XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 321–329-m.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atish (1/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

321-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish majburiyati

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.

322-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari

Jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun:

Jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.

323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi

Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la olmaydi.

324-modda. Shaxslarning arizalari

Shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi arizalari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.

Og‘zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko‘rsata olmasa, uning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa yo‘llar bilan tekshirish chorasi ko‘rilishi kerak.

Arz qiluvchi jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. So‘ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma’lumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha so‘zma-so‘z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.

325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish

Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 141¹-moddasining birinchi qismida, 141³-moddasida, 149, 149¹-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo‘zg‘atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqini va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.

Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladi.

326-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat to‘g‘risida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida bo‘lishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi o‘z ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin.

327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar

Muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.

328-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish vakolatiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi

Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘lishi mumkin:

329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibi

Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.

Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:

329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibi (davomi)

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi jinoyat ishini qaysi hollarda qo‘zg‘atishi shart?
  1. Faqat jabrlanuvchi ariza bergan hollarda, boshqa hollarda jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi
  2. Faqat jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangan hollarda, shaxsi noma’lum bo‘lsa qo‘zg‘atilmaydi
  3. Jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda
  4. Faqat prokuror ko‘rsatma bergan hollarda, tergovchi o‘zi mustaqil qo‘zg‘ata olmaydi

To‘g‘ri javob: Jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda. 321-moddaga ko‘ra sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atish shart.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishdagi «sabab» va «asos» qaysi javobda to‘g‘ri farqlangan?
  1. Sabab — ariza, xabar kabi manbalar; asos — jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar
  2. Sabab — jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar; asos — shaxslarning arizalari
  3. Sabab va asos bir xil ma’noni anglatadi
  4. Sabab — sudning ajrimi; asos — prokuror ko‘rsatmasi

To‘g‘ri javob: Sabab — ariza, xabar kabi manbalar; asos — jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar. 322-moddaga ko‘ra arizalar, xabarlar va boshqalar sabab bo‘ladi, jinoyat belgilarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar esa asos bo‘ladi.

Fuqaro Zokirov o‘z ixtiyori bilan tergov organiga kelib, o‘g‘rilik sodir etganini aytdi. Bu holat jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun qanday ahamiyatga ega?
  1. Faqat sud ruxsati bilan sabab bo‘la oladi, tergovchining o‘zi buni hal qilmaydi
  2. Aybini bo‘yniga olish haqidagi arz jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi
  3. Sabab bo‘la olmaydi, chunki shaxsning o‘zi arz qilgan bo‘lsa, dalillar talab etiladi
  4. Faqat dalillar bilan tasdiqlangandan keyingina sabab bo‘ladi, arzning o‘zi yetarli emas

To‘g‘ri javob: Aybini bo‘yniga olish haqidagi arz jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi. 322-moddaga ko‘ra aybini bo‘yniga olish haqidagi arz jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 323-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Protsessual chiqimlar
  2. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi
  3. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish
  4. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi. 323-modda: Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 323-modda
  2. 325-modda
  3. 318-modda
  4. 320¹-modda

To‘g‘ri javob: 323-modda. 323-modda: Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi.

Tergovchiga jinoyat haqida imzosiz xat keldi, unda aniq faktlar bayon qilingan. Tergovchi shu xatga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishi mumkinmi?
  1. Ha, agar faktlar aniq bayon qilingan bo‘lsa, anonim xabar sabab bo‘la oladi
  2. Ha, agar prokuror rozi bo‘lsa, anonim xabar asosida ish qo‘zg‘atiladi
  3. Ha, lekin faqat og‘ir jinoyat to‘g‘risida bo‘lgan anonim xabar bo‘lsa
  4. Yo‘q, anonim xabar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la olmaydi

To‘g‘ri javob: Yo‘q, anonim xabar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la olmaydi. 323-moddaga ko‘ra imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma nomdan yozilgan xabarlar ishni qo‘zg‘atishga sabab bo‘la olmaydi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, shaxsning jinoyat to‘g‘risidagi og‘zaki arizasi qanday rasmiylashtiriladi?
  1. Bayonnomada qayd etiladi
  2. Faqat video yozuv bilan rasmiylashtiriladi
  3. Og‘zaki ariza qabul qilinmaydi
  4. Faqat prokuror huzurida notarial tasdiqlanadi

To‘g‘ri javob: Bayonnomada qayd etiladi. 324-moddaga ko‘ra og‘zaki ariza bayonnomada qayd etiladi.

Jinoyat to‘g‘risidagi arizani qabul qilishda arz qiluvchi qanday javobgarlik haqida ogohlantiriladi?
  1. Ariza berishni rad etganlik uchun javobgarlik haqida
  2. Tergov sirini oshkor qilish uchun javobgarlik haqida
  3. Bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida
  4. Guvohlik berishdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik haqida

To‘g‘ri javob: Bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida. 324-moddaga ko‘ra arz qiluvchi bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIshni sudga qadar yuritishning shakllariKeyingi →Jinoyat ishini qo‘zg‘atish (2/2)