda tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin?
  1. Statsionar ko‘rik zarur bo‘lgan sud-buxgalteriya yoki sud-iqtisodiy ekspertizasi
  2. Statsionar ko‘rik zarur bo‘lgan sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasi
  3. Statsionar kuzatuv zarur bo‘lgan sud-qurilish yoki sud-texnik ekspertizasi
  4. Statsionar ko‘rik zarur bo‘lgan sud-avtotexnika yoki sud-trasologiya ekspertizasi

To‘g‘ri javob: Statsionar ko‘rik zarur bo‘lgan sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasi. 265-moddaga ko‘ra, sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish zarurati bo‘lsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.

Guvoh Sodiqov ekspertiza uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishidan bosh tortmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, uni majburan joylashtirish mumkinmi?
  1. Ha, agar tergovchi xohlasa, har qanday guvoh va jabrlanuvchini ekspertiza uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirish mumkin, hatto uning roziligisiz va prokuror sanksiyasisiz
  2. Ha, har qanday guvohni majburiy joylashtirish mumkin, agar sud ekspertizasini o‘tkazish uchun boshqa imkoniyat bo‘lmasa va jinoyat o‘ta og‘ir bo‘lsa, prokuror roziligi bilan
  3. Yo‘q, hech qanday holatda mumkin emas, gumon qilinuvchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganini fosh qilayotgan guvoh ham majburan joylashtirilmaydi va ko‘rsatuvlar ishonchliligi boshqa yo‘l bilan tekshiriladi
  4. Yo‘q, faqat gumon qilinuvchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganini fosh qilayotgan va ko‘rsatuvlar ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno

To‘g‘ri javob: Yo‘q, faqat gumon qilinuvchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganini fosh qilayotgan va ko‘rsatuvlar ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno. 265-moddaga ko‘ra, jabrlanuvchi va guvohlar majburan joylashtirilishi mumkin emas, faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni fosh qilayotgan va boshqa tekshirish imkoni bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

Gumon qilinuvchi Hakimovning ruhiy holati unga ayblov e’lon qilish imkoniyatini istisno etadi, ammo uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganiga yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, uni nima qilish mumkin?
  1. Darhol qamoqqa olish kerak, ruhiy holati jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qilmaydi
  2. Hech narsa qilib bo‘lmaydi, tibbiy muassasaga joylashtirish mumkin emas
  3. Ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirish mumkin
  4. Jinoyat ishini yopish kerak, chunki ruhiy holati ayblov e’lon qilishni istisno etadi

To‘g‘ri javob: Ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirish mumkin. 265-moddaga ko‘ra, bunday gumon qilinuvchi ham yetarli dalillar mavjud bo‘lsa, ekspertiza uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan qancha muddatga joylashtirilishi mumkin?
  1. uch oy
  2. bir oy
  3. o‘n besh sutka
  4. ikki oy

To‘g‘ri javob: bir oy. Shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin.

Shifokorlarning statsionar sud ekspertizasi xulosasiga asosan, tibbiy muassasada bo‘lish muddati ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan sud tomonidan qancha muddatgacha uzaytirilishi mumkin?
  1. ikki oygacha
  2. bir oygacha
  3. uch oygacha
  4. olti oygacha

To‘g‘ri javob: bir oygacha. Alohida hollarda bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan qancha muddatga joylashtirilishi mumkin?
  1. Bir oy
  2. Ikki hafta
  3. Uch oy
  4. Olti oy

To‘g‘ri javob: Bir oy. 265-moddaga ko‘ra, shaxs tibbiy muassasaga ko‘pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma muddat tugashidan kamida qancha vaqt oldin kiritiladi?
  1. Uch sutka
  2. Bir sutka
  3. O‘n sutka
  4. Olti sutka

To‘g‘ri javob: Olti sutka. 265-moddaga ko‘ra, iltimosnoma muddat tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lgan vaqti Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, qanday hisoblanadi?
  1. Hisobga olinmaydi, chunki bu vaqt qamoqda saqlash muddatiga kirmaydi
  2. Qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi
  3. Faqat jazo muddatidan chegiriladi, saqlash muddatiga qo‘shilmaydi
  4. Jarima o‘rniga hisoblanadi va qamoqda saqlash muddatiga qo‘shilmaydi

To‘g‘ri javob: Qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi. 265-moddaga ko‘ra, tibbiy muassasada bo‘lgan vaqt qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMajburiy keltirishKeyingi →Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash. surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik